Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari. 
O‘qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga 
keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. 
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir 
insonning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy 
huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. 
Tarbiyani demokratiyalash
– bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik 
asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. 
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish 
uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi. 
Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustu-
vorligi. 
Yoshlarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan 
tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo‘lgan-
talablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora boyitish
estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy 
merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur 
tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy 
boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali tahsil oluvchilar go‘zal 
axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shafqat, ota - onani hurmat qilish 
qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. 
Insoniylik 
– o‘z 
tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, 
ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni 
qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - 
avlodga o‘tib kelgan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə