Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘qitish jarayonining bosqichlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘qitish jarayonining bosqichlari
. O‘qitish o‘qituvchi 
rahbarligida tahsil oluvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda 
bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan 
tarkibiy qismlar (yoki komponentar)ga ajratish mumkin. 
O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat: 
1) o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va 
malakalarning hosil bo‘lishi;
4) hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash 
(kompetensiyalarni tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchun muayyan xarakterdagi bilish faoliyati 
mavjud. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. Tahsil oluvchilarning 
o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok 
qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va 
tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida 
umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi 
va ko‘rsatadi. 
O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish
 –
o‘rganilayotgan ob-
yekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’min lov-
chi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. 
O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib 
toptirishdir. 
96
Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarning hosil 
bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida 
o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni 
talab etadi. 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish
(kompeten-
siyalarni shakllantirish) – bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda 
qo‘llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va 
izchillik bilan oshirib borish. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə