O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


V BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING XALQARO



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
223-XII 15.02.1991

V BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING XALQARO 
ALOQALARI. XALQARO JAMOAT BIRLAShMALARI, 
XALQARO ShARTNOMALAR 
23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va 
o‘z ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga 
qo‘shilishi, bevosita xalqaro aloqalar o‘rnatishlari, tegishli bitimlar 
tuzishlari mumkin. 
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari
Agar O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining 
faoliyati ustavga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki 
undan ko‘proq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat 
birlashmasi deb e’tirof etiladi.


Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga 
respublika jamoat birlashmasi kollektiv a’zo sifatida kirsa, respublika 
jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatga 
olinishi kerak.
O‘z faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan 
jamoat birlashmasi zarur o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan ustavini 
qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligiga taqdim etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, 
insonparvarlik faoliyatining o‘zga turlarini maqsad qilib qo‘ygan jamoat 
birlashmalari qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari 
mumkin. 
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ushbu 
Qonunning 
qoidalari 
xorijiy 
davlatlar 
jamoat 
birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘limlari 
(filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari) faoliyatiga nisbatan qo‘llanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə