Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
O‘qitish – 
o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi 
faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda tahsil oluvchilarni 
rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi:
ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi tahsil oluvchilarda 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishdan 
iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, 
tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb 
etishi namoyon bo‘ladi. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik 
jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. 
Ta’lim jarayonida tahsil oluvchilarda ular tomonidan o‘zlashtiril-
gan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va 
malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida 
ahamiyatga ega. 
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi
– ta’lim jarayonida shaxsning 
ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi 
shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy 
xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida 


95
tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning munosa-
batlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining 
o‘zaro munosabatlari, tahsil oluvchilarning idrok etish faoliyatlariga 
o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. 
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi
– tahsil oluvchining fikrlashi, 
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, 
intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish 
jarayonida tahsil oluvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari
analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, 
obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va 
usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirish 
malakasini rivojlantirishga erishiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə