Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘zbek xalq pedagogikasining asosiy manbasi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘zbek xalq pedagogikasining asosiy manbasi. 
O‘zbek xalq
pedagogikasining manbalarini asosan uch turga bo‘lib o‘rganish 
mumkin. Bular quyidagilar:
42
Xalqimizning buyuk mutafakkirlari tomonidan meros qilib 
qoldirilgan nasriy va nazmiy asarlar, odobnoma va pandnomalar;
Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq og‘zaki ijodi va folklori 
namunalari, xalqimizning qadriyatlari, urf-odatlari va turli xil 
marosimlari;
Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karim”, Payg‘am-
barimizdan meros qilib qoldirilgan hadis namunalari va buyuk
islomiy ta’limotlarning namunalari.
Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni 
bildirib o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish 
Imom al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr 
Forobiy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, 
Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan 
yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, 
ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega 
ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay 
kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Xamsa” sini, Imom
al-Buxoriyning “As-sahih” hadislar to‘plamini, Abdulla Avloniyning 
“Turkiy guliston yoxud axloq” kabi ko‘plab yuksak qadr-qimmatga 
ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan 
qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari 
bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy 
barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. 
Ushbu qadriyatlar o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk 
mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga yetkazgandir. Shunday 
ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz 
bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday 
qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib 
borishdir.
Ma’lumki, xalqimizning salkam ming-yillik tarixi Islom dini bilan 
chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan 
yaratilgan milliy qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz 
tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana 
shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shunday ekan, biz 


43
bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni to‘g‘ri anglab 
olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni 
va isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi
g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə