O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


I BOB. AXBOROT HAQIDA TUSHUNCHA. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA MA’LUMOT



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə11/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

I BOB. AXBOROT HAQIDA TUSHUNCHA. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA MA’LUMOT.




1.1-§. Axborot tushunchasi.


Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo‘nalish — informatika vujudga keldi. XX asrning 50- yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini franso’z so‘zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo‘lgan. Informatika kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan Shug‘ullanuvchi fandir.Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. Axborot informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatika tavsifi. Axborot iste’molchisi - axborotni qayerda va qaysi aniq masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga qarab unga baho beradi. Shunga ko‘ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabhalarga ajratish mumkin.
Informatika o‘rganadigan va o‘zaro bog‘langan uchta asosiy tushuncha bor. Bular axborot, algoritm va EHM dir.
Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanining maqsadi zamonaviy texnologiyalarni o‘qish jarayoniga oilb qilib, bugungi kunda tibbiyot masalarini yechishda hamda davolash va ilmiy - amaliy faoliyatni sifatli olib borishda, axborot texnologiyasidan to‘g‘ri foydalana oladigan mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayriboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni o‘ziga mujassamlashtirgan umummilliy tushunchadir. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan ko’zatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa tug‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma’lumotlar deb atasa ham bo‘ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana Shu har bir telefon raqami to‘g‘risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib olinsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muasasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yo’zaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni:
1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo‘llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə