Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiya qoidalari
– pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshiroq 
tashkil etish maqsadida foydalanadigan holat, rahbarlik asosidir. U 
insonni shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya jarayonida 
bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini va natijasini oshiradi. 
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo‘yiladigan 
talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiya qoidalari:
− tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; 
− tarbiyaning insonparvarlik va demokratikligi;
− tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi;
− tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi
− shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; 
− tarbiyada yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish
− tarbiyaviy ta’sirlarning izchilligi va muntazamligi; 
− tarbiyaning pedagogik qonuniyatlariga rioya etish.
Bola tarbiyasi bolaning o‘z faolligi bilan amalga oshiriladi. Uning 
harakatlari – imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim. Har bir tarbiyaviy 
vazifa faol harakatlar orqali bajariladi. Jismoniy rivojlanish – jismoniy 
harakatlar orqali, axloqiy – insoniy qadriyatlarga doimiy mo‘ljallanish 
orqali, aqliy rivojlanish – fikrlash faoliyati, intellektual vazifalarni 
bajarish orqali amalga oshadi.
80
Bolaning faoliyat mazmuni uni tarbiyalash jarayonida aktual 
ehtiyojlari bilan aniqlanadi. Bularning inobatga olinmasligi qarshilik 
va sustlikka olib kelib tarbiya jarayoni qiyinlashishi mumkin. 
Pedagog va tarbiyalanuvchining o‘zaro faoliyatidagi propor-
sio nal harakatlari. 
Boshlang‘ich bosqichda pedagog faolligi bola 
faolligidan kuchli bo‘ladi, sekin-asta bola faolligi kuchayib, yakuniy 
bosqichda bola pedagog nazorati ostida hamma narsani o‘zi bajaradi. 
Bunday faoliyat bolaga o‘zini faoliyat subyekti sifatida his qilishga 
yordam beradi. Bu esa shaxsning erkin ijodiy rivojlanishida muhim.
Faqat mehr-muhabbat va himoya sharoitida bola o‘z munosabatla-
rini erkin va ixtiyoriy ifodalaydi, yaxshi rivojlanadi. Shuning uchun 
tarbiya o‘z ichiga bolaga bo‘lgan muhabbatni namoyon qilish, uni 
tushunish, unga yordam berish, himoya qilish va kichik xatolarini 
unutish kabi vazifalarni kiritadi
Har bir faoliyat muvaffaqiyat vaziyati bilan uyg‘unlashishi lozim. 
Bu bolaning o‘z faoliyati va uning natijasidan ichki qoniqishidir. 
Tarbiyada har bir bola muvaffaqiyat vaziyatini his qilishi juda 
muhimdir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə