Oʻzbekiston respublikasi


-rasm. Pul mablagʻlari oqimi9



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə8/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

2-rasm. Pul mablagʻlari oqimi9
Yuqoridagi chizmadagi ma’lumotlarni jadval shaklida tuziladi va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishi vujudga keladi. Mazkur hisobot shaklidan pul oqimlarini tahlil qilishda foydalaniladi. Jahondagi xalqaro hisobotlar standartlariga mos ravishda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot jadval ko‘rinishga egadir
Birlashish va qo‘shib olishlar (ingl. Mergers and Acquisitions, M&A) — kapital va biznesni mustahkamlashda makro va mikroiqtisodiy darajalarda bozordagi bir nechta kichik kompaniyalar o‘rnida yiriklarining yuzaga kelishi natijasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Birlashish — bu ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashishi bo‘lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakllanadi.
Birlashishlarda kompaniya yuridik shaxs va soliq tolovchi sifatidagi o‘zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya bilan birlashadi. Yangi kompaniya o'zining tarkibiy qismidagi kompaniyaning mijozlari oldidagi barcha majburiyatlarini va aktivlarini bevosita boshqarishni hamda nazorat qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Qo'shib olish — qo‘shib olinadigan kompaniya ustav kapitalining 30 foizdan ortig‘ini egallash yo‘li bilan amalga oshiriladigan
va xo‘jalik jamiyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida tuziladigan bitimdir, bunda jamiyatning yuridik mustaqilligi saqlab qolinadi.
Kompaniyalar birlashishi va qo'shib olinishining asosiy turlari tasnifi. Xususiyatiga bog‘liq holda kompaniyalar integratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
Kompaniyalarning gorizontal birlashishi. Bu aynan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaning qo‘shilishi emas, buning natijasida faoliyatni rivojlantirish va raqobatlashuv bo‘yicha ustunlikka erishiladi.
Kompaniyalarning vertikal birlashish bu bir qator kompaniyalarning birlashishi boiib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xomashyo yetkazib beradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayishi va foydaning oshishiga erishiladi.
Kompaniyalarning parallel birlashish — o‘zaro aloqador boigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning birlashishi.
Konglomerat birlashishi — ishlab chiqarish yoki ta'minot munosabatlari bo‘yicha o‘zaro aloqador boimagan kompaniyalarning birlashishi boiib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo‘shilishi sodir boiadi.
Tahliliy malumotlarga ko‘ra dunyoda M&A bo'yicha har yili o‘n besh mingga yaqin bitim tuziladi. Bitimlar hajmi va qiymati bo‘yicha yetakchilikni AQSH egallagan.
Geografik koiami bo‘yicha bitimlar quyidagilarga boiinadi:

  • mahalliy;

  • mintaqaviy;

  • milliy;

  • xalqaro;

  • transmilliy (transmilliy korporatsiyalar ishtirokidagi bitimlar).

Milliy aloqadorligi bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin:
- ichki bitimlar (bitta mamlakat doirasida sodir bo‘ladigan);
- eksportga oid (bozorning xorijiy ishtirokchilariga nazorat huquqini berish);
- importga oid (xorijdagi kompaniyalar ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo‘lish);
- aralash (transmilliy korporatsiyalarning bitimlarida yoki bir nechta turli davlatlar aktivlari bilan kompaniyalarda ishtirok etish).
Kompaniyalarning birlashish va qo‘shib olishlar jarayonining (M&A) faollashuvi zamonaviy iqtisodiyotning muhim jihatlaridan biri hisoblandi.Korporatsiyalar birlashishi tufayli yuzaga keladigan salohiyatli imkoniyatlar integratsion jarayonlarning yanada jadallashuviga ta'sir ko‘rsatdi. Birlashish va qo‘shib olishlar ko‘pgina korporatsiyalar tomonidan o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga muvofiq holda ishlab chiqarish aktivlarini optimallashtirish hamda raqobatlashuv afzalliklariga erishish yo‘li sifatida qaraladi. Shuning uchun mazkur soha tadqiqotlari bo‘yicha ko‘pgina ekspertlar shug‘ullanishadi hamda ular korporatsiyalar birlashish va qo‘shib olishlarining universal loyihalarini tuzishga harakat qilishadi. Misol uchun, Watson Wyatt kompaniyasi korporatsiyalar birlashishining beshta bosqichini aniqlagan: vazifalarni tashkil etish, holatni baholash, tadqiq etish, muzokaralar o‘tkazish, haqiqiy birlashish. Shuningdek, ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini taklif etishgan.
Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishning maxsus instrumentlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birlashish va qo‘shib olishlar, strategik alyanslar va autsorsing. TMKlar xalqaro birlashish va qo‘shib olishlar hamda global bozorlardagi raqobatlashuv holatini o‘zgartirish bo‘yicha transchegaraviy bitimlarni keng qo‘llaydilar. TMKlar faoliyati tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy globallashuv sharoitlarida birlashish va qo‘shib olishlar turli mamlakatlarning mahalliy aktivlardan investitsion portfelni tezlikda shakllantirish, yangi bozorlarni o'zlashtirish, ishlab ehiqarish jarayonining yangi bosqichini hamda xomashyoning yangi manbalarini egallash imkoniyati hisobiga korporatsiya raqobatlashuvi oshishining muhim manbasi hisoblanadi.
Dunyodagi yirik korporatsiyalar o‘rtasida birlashish va qo'shib olishlar, shuningdek, «yomon» aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSH, neft sohasi), General Electric (AQSH, konglomerat), Glaxo Smith Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSH, elektronika sanoati), Nestle (Shveysariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo‘lgan boshqa kompaniyalar qo‘shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveysariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Fransiyaning Sanofi-Aventis. Transchegaraviy birlashish va qo‘shib olishlar ishtirokchi kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish, asosan nomoddiy (nou-xau, savdo belgilari, tashkiliy bilimlar) va boshqalarga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi.


Xulosa
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor munosabatlarini rivojlantirish moliyaviy boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. Moliyaviy boshqaruv korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yo ’naltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishidir. Bunda pul oqimlari har bir korxona uchun asosiy faoliyat omili bo’lgani uni jarayon obyekti sifatida tanlashni taqozo qilgan.Uning tizimli va alohida maxsuslashtirilgan funkiyalari uni korporativ tuzilma faoliyatidagi o’rnini, qanday tashkil etilish jarayonini ifodalaydi.
Asosiy maqsadi bo’lib, foydani maksimallashtirib borish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini va bevosita korxona bozor qiymatini oshirib borish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, moliyaviy boshqaruv oldiga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish bilan bog’liq vazifalar qo‘yiladi.
Moliyaviy boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlashda korporativ tuzilmaning barcha bo’linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalashda malakali, xorij tajribalarini chuqur egallagan moliyaviy boshqaruvchilar katta ahamiyat kasb etadi.
Korporativ moliyaviy boshqarish jarayonlarini tartibga soluvchi va amalga oshiruvchi asosiy elеmеntlar tizimini birlashtiradigan mexanizm yaratish muhimdir. Bu mexanizm korxonani dastlabki tashkil etish davridan boshlab, ularni rivojlanish siklining barcha bosqichlarida moliyaviy boshqaruvning alohida jihatlari va prinsiplarini e'tiborga olgan holda qarorlar qabul qilish, uning samarali amalga oshirilishi, ijrosini ta'minlash hamda nazorat qilishni o’z ichiga qamrab olishi maqsadga muvofiqdir.
Jahon amaliyotidan ko’rishimiz mumkinki, korxonalar faoliyatini tartibga solishning bozor, faoliyatining ayrim jihatlarini tartibga soluvchi ichki mеxanizm, moliyaviy boshqaruvning axborot ta’minot tizimi, qabul qilingan boshqaruv qarorlarini ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish kabi ichki va tashqi richaglar keng miqyosda qo’llanilib kelinadi. Ko’pchilik tuzilmalarda faoliyat turlaridan kеlib chiqqan holda moliyaviy boshqaruvni tashkil etish bo’lim va bo’linmalarga ajratilgan. Har bir bo’linma ma’suliyati nuqtai nazaridan o’z vazifasini bajaradi. Yaponiyada esa ko’pchilik korporativ tuzilmalarda aksincha holatni, ya’ni barcha tarkibiy qism moliyaviy faoliyat jarayoniga javobgaligini ko’rishimiz mumkin.
Korporativ moliyaviy boshqarishni samarali tashkil etish borasida bugungi kunda bir qancha dolzarb masalalar mavjud. Bular qatoriga moliyaviy ta'minotni samarali tashkil etish, arzon moliyaviy rеsurslar jalb qilish kapital bahosini aniqlash orqali kapitalning optimal tarkibini shakllantirish, emissiya qilingan qimmatli qog’ozlarni muvaffaqiyatli joylashtirish, jalb qilingan qarz mablag’laridan samarali foydalanish orqali majburiyatlarni o’z vaqtida ko’plash natijasida ijobiy krеdit tarixiga ega bo’lish, aksiyalar ochiq obunasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, erishilgan sof foydani rеinvеstitsiyalashda va dividеndlarga taqsimlashda optimal nisbatni bеlgilash kabilar kiradi.
Korporativ moliyaviy boshqaruvning samarali tashkil etilishi, emissiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi, qarzni o'z vaqtida to'lash hisobiga ijobiy kredit tarixini shakllantirish, sof foydani optimallashtirish va dividendlarni optimal taqsimlash hamda arzon moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali kapitalning qiymatini aniqlab, kapitalning maqbul tuzilmasini yaratishdan iborat. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi korporativ boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishga, bozor ulushini oshirishga va biznes qiymatini oshirishga yordamberadi.
Jahonning yirik korporatsiyalaridan biri va o’zimizning ham shunday salohiyatga ega milliy korporativ tuzilma faoliyati va korporativ boshqaruv jarayonini tahlil qilish orqali quyidagishunday xulosalarga va takliflarga kelamiz:
1. Yangi tashkil etilgan korporativ tuzilmalar uchun ustav kapitalining minimal talablari pastligi juda muhimdir. Mamlakatimizda aksiyalarning muomalasini tahlil qilishda asosiy aksiyalar emissiyasi davlat aktsionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilgan degan xulosaga kelish mumkin. Aksiyalarni sotib olish huquqini beruvchi buyurtmalar amaliyotiga alohida e'tibor berish kerak.
2.Dividend siyosatini oqilona yuritilishi orqali quyidagilarga erishiladi
- Aksiyalarni joylash-tirish orqali kapital jalb qilishning qarz kapitali jalb qilishga nisbatan arzonligi sharoitida invеstitsi-on jozibadorlikni ta'minlashga xizmat qiladi;
- Aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va o’z navbatida aholining aksiyalar orqali daromadlarini oshirib borishi natijasida o’rta mulkdorlar sinfi shakllanishiga olib kеladi. - Aksiyadorlik jamiyatining boshqa kompaniyalar tomonidan qo’shib olinishidan himoya vazifasini o’taydi.
- IPO o’tkazish orqali xorijiy kapital jalb qilish uchun asos vazifasini bajaradi.
3. Aksiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarini investorlarga to’laqonli va o’z vaqtida yetkazilishi ularning investitsion jozibadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Aksiyalar va ular bo’yicha to’lanadigan dividendlar to’g’risida keng investorlar tomonidan yetarli ma’lumotlarni olishlari uchun moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalari ilovalariga muvofiq bitta aksiyaga to’g’ri keladigan daromadlilik hisobotini amaldagi moliyaviy hisobotlarga ilova shaklida kiritish maqsadga muvofiqdir
4. Moliya bozori infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi shunday xolis reyting agentliklari faoliyatini rivojlantirish zarur. Ushbu reyting agentliklari aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini kompleks baholash tizimida ulardagi korporativ boshqaruv samaradorligi reytingini ham baholaydilar va e’lon qiladilar.
5. Aksiyalar muomalasini samarali tashkil etish nuqtai nazaridan jahon amaliyotida kеng qo’llaniladigan aksiyalar turlarini mamlakatimizda ham joriy etish lozim. Xususan, imtiyozli aksiyalar bo’yicha kumulyativ amaliyotni joriy etish, qatiy bеlgilangan dividеnddan ovoz bеrish huquqini olish orqali voz kеchish amaliyotini yo’lga qo’yish maksadga muvofiq.
6. Stratеgik ahamiyatga ega aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalar emissiyasida emissiya hajmining ma'lum bir qismini ochiq joylashtirish amaliyotini qonunchilik asosida joriy etish lozim.
7. Milliy amaliyotda korporativ obligatsiyalar muomalasini kеngaytirish, konvеrsiyalanadigan obligatsiyalar muomalasiga jiddiy e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Chunki konvеrsiyalanadigan korporativ obligatsiyalar muomaladagi aksiyadorlar sonining ortishiga, bu o’z navbatida aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapital ortib borishiga xizmat qiladi.
8. Shu o’rinda Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar o’rtasida iqtisodiy intеgratsiyaga jiddiy e'tibor qaratilayotgan bir vaqtda aynan mintaqa uchun xizmat qiluvchi fond bozorini yaratish masalasiga ham e'tibor qaratilsa, aksiyalar savdosi rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qilardi. Yuqoridagi xulosa va takliflarning amaliy tatbiqi yaqin kelajakda korporativ moliyaviy boshqaruv sohasida yechimini kutayotgan dolzarb masalalarning ijobiy samarasini berishi aniqdir.



Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə