Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Oilaning maqsadi
– ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida 
farzand dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini 
ta’minlashdir. Farzandda uning hayot yo‘lida uchraydigan qiyinchilik 
va to‘siqlarni yengishda yordam beradigan shaxsiy xususiyatlarni 
tarkib toptirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarni, mehnat faoliyati 
tajribasini, axloqiy va jismoniy sog‘ligini rivojlantirishdan iborat.
Oilaning vazifasi
– oilani yaratish, mustahkamlash va saqlash, 
oilani ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan ta’minlash, har tomonlama 
barkamol farzand tarbiyalash, farzandning o‘sishi va rivojlanishi 
uchun maksimal sharoitlar yaratish, farzandga o‘zaro munosabat 
tajribalarini berish, farzandni ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik 
himoyalash, farzandlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun foydali kasb-
hunar va mehnatga tayyorlash, unda shaxsiy qadr-qimmat va hurmat 
hissi, shaxsiy “Men” qadriyatlarini tarbiyalashdir.
Har bir insonning hayotdagi asosiy maqsadlaridan biri baxtli oila 
qurish, komil farzandli bo‘lish. Bu maqsadga erishish uchun oila 
qurishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lish, mas’uliyat va javobgarlik 
tuyg‘usini his qilib, oilaning maqsad va vazifalari, oilaviy tarbiya 
86
xususiyatlari, er va xotin, ota-ona va farzandlarning burch va 
vazifalari, o‘zaro munosabatlari xususiyati haqida bilim va tajribaga 
ega bo‘lishlari lozim. Oilada har bir oila a’zolarining tegishli burch va 
majburiyatlari mavjud.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari:
Farzandga chiroyli ism qo‘yish.
Insoniy fazilatlarni tarkib toptirish, tarbiya berish.
Savodli qilish.
Iqtidoriga qarab rivojlanish.
Kasb-hunarga o‘rgatish
Uylantirish yoki turmushga chiqarish.
Farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo‘lish.
Farzandning ota-ona oldidagi burchlari:
Ota-onaga hurmat va izzat bilan munosabatda bo‘lish
Ularning nasihatlariga quloq solish.
Ota-onaga mehribon, g‘amxo‘r bo‘lish.
Ularga ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish.
Ota-onaning orzu-niyatlarini amalga oshirishda yordam berish.
Oilada erkak va ayol qonunan teng huquqli, lekin ularning biologik, 
jismoniy va ruhiy tuzilishi nuqtayi-nazaridan bunday tenglik yo‘q. 
Shu sababli oilada erkak va ayolning vazifalari, farzand tarbiyasi
oila mehnati va yumushlari taqsimotida bir qancha tafovutlar mavjud. 
Erkakning vazifasi – oilani ham moddiy, ham ma’naviy ta’minlash, 
oilani turli xavf-xatardan himoya qilish, oila uchun javobgarlikni 
o‘z zimmasiga olish, oila uchun g‘amxo‘r bo‘lish. Ayolning vazifasi 
– oilada ijobiy-emotsional va psixologik muhit yaratish, farzand 
tarbiyasi bilan shug‘ullanish, oilaning ichki ishlari uchun javobgarlikni 
o‘z zimmasiga olish.
Vazifalar shulardangina iborat emas, albatta. Har bir inson 
o‘z tafakkurini va aql-farosatini ishga solgan holda, o‘z vazifa, 
majburiyat va burchlarini aniq bilishi, mas’uliyat va mehr-muhabbat 
bilan bajarishi lozim. Ushbu majburiyatlari to‘g‘ri taqsimlansa, oilada 
ishonch va o‘zaro yordam ortadi.
Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va 
ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos 


87
muammolarni o‘rganish oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. 
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko‘ra quyidagilarga 
farqlanadi:
To‘liqligiga ko‘ra
: to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan (ikkinchi 
nikoh) oilalar
Bo‘g‘inlar soniga ko‘ra
: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat 
bo‘lgan) va ko‘p bo‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat) oilalar 
Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra
: ziyolilar, ishchilar, 
dehqonlar, xizmatchilar oilasi, aralash tipdagi oila.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə