O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
223-XII 15.02.1991

22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini 
buzgan taqdirda uni tugatish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 
2

3

4
-qismi va 18-
moddasining 
to‘rtinchi qismida 
ko‘zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir 
etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 
3-iyuldagi 664-XII-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 
1992-y., 9-son, 363-modda) 
Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi 
to‘rtinchi qismida
 
ko‘zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun 
sud uni tugatishi mumkin.
Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki 
qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xalqaro jamoat birlashmalari, uning bo‘linmalari, filiallari
jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi 
prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat 
soliq boshqarmasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish 
to‘g‘risida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. 
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar 
sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 
15-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat 
tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə