41
tan ta nalari, payg‘ambar yoshi, yetmish, sakson, to‘qson-
yillik yubileylari, kumush to‘y, oltin to‘y, marvarid to‘y va boshqa
bayram-sayllar, to‘y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va
an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo‘nalishi, ahamiyati va
shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan
yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydi – u birday tug‘iladi. Yaxshi-
yomonga
aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-
kuy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat va tuzumdandir. Bunda
ajdodlar qoldirgan ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi,
shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari,
jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Xalq ta’kidlashicha, bola boshdan to‘g‘ri,
haqqoniy tarbiyalansa
– u kelgusida yaxshi inson bo‘lib yetishadi, egri yo‘lda tarbiyalansa
– yomon kishiga aylanadi. Zero, “ko‘chat boshdan, bola yoshdan”
maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh
yo‘nalishidir.
El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga
qaratilgan “O‘zbek xalq pedagogikasi” ham ayrim shaxslar yoxud
bir-ikki jamoa – ular qanchalik iqtidorli-iste’dodli bo‘lishmasin, uni
xalqimiz asrlar bilan o‘lchanuvchi hayotida o‘zining boy hayotiy
tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa’y-
harakatlari, yo‘l-yo‘riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratilgan.
Hamisha safarlarda bo‘lib, o‘zga yurt kishilari bilan muloqotlarda
bo‘lish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o‘zbek
xalqi xarakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik,
hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o‘ziga e’tiqod
qilib olgan o‘zbek xalq pedagogikasi ayni choqda Sharq odobnomasi,
ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo‘lgan, sharqona
xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go‘zal
namunalarini o‘ziga qabul qilib olgan.
Dostları ilə paylaş: