Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


 Ta’lim tizimini boshqarish



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

2.2. Ta’lim tizimini boshqarish
Ta’lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog‘i 
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi organlari va ular ning 
vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab bera di, 
shuningdek, ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslay di.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarishga umumiy 
rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini 
boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarga egadir:
− ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
− ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
− ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga
− oshirish;
− ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
tartibini belgilash;
− ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog ilmiy kadrlarni
− attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
− davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;
− davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘-
risidagi 
− hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
− davlat grandlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish;
− tartibini belgilash;


57
− davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorini tayinlash;
− ta’lim oluvchilarning akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassa-
sa sidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; shunigdek, qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa kafolatlar.
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlari 
tegishli vazirliklar chunonchi, xalq ta’limi vazirligi hamda oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, markazlar, xususan, 
Respublika ta’lim Markazi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz, viloyat shahar va tuman xalq 
ta’limi bo‘limlari ham ishtirok etadilar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha 
vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga
quyidagilar kiradi.
− ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
− ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub 
masalalarida ularga rahbarlik qilish;
− DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va tayyorgarligiga 
bo‘lgan talablarning bajarilishini ta’minlash;
− o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, 
ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
− o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda nashr qilish 
va tashkil etish;
− ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni 
tasdiqlash; 
− davlat oliy ta’lim muassaslarining rektorini tayinlash to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
− pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni 
va qayta tayyorlashni tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa vakolatlar.
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati 
organlari ham ishtirok etadi. Ularning respublika ta’lim tizimini 
boshqarishdagi o‘rni va roli quyidagilar bilan belgilanadi:
− ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
− ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar 
va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan 
mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;
58
− o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida 
moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi;
− ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini 
boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. 
Ta’lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan 
boshqariladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə