44-Умумий ўрта таълим мактаби



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə1/5
tarix23.03.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#102947
  1   2   3   4   5
5-maktab Ota-onalar yig\'ilishi 16.02.2023 (2)


Tasdiqlayman”
5-maktab direktori:
_________ Z.Hayotov


Jondor tuman 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Farzand tarbiyasi va Jinoyatchilikni oldini olish” va “Erta turmush qurishni oldini olish” bo’yicha o’tkazilgan ota-onalar yigʻilishi


B A YO N N O M A S I


2023 yil 02.16. Ushot MFY


Yigʻilish raisi: Z.Hayotov
Yigʻilish kotibi: R.Husenov


Qatnashdilar:: Maktab direktori Z.Hayotov, maktab MMIBDO’: R.Husenov, OʻTIBDOʻ: F.Zubaydullayev , maktab psixologi N.Kozimova, IMMBT: N.Murodova, Jondor tuman IIB HPB VYMB inspector psixolog S.Qurbonova , Ushot MFY uchastka noziri Podpolkovnik F.Xolov, maktab varachi M.Hasanova , 7-11 sinf o`quvchilari va ularning ota-onalari , sinf rahbarlari, maktab o`qituvchilari.
KUN TARTIBIDA:



  1. Erta turmushni oldini olish,farzant tarbiyasi va Jinoyatchilikni oldini olish

Tugrisida farzandlarimizning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan
shart-sharoitlar, mavjud muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida.

  1. Maktabda oʻquvchilar davomatini taʼminlash va taʼlim-tarbiya sifati va

samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligi hamda
kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida.

  1. Kyelgusida Siz ota-onalar va biz taʼlim muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda

amalga oshirishimiz lozim boʻlgan ishlarimiz toʻgʻrisida.
4. Maktab o’quvchilari o’rtasida turli noxush holatlarni oldini olish.
EShITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktori Z.Hayotov soʻzga chiqib, u oʻz soʻzida avvalambor, maktabimiz haqida qisqacha toʻxtalib oʻtsam. Maktab 1992 yil qurilgan, 2013 yilda kapital taʼmirlangan. Maktabimiz quvvati 844 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda 1031 nafar oʻquvchilar, shundan 466 nafar qizlar taʼlim-tarbiya oladi.
Maktabda jami 84 ta turli xil toʻgaraklar mavjud. Shundan 61 tasi fan, 10 tasi sport yoʻnalishi boʻyicha,5 tasi besh tashabbus, 2 ta futbol maktab, 4 tasi sport maktab oid toʻgaraklaridir.
Barcha pedagoglarga bugundan boshlab har bir fan oʻqituvchisi haftasiga bepul, yana bir marotaba takrorlayman bepul toʻgaraklar tashkil etadi. Ushbu toʻgaraklarga oʻquvchilarning qatnashini taʼminlashda Sizlarning hamkorlik qilishingizni soʻrayman. Agarda ushbu jarayonga hamkorlikda yondashar ekanmiz, farzandlarimizni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, ularning fanga yoki biror bir kasbga, hunarga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishda hissa qoʻshamiz” – deya oʻz fikrini tugatdi.
Yig’ilishda Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari R.Husenov so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-bob Oilaga bag'ishlangan bo'lib, 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega” deb ko'rsatilgan. Bu esa oila hamda jamiyatning farovonligini belgilaydi. O'z navbatida oila farovonligi davlat farovonligiga, oiladagi sog'lom muhit sog'lom jamiyat barpo bo'lishiga olib keladi. Har bir oilaning taqdiri jamiyat taqdiriga bevosita dahldor ekan. Bir masala borki, bu haqda jiddiy o'ylash, mulohaza qilish zarur. Bu oila tuzishdir. Voyaga yetgan qizlarni turmushga uzatib, o'g'illarni uylantirib, nevara-chevarali bo'lish har bir ota-onaning ezgu maqsadidir.

Xalqimizning an'anaviy va hayotiy muhim tadbiri bo'lmish nikoh bizda ko'proq ota-onaning keksalarning aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Shu sababmi hayotimizda qarindoshlar o'rtasida quda-andachilik rishtalarini bog'lash, qizlarni erta turmushga uzatish, yigitlarimizni erta uylantirish kabi achinarli holatlar hamon uchrab turibdi. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rish o'zidan nasl qoldirish emasmi. Afsuski, buni anglab yetsalarda, begonani kelin qilishni xohlamaydigan, qizini o'z urug'iga berishni afzal ko'radigan ota-onalar ham uchrab turibdi. Nahotki, mayib, majruh farzandini shifokorma-shifokor, shaharma-shahar olib borib, naf topolmay taqdirga tan berayotgan ota-onalarning qismati ularga o'rnak bo'lmasa. To'g'ri, hozirgi zamon tibbiyoti va uning imkoniyatlari katta. Lekin irsiy buzilishlar oqibatida nuqsonli tug'ilgan bolalarga har qanday ilg'or davolash usuli, eng samarali dori darmon, mashhur shifokor ham yordam bera olmaydi. Yaqin qarindoshlikdan dunyoga kelgan bolalarda yashirin nuqsonlar saqlanib qoladi. Bu esa yillar o'tishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Bular kasalliklarga beriluvchanlik, muhitga chidamsizlik, iqtidorning yaxshi rivojlanmasligi kabi salbiy omillar farzandning sog'lom va uzoq umr ko'rishga to'sqinlik qiladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə