44-Умумий ўрта таълим мактаби


Shuningdek erta turmushning zararli oqibatlari haqida xotin – qizlar kengashi a’zosi F.Shoyeva ham so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidlab o’tdi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə3/5
tarix23.03.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#102947
1   2   3   4   5
5-maktab Ota-onalar yig\'ilishi 16.02.2023 (2)

Shuningdek erta turmushning zararli oqibatlari haqida xotin – qizlar kengashi a’zosi F.Shoyeva ham so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:
Erta ona bo'lish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki 15-16 yosh hali o'smirlik davri sanalib, bu vaqtda qizlar ruhan hamda jismonan to'liq rivojlanmagan, shaxs sifatida to'liq shakllanmaganligi tufayli organizm homiladorlik, tug'ruq va sog'lom farzandni dunyoga keltirishiga to'laligicha yetilmagan bo'ladi. Natijada erta farzand ko'rish yosh ona va undan tug'ilajak bola salomatligiga ham ma'lum darajada havf tug'diradi. Homila tushish havfi, homiladorlikning og'ir kechishi, tug'ruq faoliyatini sustlashishi, homilaning nimjon rivojlanishi, turli tizim va a'zolar shakllanishida kamchilik va nuqsonlarning uchrab turishi, erta va nisbatan kam vaznda tug'ilish ko'proq ularda uchraydi .Ona va bola o'limi ko'rsatkichi ham boshqa yoshdagilarga nisbatan erta turmush qurgan ayollarda ko'proq kuzatiladi. Oila mustahkamligi yoshlarning bilim va madaniyatiga ham bog'liq. Shuning uchun oilada tibbiy madaniyatni oshirish, erta hamda qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarni oldini olish bo'yicha tashkiliy, ma'rifiy targ'ibot ishlarini kuchaytirmoq lozim. Ko'pni ko'rgan keksalarimiz bot-bot ta'kidlaydigan bir naql bor: “Imorat mustahkam bo'lishini istasang, poydevorini pishiq sol!”. Darhaqiqat, bizning asosiy maqsadimiz-mustahkam oilalar barpo etish va yetuk farzandlar tarbiyalash. Shunday ekan, oila deb atalmish qo'rg'onning bo'lajak bunyodkorlari – yigit-qizlarimizning unga har jihatdan tayyor bo'lishlari lozimligini unutmaylik. O'z farzandining ertasini mustahkam oilada ko'rishni istagan, uning baxtu-saodati uchun ma'suliyatni chuqur his qilgan ota-ona bulardan to'g'ri xulosa chiqarib ish yuritishlari kerak.
Yurtimizda mustaqillik yillarida onalar va bolalar salomatligiga berilayotgan e'tibor aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog'lom bola tug'ilishi, jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim omil bo'lmoqda. Chunki, sog'lom onadan sog'lom bola dunyoga kelishi ayni haqiqat. Zero, ayol jamiyat ko'rkidir.






Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə