Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Taqrizchilar: 
Z.T

Nishonova

Nizomiy nomidagi TDPU “Psixologiya” kafedrasi 
professori, ps.f.d.
F.N. Xalilov 
– 
Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafed-
rasi professori, p.f.d..
Mazkur darslikda tibbiyotda pedagogik va psixologik bilimlarning o‘rni va 
ahamiyati, pedagogika va psixologiyada shaxs muammosi, tarbiya jarayonining 
mazmun va mohiyati, ta’lim (pedagogik) tex nologiyalari va pedagogik mahorat 
asoslari, shaxs faoliyati va uning individual-psixologik xususiyatlari, psixik bilish 
jarayonlari, emotsional-irodaviy holatlari, shaxslararo munosabatlar, jamoa va 
guruh psixologiyasi bayon etilgan. 
Darslik tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari talabalari uchun “Pedagogika. Psixologiya” fanidan tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 
2018-yil “25” avgustdagi “744”– sonli buyrug‘iga asosan nashr 
etishga ruxsat etildi (Guvohnoma raqami – 744-224).
© 
Umarov B.M., Shoyimova Sh.S., Ro‘ziyeva D.I.
ISBN 978-9943-5591-6-5
© 
«IJOD-PRINT»,
2019


3
KIRISH
XXI asrda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida 
munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda 
tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi 
inson omilini
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, 
salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, 
rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Natijada inson va 
uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida 
qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga 
aylandi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganlaridek, “yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustah kam-
lash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan 
barkamol insonlar etib tarbiyalash”
1
ishining samaradorligiga ulush 
bo‘lib qo‘shiladi.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada 
o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqa-
rishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni 
o‘zga larsiz, o‘z manfatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila 
olmaganimiz uchun ham pedagogika va psixologiyani bilishga maj-
burmiz. 
Mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, 
uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni 
amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis shifokor bo‘lib, el dardiga 
darmon bo‘lish jarayonida ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi 
va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysunishi, 
jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado 
etishga tayyor bo‘lishi darkor. 
Prezident Sh.M.Mirziyoyev ham “Oldimizga yoshlarga tarbiya 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008. – Б. 62.
4
berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash
va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”
1
, deya 
jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlarning 
pedagogik-psixologik mohiyatini bo‘lg‘usi mutaxassislar tomonidan 
o‘zlashtirilishiga ko‘mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini 
yana bir marotaba ta’kidlab o‘tdilar.
Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, talabalar hukmiga havola 
etilayotgan ushbu darslik pedagogika va psixologiyani o‘rganish 
zaruriyati hamda uning tamoyillari haqidagi bilimlarni inobatga 
olgan holda tayyorlashga harakat qilindi. Darslikning ahamiyati 
yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlar, ularning hayotga, qadriyatlarga, kasb-
kori, oilasi, o‘z salomatligi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida 
milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon 
bo‘layotganligi bilan uyg‘un tarzda bayon etilganligidir. Zero, 
mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan ham-
yurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va 
turmush tarzida o‘sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi 
solih amallarga intilaveradi va sog‘lom g‘oyalarsiz yashay olmaydi.
Keyingi yillarda butun jahon miqyosida, shu jumladan 
Respublikamizda qaysi soha mutaxassislari bo‘lishidan qat’iy nazar 
ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga 
alohida e’tibor berilmoqda. Bo‘lajak shifokor o‘z mutaxassisliklarini 
chuqur egallashdan tashqari shaxs psixikasidagi yosh va individual 
xususiyatlarni farqlay olishga, shaxs taraqqiyoti jarayonini 
kuzatishdan to‘g‘ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga 
o‘rganish talab etilmoqda. 
Shundan kelib chiqib, mazkur darslikda shaxs taraqqiyoti va 
kamoli uchun muhim bo‘lgan omil va jihatlar, jumladan, shaxs 
tarbiyasi va madaniyati, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi 
fikrning mustaqilligi, salomatligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib 
1
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий 
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятнинг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
Т., 2017. – Б. 45.


5
ketishi, moslashishi, mehnat faoliyati, professional yuksalishiga 
turtki bo‘luvchi muhim omillar, ya’ni, ma’naviyati, mafkurasi
oilasi va oilaviy munosabatlari, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, 
shaxslararo munosabatlar kabi qator masalalar yoritilgan.
Darslikning tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan 
stilistik uslub, yangidan kiritilgan mavzular uning talabalar tomonidan 
maqbul tarzda idrok etilishiga imkon beradi. Mualliflar guruhi 
kitobxonlar, talaba va magistrlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan 
bildiriladigan har qanday fikr va mulohazalarni qabul qiladi va keyingi 
nashrlarda albatta, ularni inobatga oladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə