Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 79,84 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü79,84 Kb.
#183435
1   2   3   4   5
kurs ishi rus

O’rganilganlik darajasi. Rossiya psixologik xizmatini muvaffaqiyatlli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyati I.A.Aryamov va M.Ya.Basovlar, I.A.Aryamov va M.Ya.Basovlar, S.L.Rubinshteyn, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, B.G.Ananyev, L.I.Bojovich, I.V.Dubrovina, V.V.Davidov, N.S.Leytes, A.E.Lichko, D.B.Elkonin, V.A.Kruteskiy, L.M.Fridman, G.M.Andreyeva, R.S.Nemov, L.M.Fridman, V.A.Krutetsiy, A.K.Markova, I.M.Sechenov kabilarning bevosita nazariy va empirik jihatdan bergan ilmiy - amaliy tavsiyalari bilan bogʻliqdir.
Kurs ishining maqsadi. Rossiyada psixologik xizmatning ta’lim muassasalarida tutgan o’rnini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining premeti: Rossiyada psixologk xizmat ko’rsatishning o’ziga xos jihatlarini va yo’nalishlarini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Rossiya ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:
1.Rossiyada psixologik xizmatning paydo bo‘lish tarixini o‘rganish.
2.Rossiya olimlarining psixologik xizmat ko’rsatishga qo’shgan hissasini o’rganish va tahlil qilish.
3.Rossiya ta'lim tizimida psixologik xizmatda ishlaydigan psixologlarning kasbiy ustuvorligining o’ziga xos jihatlarini o’rganish.
4. Rossiyda psixologik xizmatning faoliyatini ta'lim sohasidagi o’rnini aniqlash va

I.BOB.ROSSIYADA PSIXOLOGIK XIZMAT AMALIYOTINI ILMIY JIHATDAN O’RGANISH
1.1Rossiya ta’lim tarbiya jarayoniga psixologik xizmatning kirib kelishi.
Har bir davlatda psixologik xizmat masalasi oʻziga xos tarzda va muayyan talablar asosida tashkil etilganligi bilan xarakterlidir. Qolaversa,psixologik xizmatning tashkil etilishi bir tomondan mamlakatlardagi psixologik bilimlarning bevosita targʻiboti bilan bogʻliq boʻlsa, boshqa tomondan esa oʻsha davlatdagi har bir shaxs taʼlim-tarbiyasi va ijtimoiy-psixologik taraqqiyotiga daxldor siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, iqtisodiy va madaniy qatlamlarning shakllanishiga yaratilgan imkoniyatlar koʻlamiga ham bogʻliqligini kuzatish mumkin. Rossiyada taʼlim-tarbiya jarayoniga psixologik amaliyotning kirib kelishi XIX-XX asrlarda yuzaga kelgan pedalogiya fani bilan bevosita bogʻliqdir. Jumladan, dastavval I.A.Aryamov va M.Ya.Basovlar tomonidan shaxsning ijtimoiy-biologik jihatlarini individual tarzda oʻrganishga asoslangan amaliypsixologik tavsiyalar ishlab chiqiladi (Kala U.V, Raudik. XIX-XX asrning oxirlariga kelib psixologik xizmat quyidagi ikki yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilishi belgilandi:
Birinchidan, psixologik xizmat turli xil ijtimoiy tuzilmalarga, yaʼni sogʻliqni saqlash, taʼlim, ishlab chiqarish jamoalari (va hokazo) ga psixologik yordam koʻrsatishga ixtisoslashtirildi. Bu tizim amaliy psixologiyaga oid barcha topshiriqlarni – psixologik ekspertiza, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixokorreksiya kabilarni oʻz ichiga olgangiligi bilan ahamiyatlidir.
Ikkinchidan, turli xil yoʻnalishlardagi jamoalarda faoliyat yurutuvchi shaxslarga zarur boʻlgan yuqori saviyali psixologik yordam koʻrsatish tizimi joriy etildi. Bu tizim ayni paytda mehnat jamoalaridan hamda axolining turli qatlamlaridan tushgan talablar asosida ish koʻrishi belgilab qoʻyildi.
Albatta, bu davrda olimlarning ilmiy psixologik asarlari dastlabki psixologik xizmat amaliyoti uchun muayyan darajada asos boʻlib xizmat qildi. Jumladan, I.A.Aryamov va M.Ya.Basovlar va ularning shogirdlari tomonidan ilk bor bolalar psixologiyasi va psixik taraqqiyotini belgilash va shu asosda ularga individual yondashish usullari amaliyotda qoʻllanildi. Oʻsha davrdagi psixologik yondashuvlarni bunga yaqqol misol qilib olishimiz mumkin. Bunda asosiy urgʻu maktablarda tahsil oluvchi bolalar psixik taraqqiyoti bilan bogʻliq jarayonlarga qaratilganligini alohida qayd etish mumkin. 1960-yilga kelib Rossiyada maktab faoliyatida psixologlarning amaliy ishlari yanada jonlana boshladi. Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat muammolari bo`yicha I umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi.
Binobarin, Rossiya taʼlim tizimida psixologik xizmat koʻrsatilishi ilk bor Estoniyadan boshlandi (X.I.Leymest va Sierdlar rahbarligida) Bu esa Rossiyaning boshqa hududlariga ham oʻziga xos metodik yondashuvlar asosida keng miqyosda tarqala boshlanishiga sabab boʻldi (Рабочие книга школьного психолога/Под. Ред. И.В.Дубровиной. – М .:Просвешения , 1991).I.V.Dubrovina rahbarligida eksperiment tariqasida Moskvadagi №91 umumtaʼlim maktabida kompleks tarzda psixologik xizmat amaliyoti maxsus dastur asosida olib borildi (1982-1987). Bu jarayonda asosan psixologik xizmatning nazariy va tashkiliy masalalari hamda psixologik xizmatni maktab amaliyotida qoʻllashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Eksperimentda Moskvada Pedagogika fanlar akademiyasi huzuridagi Umumiy va pedagogik psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari faol ishtirok etishdi. Ular bevosita maktabda ishlayotgan amaliyotchi psixologlarga, tuman, shahar va viloyatlar hududlaridagi psixologik xizmat markazlariga tegishli koʻrsatmalarni taqdim etib bordilar. 1988-yilda esa Rossiyadagi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan maktab amaliyotchi psixologlarining huquqiyuslubiy va ijtimoiy mavqei hamda majburiyatlariga daxldor hujjatlar rasmiylashtirildi. Mazkur hujjatga muvofiq, Rossiya taʼlim tizimida psixologik xizmat amaliyoti quyidagi 5 ta model asosida tashkil etildi.
Birinchi model: psixolog oʻz xonasi doirasida oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar bilan ish olib boradi. Ularning bevosita murojaatlarini oʻrganadi va oʻquv jarayoni doirasida bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berib boradi.
Ikkinchi model: oldingi modelga qoʻshimcha ravishda taʼlim muassasasi rahbarining talabiga muvofiq ravishda turli xil maktab yoshidagi bolalarning pedagogik-psixologik imkoniyatlariga baho berib boriladi. Shuningdek, har bir oʻquvchining individual xususiyatlari va uning oʻquv malakalarini oʻzlashtirishdagi salohiyatini oʻrganish bilan bogʻliq pedagogikpsixologik konsiliumlar tashkil qilib tegishli tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Uchinchi model: oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar bilan muntazam ravishda seminarlar va treninglar olib borilishini taʼminlaydi. Psixolog oʻquvchilar xulq-atvoridagi stereotiplarni va ayrim nuqsonlarni korreksiyalash (tuzatish) vazifasini oʻz zimmasiga oladi. Shuningdek, dars jarayonida oʻquvchilardagi ijtimoiy malakalar va qiziqishlarni hisobga olib ularni psixologik himoya mexanizmlari bilan qurollantiradi.
Toʻrtinchi model: mazkur model pedagogning kasbiy faoliyatini psixologik jihatdan takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Mazkur modelning maqsadi oʻqituvchilar pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish asosida oʻquv jarayoniga psixologik yondashuv tizimini olib kirish va uni amaliyotda takomillashtirib borishga xizmat qiladi. Bunda psixolog oʻzining yuqori darajadagi psixologik mahoratini namoyon etgan holda oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyati, taʼlim jarayoni hamda shaxsni rivojlantirishga qaratilgan muntazam tizimga ega boʻlgan psixologik bilimlarni amaliyotda qoʻllaydi.
Beshinchi model: yuqoridagi barcha modellar boʻyicha olib boriladigan ishlarni umumlashtirgan holda psixologdan mustaqil tarzda ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish talab qilinadi. Shuningdek, har bir oʻquvchi yoki oʻqituvchi bilan eksperimental ishlar, tajribalar olib borilib, ushbu tajribalarning natijalari tahlil qilinadi. Mazkur tahlillar asosida muayyan darajadagi xulosalar va amaliy tavsiyalar shakllantiriladi.
Umuman, yuqorida qayd etilgan har bir model Rossiya taʼlim tizimidagi psixologik xizmat mazmuni, mohiyati, tarixi, buguni kelajagini belgilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Rosssiyada psixologik xizmat rivojlanishining “zamonaviy bosqichi “ XX asrning 70-yillari boshidan boshlandi. Bunday tuzilmaning shakllanishi ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari va ijtimoiy psixologiya, pedagogika fani, rivojlanish psixologiyasi va mehnat psixologiyasi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarning tegishli rivojlanish darajasi bilan bog'liq edi. Rossiyada psixologik xizmat nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirishning samarali vositasi hisoblanadi. Uning yordami bilan fundamental bilimlar amalda inson taqdiri muammolariga tatbiq etiladi. Tashkiliy nuqtai nazardan psixologik xizmatlar mustaqil kasbiy muassasalar (masalan, psixologik maslahatlar, oila va nikoh xizmatlari, bolalardagi muommolar va boshqalar) sifatida ham, ixtisoslashtirilgan psixologik birliklar sifatida ham ishlashi mumkin. Ikkinchisi alohida korxona va muassasalar tuzilmalarida (masalan, maktabda yoki alohida kompaniyada psixologik xizmat) tashkil etiladi. Bugungi kunda tashkilotlarning ayrim psixologik xizmatlari(tashkilotlar psixologik xizmatlari deb ataladigan) xodimlar uchun ijtimoiy rivojlanish (ijtimoiy yordam) xizmatlariga kiritilgan. Psixologlar bilan bir qatorda ular boshqa mutaxassislarni ham ishga olishadi: Ijtimoiy xodimlar, o'qituvchilar, shifokorlar, advokatlar, sotsiologlar va boshqalar.
Psixologik xizmatning faoliyat ob'ektlari sifatida tashkilotlar, shuningdek ularni tashkil etuvchi guruhlar va shaxslar hisoblanadi. Rossiyada psixologik xizmatning yana bir shakli mintaqaviy psixologik xizmatdir. U ko'pincha ijtimoiy xizmatlar tizimida ishlaydi. Ushbu tashkilot odatdagi psixologik xizmatdan farq qiladi, chunki u o'z mijozlarining ijtimoiy muammolarini hal qiladi. Psixoijtimoiy xizmatlarning ishi psixologik va ijtimoiy muammolarni kompleks hal qilishga qaratilgan.
1.2Rossiyada psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishiga hissa qo’shgan olimlar.
Rossiyada psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishiga daxldor psixologiya fanining fundamental asoslarini yaratgan olimlardan S.L.Rubinshteyn, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, B.G.Ananyev, L.I.Bojovich, I.V.Dubrovina, V.V.Davidov, N.S.Leytes, A.E.Lichko, D.B.Elkonin, V.A.Kruteskiy, L.M.Fridman, G.M.Andreyeva, R.S.Nemov kabilarning bevosita nazariy va empirik jihatdan bergan ilmiy-amaliy tavsiyalari bilan bogʻliqdir. Ushbu tavsiyalar asosida Rossiya taʼlim tizimida va koʻplab mehnat jamoalarida, korxona, konsern, tashkilot va aksionerlik uyushmalarida psixologik xizmat amaliyotining keng koʻlamda tatbiq etilishi insonning psixologik tabiati, taraqqiyoti va oʻziga xos imkoniyatlarini ochib berishga yoʻnaltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Rossiyada psixologik xizmat amaliyotining tobora keng koʻlamda rivojlanib borayotgani bu mamlakatdagi psixologiya ilmiy maktablarining oʻrni bilan ham bevosita bogʻliqdir.Jumladan, I.V.Dubrovina va uning shogirdlari tomonidan Moskvadagi №91 eksperimental maktab misolida psixologik xizmatning oʻziga xos nazariy va empirik asoslari yaratilib muayyan tajribalar toʻplanganligi, L.S.Vigotskiy va uning shogirdlari tomonidan psixik taraqqiyot va taʼlim uygʻunligining ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilganligi, L.M.Fridman, V.A.Krutetsiy, A.K.Markova va ularning shogirdlari tadqiqotlarida psixologik xizmat amaliyotiga daxldor psixodiagnostik va psixokorreksion ishlanmalarning taqdim etilganligi, D.I.Feldshteyn tomonidan ontogenezda oʻsmirlarga amaliy–psixologik yordam koʻrsatish konsepsiyasining yaratib berilganligi, Ye.A.Klimov va uning shogirdlari tomonidan psixologik xizmat amaliyotida shaxsning kasbiy yoʻnalganligiga ilmiy tashxis qoʻyish muammosining hal qilinganligi bugungi dunyo psixologik amaliyoti uchun oʻziga xos yangi yoʻnalishlarni ochib berishga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.Bulardan tashqari I.M.Sechenov psixologik xizmat fanining fiziologik tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qildi. Bunda I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” (1863) asaridagi “ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari roʻy berish usuliga koʻra reflekslardan iboratdir”, degan xulosasi psixologik xizmat fanining fiziologik tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qildi. Zero, ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki Sechenov tili bilan aytganda, “roʻy berish usuliga koʻra” refleksga oʻxshash jarayondir. Psixik hodisa kishiga oʻz sezgilarini, gʻoyalarini, his-tuyugʻularini kuzatish chogʻida beriladigan narsalardangina iborat emas. U xuddi refleks kabi tashqi qoʻzgʻovchining taʼsirini va unga javoban harakat aks taʼsirini ham oʻz ichiga oladi. I.M.Sechenov refleksning miya qismini uning tabiiy boshlangʻich (sezgi aʼzolariga taʼsir) va tugallovchi manba (javob harakatlaridan alohida bir narsa, deb hisoblash notoʻgʻriligini uqtirgan edi. Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning mahsuli boʻlgan holda ayni paytda hali yuzaga kelmagan natija (taʼsir oʻtkazish, harakat qilish) dan darak beruvchi omil vazifasini ham bajaradi. Psixik jarayonlarning roli nimadan iborat? Bu organizmning signal yoki boshqaruv funksiyasi boʻlib, harakatni oʻzgaruvchan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuvchan samaraga erishilishini taʼminlaydi. Psixik jarayon, maʼlumki, oʻzicha emas, balki miyaning mohiyati, uning tegishli boʻlmalari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini koʻrsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari, yaʼni individual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar — bu miyaning tashqi (tevarak-atrofdagi muhit) va ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) taʼsirlarga javobidir. Mazkur konsepsiya psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda muhim oʻrin egallashi bilan ham ahamiyatlidir. Qolaversa, psixologik xizmat koʻrsatish fani taʼsir koʻrsatuvchi obyektlari boʻlgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi taassurotlar natijasida roʻy beradigan oʻzgarishlar jarayoni qanday kechishini oʻrganadi. U aks etuvchi narsaning subyektning faoliyatini boshqarishni, rejalashtirishni, javob faoliyatini yoʻnaltirishni taʼminlaydigan oʻsha inʼikosga aylanish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan mehanizmlarni tadqiq qiladi.
Sobiq sovet psixologiyasi olimlari (N.F.Naumova, A.G.Zdravomislov, V.A.Yadov, V.P.Rojin, T.P.Bogdanova, E.A.Klimov, T.A.Kitvel) mehnatdan qoniqish jarayonini shaxsning munosabatlari motivlari, o‘z-o‘zini baholash ustanovkasi kabi ijtimoiy psixologik inozonlar bilan belgilanishini tavsiya etadilar va buni o'zlarining qator empirik tadqiqotlarida asoslab beradilar.
Rossiya psixologiyasi olimlari N.F.Naumova, A.G.Zdravomislov, V.A.Yadov, V.P.Rojin, T.P.Bogdanova, E.A.Klimov, T.A.Kitvel kabi olimlar tomonidan mehnatdan qoniqish jarayonini shaxsning munosabatlari motivlari, o`z-o`zini baholash ustanovkasi kabi ijtimoiy psixologik mezonlar bilan belgilanishini tavsiya etadilar va buni o`zlarining qator empirik tadqiqotlarida asoslab beradilar.


Yüklə 79,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə