Oʻzbekiston respublikasi


-jadval TMKlar faoliyatining natijalari5



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə5/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

1-jadval
TMKlar faoliyatining natijalari5




Qabul qiluvchi mamlakatlar uchun

Kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar uchun

Butun jaxon xo’jaligi uchun

Ijobiy natijalar

Qo’shimcha (kapital, yangi texnalogiyalar, boshqaruv tajribalari,malakali mehnat)
Ishlab chiqarish va bandlik darajasini oshishi;
Raqobatning kuchayishi;
Davlat budjeti qo’shimcha daromadlarining tushishi.

Iqtisodiy tartiblarning birxillashuvi;
Boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sir etish darajasining ortishi;
Daromadlarning ortishi

globallashuvning kuchayishi;
jahon xo‘jaligida
hamjihatlikning oshishi;
ijtimoiy jahon
xo‘jaligining
yaxshilanishi
uchun sharoitlar yaratish.

Salbiy natijalar



jahon xo'jaligida rnamlakatlar ixtisoslashuvini


tanlashda tashqi nazoratning kuchayishi;
milliy biznesning o‘rnini
boshqa turdagi sohalar
egallashi;

davlat nazorati
rolining pasayishi;
kapitalni investitsiyalar shaklida
olib chiqilishi
natijasida ish
joylarining qisqarishi.

xususiy
manfaatlarga xizmat


ko'rsatuvchi
iqtisodiy
tizim
markazlarining paydo
bo'lishi

— TMK tomonidan ichki narxlarning qo‘llanilishi tufayli budjet daromadlarining qisqarishi;


— milliy iqtisodiyotning birmuncha istiqbolli va rivojlangan tarmoqlarini TMKlar tomonidan egallanishi tufayli milliy korxonalar faoliyatining sustlashuvi.
Shuningdek, qabul qiluvchi, kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar hamda butun jahon iqtisodiyoti uchun TMKlar faoliyatining ayrim oqibatlarini quyidagi jadval ma’lumotlarida ko‘rishimiz mumkin.
Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqtisodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakatlar uchun bu holat aksincha bo‘ladi. Chunki transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarni tark etgan holda o‘z kapitalini mamlakat o‘rtasida ko‘chirishi mumkin. Tabiiy ravishda, bunday sharoitlarda transmilliy korporatsiya kapitali chiqib ketgan mamlakatdagi holat yanada yomonlashishi, ishsizlik darajasining oshishi va iqtisodiyot uchun boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Raqobat kurashida o‘z o‘rnini saqlashi uchun har bir TMK doimiy ravishda nazoratidagi kapital hajmini va faoliyat ko‘lamini oshirgan holda rivojlanib boradi hamda muayyan bosqichda uning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi, chunki davlat manfaatlari bilan alohida tuzilmalarning manfaatlari doimo bir-biriga mos kelavermaydi. Yuzaga keluvchi muammolarni oldini olish uchun qanday sharoitlarda TMKlarning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlash hamda ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to‘planishining jadallashgan o‘sishi hisoblanadi.
Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududning tashkil topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko‘plab mamlakatlari YIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko‘rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko‘paygan6.
Malumki, TMKlar zamonaviy jahon xo‘jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o‘zlarini xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko‘rsatishlarining ulushi kattadir.
Jahon mamlakatlarida TMKlarning xorijiy boMinmalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga hamda ular faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi mahsulotlarga bo'lgan ichki talab darajasini doimiy o‘rganib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. TMKlar o‘z faoliyatlarini milliy iqtisodiyotlardagi ichki talab darajasiga mos holda muvofiqlashtirib bormoqdalar.
Bu holat ularning eksport va sotish hajmining oshishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda korporatsiyalarning transmilliylashuv jarayoni kuchayib bormoqda. Mohiyatiga ko‘ra, korporatsiyalarning xorijdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki transmilliylashish darajasini ifodalaydi. Korporatsiyalarining transmilliylashuvini aniqlash uchun maxsus transmilliylashuv indeksidan foydalaniladi.
Transmilliylashuv indeksi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:

Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə