Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘zbek xalq pedagogikasi va uning ta’lim-tarbiyada



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

1.4. O‘zbek xalq pedagogikasi va uning ta’lim-tarbiyada
tutgan o‘rni
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi 
bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh 
avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-
qoidalarini izlaganlar. Ma’rifatli va ma’naviy komil insonni 
tarbiyalash “O‘zbek xalq pedagogikasi” fanining aosiy maqsadidir 
hamda uning bosh masalasi va mavzusi tarbiyadir. Tarbiyadan 
keng ma’no ta’lim rivojlanishi, ma’lumot bilan bog‘langan holda 
barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Bu o‘z navbatida insoniyat 
yaratgan ilmiy-ma’naviy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha 
munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisigina 
emas, balki bunyodkori va tashkilotchisi hamdir”
1
. Bunday yangicha 
yondashishlar “O‘zbek xalq pedagogikasi” fanining obyekti va 
mavzuini kengaytiradi.
Xalq pedagogikasining ajralmas qismi bo‘lgan “O‘zbek xalq 
pedagogikasi” O‘zbek xalqi paydo bo‘lgan va yashab kelayotgan 
butun davrni o‘z ichiga oladi. Jumladan, ijtimoiy va maishiy-axloqni, 
hayotning barcha tomonlarini, Xalq og‘zaki ijodi, qadrshunoslik, 
udumshunoslik va marosimshunoslikning yetakchi yo‘nalishlarini, 
diniy axloqiy ta’limotni o‘z ichiga oladi. Demak, “O‘zbek xalq 
pedagogikasi” – bu dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, ahloq, 
odob, insoniy qadriyatlar va uning ma’naviy ustuvorligi, imon– 
e’tiqodi, butunligi sohasidagi dunyoqarashi, ommaviy faoliyati, 
usullari, an’analari, tajriba xulosalarining lo‘nda, bag‘oyat teran, 
donishmandnoma tarzda ifodalanishidir.
Milliy qadriyatlarning barkamol insonni tarbiyalashdagi roli 
“O‘zbek xalq pedagogikasi» an’analarida farzandlarning estetik idroki, 
1
Каримов
И.А. Озод
ва
обод
ватан, эркин
ва
фаровон
ҳаёт
пировард
мақсадимиз. – Т.,«Ўзбекистон», 2000.14-бет.
40
hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; 
tarbiyalanuvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish 
va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish va 
takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o‘yin folklori-
ning o‘rni va ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folklor-etnografik 
dastalari – estetik tarbiya markazi ekanligi, vorislik, ustoz-shogirdlik 
an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni 
shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq 
ommaviy tomosha san’ati – sirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, 
dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo‘ylik, maddohlik, 
qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo‘zaxo‘rlik alyorlari kabi 
san’atlarining tutgan o‘rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq 
an’anaviy sporti, fizkulturachi – farzandlar jismoniy baquvvatligi va 
yetukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama 
garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, tarbiyalanuvchilar 
o‘yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik 
tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o‘rni, 
jismoniy tarbiya va sport ko‘nikmalarida xalq qiziqarli tomosha 
san’ati, axloq-odob va ta’limning uyg‘unligi va o‘ziga xosligi, xalq 
sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning 
axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq an’anaviy pedagogikasida tabiat 
va inson uyg‘unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, 
saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar 
olami hamda dov-daraxtlar, o‘simliklar va giyohlarga ruxsat, suv, 
borliq-atrofga insoniy munosabat – xalq pedagogikasining ekologik 
tarbiyasi asoslaridan biri ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, 
marosimlar, irim-sirimlar, qarg‘ish va olqish-duolar, tabiat, diniy 
bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-
sayllari “Navro‘z”, “Mehrjon”, “Hayit-ro‘za”, “Hayit bayrami” va 
boshqalarning, tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog‘iga azon 
aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh 
kiydirish, besh, yetti kun, o‘n bir kunligi, bir-yilligi, uch, to‘rt, besh-
yilligining alohida bayram qilinishi, o‘quv muassasasiga borishi, 
sunna
t qilinishi, kokil qo‘yish, kokil oldirish, mo‘ylov oshi, uylanish-
nikoh to‘yi, birinchi farzand ko‘rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar 


41
tan ta nalari, payg‘ambar yoshi, yetmish, sakson, to‘qson-
yillik yubileylari, kumush to‘y, oltin to‘y, marvarid to‘y va boshqa 
bayram-sayllar, to‘y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va 
an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo‘nalishi, ahamiyati va 
shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan 
yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydi – u birday tug‘iladi. Yaxshi-
yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-
kuy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat va tuzumdandir. Bunda 
ajdodlar qoldirgan ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, 
shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, 
jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. 
Xalq ta’kidlashicha, bola boshdan to‘g‘ri, haqqoniy tarbiyalansa 
– u kelgusida yaxshi inson bo‘lib yetishadi, egri yo‘lda tarbiyalansa 
– yomon kishiga aylanadi. Zero, “ko‘chat boshdan, bola yoshdan” 
maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh 
yo‘nalishidir.
El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga
qaratilgan “O‘zbek xalq pedagogikasi” ham ayrim shaxslar yoxud 
bir-ikki jamoa – ular qanchalik iqtidorli-iste’dodli bo‘lishmasin, uni 
xalqimiz asrlar bilan o‘lchanuvchi hayotida o‘zining boy hayotiy 
tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa’y-
harakatlari, yo‘l-yo‘riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratilgan. 
Hamisha safarlarda bo‘lib, o‘zga yurt kishilari bilan muloqotlarda 
bo‘lish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o‘zbek 
xalqi xarakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, 
hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o‘ziga e’tiqod 
qilib olgan o‘zbek xalq pedagogikasi ayni choqda Sharq odobnomasi, 
ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo‘lgan, sharqona 
xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go‘zal 
namunalarini o‘ziga qabul qilib olgan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə