Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiya tamoyillari
– bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, 
mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining 
76
ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladi
gan asosiy talablar 
ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. 
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
− maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlashuvi;
− tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
− tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
− jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;
− shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
− o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda 
tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
− tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga 
olish;
− tarbiya jarayonining tizimliligi va uzluksizligi.
Tarbiya turlarining umumiy tavsifi
. Tarbiya turlari turli sohalarga 
ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq 
umumlashgan tasnif
o‘zida aqliy, mehnat, 
jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy 
ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, 
baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik
iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. 
Institutsional belgilari bo‘yicha
oila, 
ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, 
yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi 
tarbiyaga bo‘linadi.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi 
munosabatlar uslubiga 
ko‘ra
avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy 
konsepsiyalar bilan bog‘liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, 
individual tarbiya farqlanadi.
Tarbiya jarayonida asosiy
vazifa
ta’lim – tarbiya berish, yoshlarda 
bilim, ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, 
ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan 
iboratdir.
Mafkura 
– inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgar-
tiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch – 
e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa, yetarlicha samara 
beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot 
ishlarini, tahsil oluvchilarning tushunchasi, aql – idroki va tafakkur 


77
darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga 
oshirish taqozo etiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə