O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
 


54 
5.2. Lizingning jahon integrasiyasi bilan bog‘liqlikda rivojlanishi 
Amerikaning ikkita yirik kompaniyasi - General Motors Acceptance 
Corp. va GE Capital jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari bo‘lib, ularning 
lizing operatsiyalari hajmi deyarli bir xil hisoblanadi. Bundan tashqari, GE 
Capital aktivlar hajmiga ko‘ra boshqa barcha kompaniyalardan deyarli ikki 
baravar oldindadir. U ichki bozor bilangina cheklanib qolmay, xorijiy bozorlarni 
ham faollik bilan egallab olmoqda.
Amerikaning keyingi uchta kompaniyasi - AT & Capital, BOT Financial 
Corp va IBM Credit Corp ham lizing shartnomalari hajmi sezilarli o‘sib 
borayotgan kompanyalardan hisoblanadi. Bundan tashqari, birinchi o‘nlikdan 
Yaponiyaning Orix Corporation kompaniyasi va Yevropaning to‘rtta lizing 
kompaniyasi o‘rin olgan. Yaponiyaning eng yirik lizing kompaniyasi Orix 
Corporation faoliyatida lizing faoliyatining faollashuvi kuzatilmoqda. Hisobot 
ma’lumotlariga ko‘ra, bu kompaniyada lizing hajmi o‘rtacha 1,3 % ortgan. 
Fransiyaning Sociate Generale lizing kompaniyasi 1968 - yildan boshlab 
dunyoda eng tarqalgan “Sogelease” lizing tuzilmalari tarmog‘ini yarata 
boshladi. Bu tarmoq hozirgi kunda jahondagi 27 ta firmani o‘z ichiga oladi. 10 
yillik faoliyat davomida lizing operatsiyalari hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan 
5,4 mlrd. AQSH dollarigacha, ya’ni to‘rt baravar o‘sdi.
1
Bu kompaniyalar uchun umumiy jihat shuki, jahon lizing biznesida 
yetakchi o‘rinlarni yirik ishlab chiqaruvchilar - General Motors, General 
Electric, Daimer Benz (debics) va IBM tomonidan tuzilgan moliya tuzilmalari 
egallagan. Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari – kelajakdagi potensial 
hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mamlakatimizdagi lizing oluvchilar uchun 
lizing loyihalarini amalga oshirishda foyda keltirishi shubhasiz, albatta. Bunga 
sabab shuki, yuqorida sanab o‘tilgan kompaniyalardan har birining 
imkoniyatlari lizing bitimini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashga 
imkon beradi hamda dastlabki tanishib chiqish uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Lizing 
qo‘llanayotgan 
mamlakatlarning 
ko‘pchiligida 
lizing 
kompaniyalari o‘z manfaatlarini himoya qilish va lizing bznesini rivojlantirish 
uchun milliy lizing assotsiatsiyalarini tuzib olganlar. 
Uchta qit’ada Milliy lizing assotsiatsiyalari lizing tarmog‘ini xalqaro 
miqyosda namoyon etish, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilish, lizing 
sohasida bilimlar to‘plash, bahs va munozaralar o‘tkazish uchun mintaqaviy 
tashkilotlarga asos solganlar. 
1
 
www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm
 


55 
Yevropada bu shtab-kvartirasi Bryusselь shahrida joylashgan Leaseurope 
(asbob-uskunalar lizingi bo‘yicha kompaniyalarning Yevropa federativ 
uyushmasi). 
Osiyoda – sekretariati Singapurda joylashgan Asia lease. 
Janubiy Amerikada – sekretariati Meksikada joylashgan Fela lease Lotin 
Amerikasi lizing Federatsiyasi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan uch federatsiya hamda AQSH va Avstraliyaning 
lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Jahon lizing kengashini (World leasing 
Counsil) tuzdilar. 
Lizing biznesi tobora ko‘proq kompaniyalarni qamrab olmoqda. Bu holat 
Rossiyada lizing kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzish zaruratini tug‘dirdi va bu 
assotsiatsiyaga 1994 - yil 5 - mayda asos solindi. 
Bundan tashqari, yengil va yuk avtomobillari, samolyotlar, kompyuterlar 
lizingi ishtirokchilari uchta ixtisoslashgan assotsiatsiya tuzdilar. Bular European 
Car and Truck Rental Association (ECATRA) – yengil va yuk avtomobillarini 
ijaraga beruvchilarning Yevropa assotsiatsiyasi; International Association of air 
craft lessors – samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchilarning xalqaro 
tashkiloti; Europlan Computer leasing and trading association (ECLAT) -
kompyuterlar lizingi va savdosi Yevropa assotsiatsiyasidir. 
Jahonning barcha mamlakatlarida xususiy va davlat korxonalari bilan 
lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi “Orien Lizing 
Grup” turidagi xalqaro lizing birlashmalarini tuzish xalqaro lizing 
operatsiyalarini rifojlantirishga xizmat qildi. Bunda xalqaro lizing klublari ham 
katta rolь o‘ynadi. Ularning faoliyati bir mamlakatdan boshqasiga lizing 
obyektlarini yetkazib berishda vositachilik qilishga asoslanadi. G‘arbiy 
Yevropada lizing klublariga misol qilib “Interliz” assotsiatsiyasini ko‘rsatish 
mumkin. U Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, 
Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya va Shvetsiyaning lizing 
firmalarini birlashtiradi. “Lizklab” assotsiatsiyasiga esa Avstraliya va Yevropa 
mamlakatlarining 10tasi kiradi. Osiyoda esa bunday birlashmalar qatoriga 
“Eyshaliz” birlashmasini kiritish mumkin. 
Xalqaro lizing bitimlari xalqaro lizing birlashmalaridan tashqari asosan 
mamlakat ichida faoliyat yuritishi mo‘ljallangan milliy kompaniyalar tomonidan 
ham amalga oshiriladi. Bunda bosh kompaniya chet elda o‘zining shu’ba 
bo‘limlarini ochadi. Ularning ichida Amerika kompaniyalari yaqqol ajralib 
turibdi – “Siti Korporeyshn”, “Benk Amerika korporeyshn”, “Kemikal Nьyu-
York Korp.”, “Menyufekchurers Xanover Korp.” kabi AQSH transmilliy 


56 
banklarining lizing bo‘linmalari shu’balari. Asosan ular eksport lizing 
operatsiyalari bilan shug‘ullanadilar. 
Amerika kompaniyalariga Angliyaning “Barklayz Benk”, “Lloyds”, 
“Neshnl Vestminster Benk” va “Midlend” banklariga mansub bo‘lgan lizing 
kompaniyalari jiddiy raqobat ko‘rsatmoqdalar. Ularning umumiy eksport hajmi 
1,5-4,5 %ni tashkil etadi. 
Tinch okeani havzasida esa Yaponiyaning “Sumitomo” yirik moliyaviy 
guruhining vakillari “Orient lizing” va “Djeneral Lizing” boshchiligidagi yapon 
kompaniyalari mustahkam o‘rinlarga ega. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 
esa 2-4 %ni tashkil etadi. 
Eksport lizingining ulushi hozircha uning ichki bozordagi rolini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan ancha pastligi shubhasiz, albatta. Shu bilan birga, 
eksport lizing operatsiyalarini o‘stirish uchun mavjud zaxiralar ham katta. Bu 
zaxiralar rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijara xizmatlari savdosini 
o‘stirishdan tashqari ichki bozori katta bo‘lgan rivojlanayotgan va yangi sanoat 
mamlakatlarida lizing miqyosini kengaytirish bilan ham bog‘liq. Bu 
mamlakatlarning lizing xizmatlariga ehtiyojlari asosan ularni import qilish 
hisobiga qondirilishi ko‘rinib turibdi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə