44-Умумий ўрта таълим мактаби


Ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi G.Abdullayeva



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə4/5
tarix23.03.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#102947
1   2   3   4   5
5-maktab Ota-onalar yig\'ilishi 16.02.2023 (2)

Ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi G.Abdullayeva badiiy adabiyot oʻquvchining fikrlash doirasini, nutqini, dunyoqarashini hamda savodxonligini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Hurmatli ota-onalar, keling bu borada bir-birimizdan ayb qidirmasdan, birgalikda farzandlarimizning kitob mutoalasiga boʻlgan qiziqishini kuchaytiraylik, oʻzlarimiz maʼlum darajada oʻrnak boʻlaylik. Ularning badiiy asar yoki adabiyot oʻqishlarini yoʻlga qoʻyaylik. Maktabda, uyda, oilaviy suhbat jarayonida farzandlarimiz bilan ular oʻqigan badiiy kitoblari haqida fikrlashaylik. Ularning oʻqigan asaridan olgan taassuroti, ularning asar qahramonlari va undagi holatlarga boʻlgan munosabatini eshitishga harakat qilish kerakligi haqida taʼkidlab oʻtdi. Ikkinchi masala yuzasidan Jondor tuman IIB HPB VYMB inspector psixolog S.Qurbonova soʻzga chiqib, u oʻz soʻzida Xalq taʼlimi vazirligining “Umumtaʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan oʻquvchilarni aniqlash, hisobini yuritish va taʼlimga jalb qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi asosida maktablarda chora-tadbir belgilangan. Maktab oʻqituvchi, ota-onalar va oʻquvchilar jamoasiga yetkazilgan. Ushbu buyruq asosida maktab maʼmuriyatida oʻquvchilar davomatiga doir maʼlumotlar har kuni olinadi va davomat daftariga umumlashtirilgan holatda qayd etiladi. Maktabda oʻquvchilar davomati doimiy nazorat qilinadi, sababsiz darsga kelmay qolgan oʻquvchilarni aniqlash maqsadida reydlar uyushtiriladi.Farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi sababsiz farzandlarini darsdan olib qoladigan, farzandlarini oʻqishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratmayotgan ota-onalarga oʻz vaqtida doimiy tushuntirish ishlari olib borilayotganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Uchinchi masala yuzasidan maktab direktori: Z.Hayotov soʻzga chiqib, u oʻz soʻzida bugundan boshlab oʻquvchilarning mustaqil ishlashini va izlanishini taʼminlash uchun ularga fanlardan beriladigan uy vazifalariga mavzuga oid darslikda qayd etilmagan qoʻshimcha adabiyotlar yoki boshqa manbalar asosida tayyorlashlarini va uy vazifalarining bajarilishi boʻyicha oʻqituvchilardan ota-onalar bilan hamkorlikda qatʼiy ravishda kundalik nazorat oʻrnatishini talab qilaman. Shu oʻrinda, har bir pedagog va ota-onadan oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga oʻz vaqtida kirishlarini, dars paytida oʻquvchilarni koʻcha yoki turli internet kafe va shu kabi joylarda koʻrganimizda ularni maktabga olib kelish choralarini koʻrishlarini soʻrab qolaman.
Iqtidorli oʻquvchilarmizni qiziqishlaridan kelib chiqib ularning qiziqishlarini ragʻbatlantirib borishimiz, ularning qiziqishi va iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoitlar yaratishimiz kerak. Ushbu yoʻnalishda ishlarni samarali tashkil etishda albatta, Siz ota-onalar bilan yaqin hamkorligimiz yanada asqotadi. Hurmatli ota-onalar, maktabimizning kiraverishida fikr-mulohazalar uchun quti tashkil etilgan. Bu bejizga emas. Tashkil etilishidan asosiy maqsad maktabdagi mavjud sharoit, taʼlim-tarbiya jarayoni va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Sizning fikr mulohazalaringiz va takliflaringizni yozma ravishda xohlang anonim tarzda, xohlang ochiq oydin tarzda olish va birgalikda yechimini topishdan iborat deb bilaman deb oʻz fikrini tugatdi. To`rtinch masala yuzasidan Ushot MFY uchastka noziri podpolkovnik F.Xolov so’zga chiqdi. Hurmatli ota-onalar! Bugungi maʼruzamiz Sizning farzandingiz, jamiyatimizning kelajagi boʼlmish oʼgʼil qizlarimiz toʼgʼrisida.

Mutahasisis sifatida shuni aytish joizki, har bir ongimizga yengil qabul qilingan informatsiya, mashgʼulot ong ostiga oʼrnashib unga tobeʼlikni keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda maktab oʼquvchilari ichida keng tus olayotgan jihat “ommaviy madaniyat”ning koʼrinishlaridir. Bunga misol qilib, tor shimlar kiyib yurish, soch turmagining noodatiy koʼrinishi, mazmun mohiyatini bilmasdan soqol qoʼyib yurish, yengil ust bosh kiyish. Bunday koʼrinish tashqi tomondan odamlar fikri uning oʼquvchi sifatida gavdalanishi emas, balki voyaga yetgan, oʼzining yoshiga mos boʼlmagan shaxsga aylanib qolishidir. Hurmatli majlis qatnashchilari hozirgi kunda oʼquvchilar, yoshlar oʼrtasida ijtimoiy saytlarga telegram, instragam....tobelik, tarmoqlarga storis qoʼyishlari, prank olishlari, bilib bilmasdan ushbu tayyorlangan video orqali targʼibotchi boʼlib qolishlari achinarli holat. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy sifatlari keng, ammo bundan bilib bilmasdan notogʼri foydalanish ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi.
Qolaversa, farzadingizga qimmat turuvchi qoʼl telefonlarni sotib olib berganingiz, uni tengdoshlaridan ustunligini, oʼrta holda katta boʼlgan oila farzandining unga tobeʼligini, oʼzini undan kamligini keltirib chiqariga sabab boʼlmoqda. Аyrim hollarda shu oʼrta hol oilada katta boʼlgan oila farzandi doʼstimning ota-onasi eng soʼngi rusumdagi qoʼl telefonini olib bergan, Siz ham menga shunaqasidan sotib olib berasiz degan vajlar bilan oilasidan chiqib ketib, maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari uchrab turibdi.
Farzandingizni darsdan keyingi vaqtini nazoratga olishingiz, boʼsh vaqtini nimaga sarf qilganligini har kun soʼrab borishni alohida eʼtiborga olish tavsiya etiladi. Sababi farzandingizni boʼsh vaqtida .......
1. Elektoron sigaret,
2. psixotrop vositalari,
3.oʼzaro maktab oʼquvchilarining janjali,
4.kafe, bar, restaran, diskateka, kolyan xona,
5.Taqiqlangan saytlarga koʼr koʼrona qoʼshilib qoʼyishi,
6.Kompyuter oʼyinlari, telefondagi turli xil inson psixikasiga taʼsir etadigan oʼyinlar,
Voyaga yetmaganlar jinoyatidan misol keltirib Shofirkon tumani Joʼynav MFY Varzonze qishlogʼida yashovchi 2008 yilda tugʼilgan Jabborov Ogʼabek qoʼshnisi 2006 yilda tugʼilgan Roʼziqulov Dilshod Bayoz oʼgʼli bilan oʼzaro janjallashib qolib, qoʼlidagi tayoq bilan D.Roʼziqulovning turli joylariga urganidan soʼng, D.Roʼziqulov oʼzini ximoya qilish maqsadida pichoq bilan O.Jabborovni qorin soxasiga urib yengil tan jaroxati yetkazganligi , haqida ota-onalarga aytib o`tib , tushintirish islarini olib borib , o`z so`ziga yakun yasadi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə