O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə12/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexaniq» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo‘lib, «elektromexaniq» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko‘chiliriladi. 
4 – bosqich. XX asir o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHM lar va ularning asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo‘ljallangan texnik vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

1.2-§. Axborot va uning turlari.


Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keladi:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea- hodisalar haqidagi axborotlarni o’zatishda foydalaniladi.
Matnli – harf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan ma’lum ma’noni anglatuvchi so‘zlardan iborat axborot.
Grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborotlar.
Video va audio ko‘rinishdagi ma’lumotlar
Axborot nima? Ma’lumki, axborot (lotincha informatio - tuShuntirish, xabar olish bayon etish,) - biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to‘plamini ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir.
Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandaydir muhim hodisa yoki kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi «avval noma’lum bo‘lgan biror xabarni yetkazishdir.
Axborot — atrof-muhitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va Shu kabilar) qabul qilib, foydalanadilar.
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeshittirish va Shu kabilar) uni tuShunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi.
Masalan, yapon tilida o’zatilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig‘i yo‘q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muhim ma’lumot bo‘lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo‘la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo‘lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o‘zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lishi mumkin:

  • Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko‘rinishida;

  • Yorug‘lik nuri va tovush signallari ko‘rinishida;

  • Radioto‘lqinlar ko‘rinishida;

  • Elektr va nerv impulslari ko‘rinishida;

  • Magnit yozuvlari ko‘rinishida;

  • Imo-ishora va mimika orqali;

  • Hid va ta’m ko‘rinishida;

  • Avloddan avlodga o‘tuvchi irsiy xromosomalar va Shu kabilar ko‘rinishida.

Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi.
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko‘rinishida ular o‘rtasidagi aloqa kanali orqali o’zatiladi. Manba xabarni o’zatishida uni o’zatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali o’zatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə