Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ta’lim tizimi
deb, muayyan jamiyatda ijtimoiy-tarixiy jarayonda 
tarkib topgan ma’lum tamoyillar asosida boshqariladigan hamda bir-
biri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalarining 
yig‘indisiga aytiladi.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda faoliyat olib boradi.
Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega bo‘lib, u muayyan 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasi hamda 
siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) 
qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek, 
respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) davlat ta’lim stadartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga 
oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassacalari;
b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishini 
taminlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-
pedagogik muassasalar;
d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv a’zolari, shuningdek, 
ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim 
doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limning bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimi quyidagi turlarga bo‘linadi.
Maktabgacha ta’lim
– bola shaxsini sog‘lom va yetuk, 
maktabda o‘qishga tayyorlik darajasida shaklantirish maqsadida 
tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lgunga qadar 
oilada, maktabgacha tarbiya muassasalari (yaslilar 3 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar uchun; bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6–7 yoshgacha 
52
bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim 
muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar har tomonlama 
rivojlanadi va ta’lim-tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustah-
kamlanadi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil 
qilnadi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi, kattalarga hurmat, 
vatanparvarlik tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun 
tayyorgarlik ko‘radilar, maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy 
o‘rta ta’lim maktabining boshlag‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani 
amalga oshirishlari lozim.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə