Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 79,84 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü79,84 Kb.
#183435
  1   2   3   4   5
kurs ishi rus


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat” fanidan


Rossiya ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi
mavzusida yozgan


KURS ISHI


Bajardi: 4-kurs 401 PS- guruh talabasi
Abdusattorova Malika
Ilmiy rahbar: “Psixologiya ” kafedrasi
o‘qituvchisi E.A. Asrarxano
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….
I.BOB.ROSSIYADA PSIXOLOGIK XIZMAT AMALIYOTINI ILMIY JIHATDAN O’RGANISH
1.1Rossiya ta’lim tarbiya jarayoniga psixologik xizmatning kirib kelishi...
1.2Rossiyada psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishiga hissa qo’shgan olimlar……………………………………………………..
II.BOB.ROSSIYA TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI.
2.1Rossiya ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirishning asosiy faoliyati, vazifalari hamda o’ziga xos ustuvor yo’nalishlari………...
2.2Rossiya ta'lim tizimida psixologik xizmatda ishlaydigan psixologlarning kasbiy tayyorgarligi, kasbiy kompitentsiyalari va kasbiy etikasi………………………
KIRISH
1Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, “Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham g’oyat muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan”.Kelajagimizning qanday bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib, yigirma birinchi asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetish uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratilishini o‘z oldimizga maqsad qilib qoyganmiz.
Yigirma birinchi asrda inson omilining o‘rganilishi va tadqiq qilinishi bilan bog‘liq psixologik talablar birmuncha takomillashib bormoqda. Chunki inson tom ma’noda ijtimoiy mavjudot bo‘lganligi bois, uning shakllanishi va shaxs sifatida taraqqiyoti eng avvalo unga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv olamning o‘ziga xos imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu imkoniyatlar tizimini o‘rganish va tadqiq qilish bugungi psixologlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Borliqdagi narsa va hodisalardan zavqlanish, nafis his-tuyg‘ularga g‘arq bo'lish, atrof-muhit jozibasini chuqur his etish, insoniyat yaratgan mo‘jizalardan hayajonlanish, shaxslararo i
munosabatga kirishish me’yorini bilish psixologiya fani tufayligina o‘z yechimini topadi. O‘tmish zahmatlariyu hozirgi davrning iliq nafasi, kelajak ezgu niyatlariyu olam xayolati, ijodiy o‘y-fikrlar, mantiqiy mulohazalar, mustahkam iroda, kuchli xarakter, yuksak aql-zakovat xususiyatlari va ularning o‘ziga xosligi —bularning barchasi psixologik tahlilning mahsulidir. Tevarak-atrofni sezish, moddiy dunyoni idrok qilish, zaruriy malumotlarni eslab qolish, mustaqil fikrlash, voqelik mohiyatini tushunish tegishli tarzda psixologiya fani mazmunidagina aks etadi va u asta-sekin inson miyasida, ongida mujassamlasha boradi.
Shaxsning fazilatlari, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi, uning faollashuvi, ruhiy tushkunligiyu shijoati, intiluvchanligi, mardligi, mehnat sevarligi, fidoyiligi, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon bo‘lishi va kechishi, rivojlanishi - bularning hammasi psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Insonning hodisalar, holatlar, vazifalar va shart-sharoitlarga munosabati o‘zini o ‘zi anglashda, o‘zini o‘zi baholashda, o'zini o‘zi nazorat qilishda, o‘ziga o‘zi taskin berishda, o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda mujassamlashadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan o ‘zini o ‘zi anglashi, milliy o ‘ziga xoslik alomatlari, betakror nafosat egasi ekanligi, milliy didi (ta’bi) —bular milliy qiyofa yordami hamda milliy o‘zini o ‘zi (o'zligini) anglashda pishib yetiladi. Milliy qiyofa, milliy xarakter, milliy ong, milliy xulq-atvor, milliy an ’analar, marosimlar, ras -rusumlar tavsifi, milliy yoki etnos (elat) psixologiyasi tuzilmasida aks etadi. Oila a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar, ayol yoki erkaklar o‘rta-sidagi muloqot, voyaga yetganlarning voyaga yetmagan yoshlar bilan o‘zaro fikr almashuvi, bir-birlariga ta’sir o‘tkazishi, hamkorligi, hamdardligi, o‘zaro yordam va o‘zaro hurmati, omilkorligi, odilligi mohiyatan psixologiyada o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 79,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə