O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 317,34 Kb.
səhifə17/22
tarix25.03.2022
ölçüsü317,34 Kb.
#84718
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli «Nomo Sapiens sifatida o’rganiladi.

Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti Tariqasida shaxs tadqiqi etiladi.

Uchinchidan, individ muayyan ko’lamda o’zgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishning yetakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko’p qirrali hamda aloqaga kirshlishi quyidagi tarzda namoyon bulishi mumkin:

-tabiatning biologik va abiotik omillari - inson;

-jamiyat va uning tarixi taraqqiyoti - inson;

-inson - texnika;

-inson madaniyat


XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, Lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin.

TAKLIFLAR



Mavzuga oid materiallarni chuqur o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va takliflar bayon qilindi.

Birinchidan, individ, shaxs va subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e’tibor qilishi zarur:

        • Inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqyy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari)

        • insoning o’ziga ta’luqli asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyusiya;

        • inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o’zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar.

Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.

Ikkinchidan, odamning maqsadga qaratilgan ijtimoviy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarni, kishining sosial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasnni bir so’z bilan aytganda, voqyeali bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari va xulq-atvorining motivlarnni tarkib toptiradi.

Uchinchidan, shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning hayogi faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda turtga o’zaro, mustahkam bog’langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:

Birinchisi - boshqaruv tizimi; Ikinchisi - stimullashtirish tizimi; Uchinchisi — stabilizasiyalash tizimi; To’rtinchisi - indikasiyalash tizimi;

To’rtinchidan, shaxsning sosial ahamiyatga ega bo’lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqqiyotining yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq-atvori va xatga- harakatlarini belgilaydi.


Yüklə 317,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə