Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘un-
ligi va uzluksizlik yo‘nalishi.
Tarbiya ishida izchillik juda muhim. 
Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, shu sababli ularning ishida 
izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida 
tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni birgalikda ish 
78
ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, 
balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. 
Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga, tarbiyasiga ma’qul bo‘lgan 
sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq tarzda muntazam 
ravishda ta’sir etishdir. Tarbiya jarayoni inson tug‘ilganidan boshlab 
umrining oxirigacha olib boriladigan jarayon hisoblanadi. Tarbiya 
davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtayi nazari 
asta-sekin tarkib topib boradi. Tarbiya jarayonida kishining turli 
qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, siyosiy va estetik xislatlari 
shakllanadi. Uning dunyoqarashi tashkil topadi hamda jismoniy 
imkoniyatlari rivojlanadi. 
Insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi asosiy belgisi, 
uning tarbiyasi hisoblanadi. Uning qirralari esa behisobdir. Har bir 
inson o‘z hayot yo‘lida qancha muvaffaqiyatlarga erishgan yoki 
imkoniyatlarni qo‘ldan boy bergan bo‘lsa, buning hammasiga, avvalo 
uning fe’l-atvori, olgan tarbiyasi sababchidir.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo‘lgan. («Nur 
Sharqdan taraladi» degan edi Marko Polo). Ota-bobolarimiz far-
zand o‘stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so‘zlariga, 
kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib
o‘z maqsadlariga qanday erishishlariga katta ahamiyat berishgan. 
Tarbiya jarayoni O‘rta Osiyo allomalarining, xalq pedagogikasining 
tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Sharqona odob ming-
yillar davomida islomiy tarbiya qoidalari asosida shakllanib kelgan. 
Qur’oni Karim, Hadislar, sharq allomalari va faylasuflarining 
asarlari tarbiyamiz manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya 
musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha 
qamrab olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, 
mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani hurmat 
qilish ruhida tarbiyalashni shart qilib qo‘ygan. Sufiylik ta’limoti 
ham tarbiyaviy xarakterga ega (Shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat). 
Islomiy tarbiya insonni 7 jihatdan tarbiyalashni maqsad qilgan:
Axloqiy tarbiya
Aqliy tarbiya
Nafosat tarbiyasi
Badan yoki jismoniy tarbiya


79
Mehnat tarbiyasi
Diniy-ruhiy tarbiya
Vijdoniy-nafsoniy tarbiya 
Barcha davrlarda ham shunchaki bilim egasi bo‘lgan insonni emas, 
balki har jihatdan rivojlangan, o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalangan 
holda qobiliyatlarini namoyon qila oladigan insonni tarbiyalash asosiy 
maqsad hisoblangan.
Tarbiya jarayoni o‘zining mohiyati bilan ta’lim jarayonidan farq 
qiladi. 
Bu mohiyat quyidagilardan iborat:
− tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayondir;
− davomiydir, ya’ni inson tug‘ilganidan uning umri oxirigacha 
davom etadigan jarayondir;
− qarama-qarshiliklarga to‘la jarayondir;
− natijasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Keyinchalik natija beradi;
− tarbiya ko‘rinishlari yaxlit tarzda ro‘yobga chiqariladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə