Milliy tarbiya mavzusida test



Yüklə 413,65 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü413,65 Kb.
#150878
Milliy tarbiya mavzusida test


Milliy tarbiya mavzusida test
1. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda nimalar e’tiborga olinadi?
*a) O‘quvchilarning yoshi, aqliy imkoniyatlari.
b) O‘quvchilarning bilish qobiliyatlari.
v) O‘quvchilarning ruhiy holati.
g) O‘quvchilarning umumiy holati.
2.Milliy tarbiyaning ko‘rsatkich va mezonlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*a) Vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy odob, vijdoniylik.
b) Xalqparvarlik, insonparvarlik.
v) Insonparvarlik, vatanparvarlik.
g) Vatanparvarlik, Milliy g‘urur.
3. Ta’lim tamoyillari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*a) Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali bo‘lishi, bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish, ta’lim jarayoni va tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish.
b) Ta’limning ilmiy bo‘lishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liq bo‘lishi.
v) Og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
g) Ta’limga qiziqishni rag‘batlantirish.
4. Nafosat tarbiyasini amalga oshirishda eng ko‘p qo‘llanadigan vositani ko‘rsating.
*a) Musiqa, tasviriy san’at, she’riyat va raqs.
b) Dars, ekskursiY.
v) Tanaffus, dars, mehnat.
g) Musiqa, tasviriy san’at.
5. «Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish demakdir. Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni o‘rganishdir. Ushbu ta’rifning muallifi kim?
*a) Forobiy.
b) Al- Xorazmiy.
v) Beruniy.
g) Ibn Sino.
6. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997-y) so‘zlagan. “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?
*a) Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash.
b) Tadbirkor shaxsni tarbiyalash.
v) Umuminsoniy va milliy tarbiY.
g) Mehnatsevarlik tarbiyasi
7. Bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlariga qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Keyinroq odat bo‘lib, qolganidek hayotga hozirlanibgina qolmasdan, shu bilan birga o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib ham ketaveradi, kattalar bilan birga ularning rahbarligida mehnat qilishga va hayot kechirishga o‘rganar edi. Mazkur fikr qaysi tarixiy davrda bola tarbiyasini yoritayapti?
*a) Ibtidoiy jamiyatda.
b) Quldorlik jamiyatida.
v) Feodal jamiyatda.
g) Ibtidoiy jamoaning yemirilish davrida.
8.. Eng qadimgi davrlardagi ma’naviy madaniyatimiz, xususan, bolalar tarbiyasi tizimini o‘rganishda asos bo‘lgan manbani ayting.
*a) «Avesto».
b) Quro‘ni Karim.
v) Ibn Sino. «Axloq haqida risola».
g) Ma’rifatparvarlarning ish asarlari.
9. Xalq ommasi tomonidan yaratilgan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisi.
*a) Xalq pedagogikasi.
b) Pedagogika.
v) Tarbiya nazariyasi.
g) Didaktik.
10. Sog‘likni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib, keyin ovqat tadbiri va uyqu tadbiri bo‘lganidan, so‘zni badantarbiyadan boshlaymiz. Badantarbiyaga odam ish jarayonida qiladigan harakatlari va maxsus badantarbiya harakatlari kiradi. Bu yerda biz keyingisi ustida to‘xtalamiz, Chunki shu keyingisi badantarbiya bo‘lib, undan keladigan manfaatlar tufayli u bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Badantarbiyaning turlariga kelsak, ular quyidagilardan iborat: tez harakatli, nozik va yengil, kuchli badantarbiya turlari. Mazkur fikrning muallifi kim?
*a) Ibn Sino.
b) Beruniy.
v) Davoniy.
g) A.Navoiy.



Yüklə 413,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə