Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Er-xotinning ma’lumot saviyasiga ko‘ra
: oliy ma’lumotlilar, 
o‘rta-maxsus, o‘rta, tugatilmagan o‘rta, maxsus yordamchi maktab 
ma’lumotiga va turli saviyadagi ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlardan 
tashkil topgan oila.
Regional jihatlariga ko‘ra
: shahar, qishloq va aralash tipdagi oila.
Oilada o‘zaro munosabatlarga ko‘ra
: avtoritar, demokratik, 
liberal, aralash tipdagi oilalar.
Er-xotinlarning millatiga ko‘ra
: bir millatli yoki baynalminal 
oilalar. Baynalminal oilalar: a) dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga 
kirgan millat vakillari orasidagi nikohlar; b) dini, urf-odatlari yoki tili 
bir guruhga kirmagan millat vakillari orasidagi nikohlar.
Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra
: sinovdagi oila (birga 
yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir-
birlarini norasmiy nikohda sinashadi), rasmiylashtirish arafasidagi 
oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq, lekin ba’zi sabablarga 
ko‘ra rasmiylashtirish kechiktirilgan), nikohdagi oila, nikohdan 
tashqari oila (ayrim erkaklarning ikkinchi, uchinchi yuridik jihatdan 
norasmiy oilasi). 
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida ma’lum bir 
funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapir-
ganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta’sirini, ikkinchi tomondan 
esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan 
ijtimoiy (jamoatchilik) funksiyalarini hisobga olish lozim.
Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funksiyalarni 
bajargan: oilani yaratish, mustahkamlash va saqlash (reproduktiv 
funksiya);
 
88
III
 
oilani ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan ta’minlash (iqtisodiy 
funksiya); 
III har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash, farzandning 
o‘sishi va rivojlanishi uchun maksimal sharoitlar yaratish (tarbiyaviy 
funksiya), 
III 
farzandga o‘zaro munosabat tajribalarini berish (kommunikativ 
funksiya); 
III 
farzandni ijtimoiy va psixologik himoyalash (relaksatsiya 
funksiyasi); 
III farzandlarni o‘z-o‘zini boshqarishi uchun foydali kasb-hunar 
va mehnatga tayyorlash.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-avgustdagi Nikohlanuvchi 
shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori, 20162-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy 
madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom 
avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustivor yo‘nalashlarini amalga 
oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
242-sonli qarorlarining amalda bajarilishi jamiyatimizdagi oilalarning 
mustahkamlanishi va sog‘lom avlod tug‘ilishi kabi muammolar 
yechimini topishga qaratilgan.
Oila deb atalmish muqaddas makon, “oila qasri”ning mustahkamligi 
shu qasrning poydevori bo‘lgan nikoh oldi omillari xususiyatlariga, 
ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. 
Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustiga qurilgan 
imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, 
xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.
Nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos 
bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, 
axloqiy va bugungi kunda eng muhim bo‘lgan ruhiy omillarni o‘zida 
mujassamlashtirgan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘lib, 
oila qurayotgan yoshlarning o‘zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga 
qay darajada “yetilgan”liklarini belgilab beradi. 
Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta murakkab 
va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib 
boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy-axloqiy rivojlanishida 


89
muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. 
Odamning “yetukligi”, ayniqsa, nikohga va oilaviy hayotga yetukligi 
haqida gapirilganda, bu tushunchadan ma’lum bir umumiy qabul 
qilingan standart, o‘rtacha me’yor, ma’lum bir shartli “o‘lchov 
birligi”, ko‘rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. 
“yetuklik” – rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga 
yetilganlikning sifat va miqdoriy xarakteristikasini ma’lum bir 
aniqlikda belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Odamning 
nikohga, oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o‘ta murakkab, biron-
bir qat’iy me’yor bilan o‘lchab bo‘linmaydigan individual xarakterga 
ega bo‘lgan ko‘rsatkichdir. 
Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning:
oilaviy hayotga yetukligi; ularning oila qurish motivlari; ularning 
oila qurgunga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-
birini tanish), shartlari va sharoitlari; ularning bo‘lg‘usi oilaviy 
hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, 
bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo‘lishi 
mumkin, shu bilan birga ularning har biri o‘z navbatida yana bir 
necha turlarga farqlanadi.
Nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning jismoniy 
(fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, ruhiy kabi 
yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, 
jinsiy yetuklik ko‘rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga 
ega bo‘lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik 
adabiyotlarda ko‘plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo‘lsa, iqtisodiy, 
ma’naviy-axloqiy, ruhiy jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir 
ko‘rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Jinsiy tarbiya masalasiga ko‘pincha yo alohida e’tibor talab 
qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydigan, 
har bir yosh guruhi uchun osongina o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan, 
yoki o‘ta shaxsiy, intim, ko‘pchilik orasida, ayniqsa, bolalar orasida 
muhokama qilib bo‘lmaydigan masala tarzida qaraladi. Oilaviy hayotda 
esa jinsiy hayot haqida bilimlarga ega bo‘lish o‘ta muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan masaladir. Tadqiqotlarga ko‘ra, har bir to‘rtinchi ajralishga 
er-xotinlarning jinsiy nomutanosibliklari sabab bo‘lmoqda.
90
Albatta, o‘zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlar va 
niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan va 
shunga ko‘ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot borasidagi 
bilimlar o‘z-o‘zidan yordam bera olmasligi mumkin. Lekin jinsiy 
hayot psixogigiyenasi bo‘yicha ilmiy bilimlar yosh er-xotinlarga yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ayanchli xatolardan qutilishga va shu bilan 
o‘z nikohlarini saqlab qolishlariga yordam berishi mumkin. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə