O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Analiz- 
narsani tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki 
tarkibiy belgilarga bo’lish demakdir. Analizning qismlarga 
uning 
elementlariga 
bo’lgan 
munosabati 
aniqlanadi. 
Psixologiyani o’rganish vaqtimizda har bir psixik jarayonni 
bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, 
analiz ham qilamiz. O’qish mashg’uloti vaqtida tafakkurning 
analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. Chunonchi, savod 
o’rgatish odatda nutqni analiz qilishdan: gapni so’zlarga, 
so’zlarni bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan 
boshlanadi. 
Sintez-
analizning aksi yoki teskarisi bo’lgan tafakkur 
jarayonidir. Bunda tarkibiy qismlar yagona bir butunga 
birlashadi. Analiz va sintez bir-biri bilan chambarchas 
bog’langandir, chunki fikr jarayonining ayrim bosqichlarida 
birinchi o’ringa analiz yoki sintez chiqadi. Sintez 


228 
elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun 
qilib qo’yishdan iboratdir, amaliy analiz bo’lgani singari 
amaliy sintez ha bo’ladi. 
«Tafakkur,-deb 
yozgan 
edi 
I.P.Pavlov,-albatta 
assosiasiyalardan, sintezdan boshlanadi, so’ngra sintezning 
ishi analiz bilan qo’shiladi. Analiz, bir tomondan, 
reseptorlarimiz, 
periferik 
uchlarining 
analizatorlik 
qobiliyatiga, ikkinchi tomondan esa, bosh miya katta yarim 
sharlarining po’stida takomil topuvchi va voqelikka muvofiq 
bo’lmagan narsalarni voqelikka muvofiq bo’lgan narsalardan 
ajratib turuvchi tormozlanish jarayoniga asoslanadi». 
Abstraksiya-
shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda 
tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha ob’yektlarning 
biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu 
obyekt yoki ob’yektlardan fikran ajratib olinadi.t bu jarayonda 
ob’yektdan ajratilgan bir belgining o’zi tafakkurning mustaqil 
ob’yekti bo’lib qoladi. Obstraksiya odatda analiz jarayoni yoki 
analiz natijasida sodir bo’ladi. Abstraksiya umumlashtirish 
bilan bog’liqdir. 
Umumlashtirish-
predmetlar va xodisalarni ularning 
umumiy va asosiy tomonlarini ajratib ko’rsatish asosida bir-
birlari bilan fikran birlashtirishdir.
Klassifikasiya-
ko’p 
narsalarni, 
holatlarni, 
kechinmalarni guruhlarga bo’lish. Masalan tibbiyotda 
kasalliklarning klassifikasiyalari mavjud: sil kasalligi, zaxm, 
yuqumli 
kasalliklar. 
Anatomiya 
fanida 
suyaklar 
klassifikasiyasi alohida o’rganiladi. 
Tushuncha-
bu predmet va hodisalardagi umumiy va 
muhim xususiyatlar hamda sifatlarning kishi ongida aks 
etishidir. Tushunchaning ikki turi bor: biri-konkret 
tushuncha, ikkinchisi-abstrakt tushuncha. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə