Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


 Tarbiyaviy ta’sir etish usullari, vositalari va uni amalda



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

3.2. Tarbiyaviy ta’sir etish usullari, vositalari va uni amalda 
qo‘llash shakllari
Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy 
institutlarning rivojlanishiga bog‘liq. Bo‘lajak shifokorda ma’naviy 
va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi 
muhit va munosabat muhim o‘rin egallaydi. Aniq bir maqsadga qa-
ra til gan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan 
foy da lanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni uslub, axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga 
qarab:
So‘z orqali ifodalash. 
Ko‘rgazmalilik. 
Amaliy namuna.
Rag‘batlantirish va jazo. 
Irodani safarbar etish. 


81
Ijtimoiy ongni shakllantirush.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh
– so‘z orqali uzatish, maslahat berish
ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va 
boshqa uslublar;
Ikkinchi guruh
– kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va 
boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash uslublari;
Uchinchi guruh
– tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari 
orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida 
ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh
– yaxshi bajarilgan ishlarni ma’qullash, 
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma`naviy rag‘batlantirish.
Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga 
muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. Bundan 
tashqari, bo‘lajak shifokorlar jalb qilingan faoliyat turlari kinofilmlar, 
tibbiyot xaritalari, sport va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari 
bo‘lishi mumkin. 
Tarbiya jarayonining xususiyatlari
ko‘p 
qirrali 
jarayon
uzoq 
muddat 
davom 
etadi
yaxlit holda 
va konsentrik 
asosda amalga 
oshadi
ikki tomonlama 
xususiyat, 
bolaning faolligi
qarama-qarshliklar 
ko‘pligi
Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan mustahkam
bog‘liq bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash kishining o‘z shaxsidagi 
kamchiliklarini bartaraf etishga, o‘z shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan 
faoliyatidir. O‘z-o‘zini tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun 
ta’lim oluvchi o‘zini to‘g‘ri baholay bilishga o‘rganishi, hayotda o‘zi 
intilishi lozim bo‘lgan idealni aniq tushungan holda o‘zidagi ijobiy 
sifatlarni va kamchiliklarni ko‘ra olishi muhim ahamiyatga ega. 
O‘z-
o‘zini tarbiyalash mexanizmlari quyidagilardan iborat:
III 
O‘z-o‘zi bilan muloqot o‘rnatish. O‘zini aniq tarbiya obyekti 
sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil eta olish.
III 
O‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish. Har xil shoshilinch vaziyatlarda 
o‘zini qo‘lga olish va o‘zini to‘g‘ri yo‘lga chorlay olish.
82
III 
O‘z-o‘zini ishontirish. 
III 
O‘z kuchi va irodasiga ishonish.
III 
O‘z-o‘ziga bo‘yruq berish. 
Ichki intizom.
Bu mexanizm o‘z-o‘zini boshqarishning muhim 
mezoni bo‘lib, har doim har vaqtda xususiyatlarini muntazam ravishda 
tuzatish va boshqarish uchun zarur sifat hisoblanadi. Yuqoridagilarni 
amalga oshirishda ichki dialog muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə