O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Ong va faoliyat birligi prinsipi



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Ong va faoliyat birligi prinsipi

Bu prinsipga ko'ra ong 
va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri 
ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey 
Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi 
prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning 
shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. 
Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi 
bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi 
va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat 
qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. 
Bu 
prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari 
faoliyatda 
taraqqiy 
etadi. 
Bu 
prisipning 
asoschisi 
psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan 
A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti 
muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson 


167 
shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi 
va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». 
Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar 
amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Tarixiylik prinsipi. 
Psixologiyada biror voqelikni tadqiq 
etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy 
va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi 
tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf 
etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga 
oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. 
Nazariyada 
yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va 
aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni 
nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə