O’zbеkistоn Rеspublikаsidа sоliq siyosаtini tаkоmillаshtirish yo’llаri Reja


 Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish



Yüklə 29,22 Kb.
səhifə3/8
tarix30.05.2022
ölçüsü29,22 Kb.
#88385
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbеkistоn Rеspublikаsidа sоliq siyosаtini tаkоmillаshtirish yo’llаri

33. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida harid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli qarori10 qabul qilindi.
YUritimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq11.
Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatni keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash kabi aholini ish bilan ta’minlash borasida izchil davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. YUqoridagi vazifalarni hayotga samarali joriy qilish maqsadida har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Aholi bandligini ta’minlash dasturi ishlab chiqiladi.
34. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish.
Keyingi yillarda respublikada turar joylar va ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini yangilash hisobga olingan holda aholi punktlarini shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantiruvchi shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikaning 96 ta shahri va 87 ta shahar posyolkasi bosh rejalar bilan ta’minlandi, 550 ta qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalariga ega.
Loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda respublika mintaqalarida istiqbolli va iqtisodiy samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etishda ularning faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda "O‘zshaharsozlikLITI" DUKning 12 ta filiali tashkil etilgan.
Biroq shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan yetarli ta’minlanmaganligi ularni rejali rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlarni oqilona joylashtirish, rivojlantirishning qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Jumladan, 23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini, shu jumladan, qisqa muddatli davrda respublikaning 138 ta shaharlari va shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan ta’minlash talab etiladi.
O‘zbekiston Prezidentining «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»ga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha «iste’mol savatchasi»ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Endilikda hududlar bo‘yicha «iste’mol savatchasi»ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda. 
Iste’mol savatchasi bir inson yoki oila uchun ma’lum bir vaqtga, masalan, bir oyga zurur mahsulotlar va xizmatlar bo‘lib, ko‘p davlatlarda uning umumiy qiymatiga ko‘ra aholiga ijtimoiy nafaqalar belgilanadi. Shuningdek iste’mol savatchasi inson uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat, dori-darmon kabi hayot uchun zarur vositalar majmuasini anglatib, turli davlatlarda turlichadir.Masalan, AQShda bu savatchaga 300 xil mahsulot kiritilgani holda, Fransiyada — 250, Angliyada — 350, Germaniyada — 475, Rossiyada esa 156 xil mahsulot iste’mol savatchasidan joy olgan. Bizda ham iste’mol savatchasiga oid tushunchalar huquqiy tartibga solinarkan, demak, tez orada bu mavzuga yana qaytamiz

Yüklə 29,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə