Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


– 2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar stra-



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

2017

2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar stra-
tegi yasida ta’lim tizimi masalalari.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi
o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat 
hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islo-
hotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or 
xori jiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jum -
ladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sen-
ta br dagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
fao liyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3305-son qarori asosida 
respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. 
64
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Res-
pub likasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi 
PF-5198-son 
Farmon
i
va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 
30-sentabrdagi PQ-3305-son 
qaroriga
muvofiq amalga oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi 
tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat 
tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-
tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini 
tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-
estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash 
sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda quyidagilar 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 
asosiy 
vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari 
etib belgilandi:
birinchidan,
maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirish;
ikkinchidan,
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, 
estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
uchinchidan,
respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasalari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga 
barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-
bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va 
preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, 
bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini 
amaliyotga tatbiq etish;
to‘rtinchidan,
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, 
ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-
tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;


65
beshinchidan,
milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi 
va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, 
didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan 
maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’minlash;
oltinchidan,
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni 
hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama 
rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir 
bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə