O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Monizm prinsipi. 
Biror bir voqelikni tadqiq etishda 
alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu 
asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi
bitta alohida ma'nosini anglatadi. 
Psixologiyaning sohalari.
 
Psixologiya fani ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda 
inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan 
bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. 
Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari 
faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya, 
medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, 
yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, 
pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va 
hokazolar.
tibbiyot psixologiyasi
-shifokor faoliyati psixologiyasini, 
bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o'rganadi. 
Har bir soha o'zining o'rganish predmetiga, vazifalariga
maqsadiga va metodlariga ega. 
Sosiologiya
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida 
o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu 
fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami 
kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan 
mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda 
alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan 
aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni 
ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat 


168 
qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston 
aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash, bu sohada 
muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi 
o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot 
mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va 
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika 
bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi 
an'anaviy hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon 
talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta'lim to'g'risidagi 
Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirish 
ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham 
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi 
shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, 
barkamolligini kafolotlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik 
texnologiyalarini ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda 
pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi. Shuning 
uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim 
olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha 
o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy 
hamda intelektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini 
o'rganish asosida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi 
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə