44-Умумий ўрта таълим мактаби


Shuningdek maktab hamshirasi M.Hasanova ham so’zga chiqib reproduktiv salomatlik haqida quyidagilarni aytib o’tdi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə2/5
tarix23.03.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#102947
1   2   3   4   5
5-maktab Ota-onalar yig\'ilishi 16.02.2023 (2)

Shuningdek maktab hamshirasi M.Hasanova ham so’zga chiqib reproduktiv salomatlik haqida quyidagilarni aytib o’tdi.
Reproduktiv salomatlik deganda ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona bo'lishini nazorat qilish, onaning ham, tug'ilajak bolaning ham salomatligi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish tushuniladi.
16-18 yoshlarda ayol organizmi sog'lom farzand ko'rish uchun hali to'la shakllanmagan bo'ladi. Homilador bo'lish, farzand dunyoga keltirish bilan bog'liq jarayonlarda ona organizmi o'zidan ko'p miqdorda quvvat sarflaydi. Ko'zi yorigan ayol organizmi o'zini tiklab olishi uchun unga kamida 3-4 yil vaqt zarur bo'ladi. Bu bir tomondan bolaning ona sutiga to'yib o'sishini ta'minlasa, ikkinchi tomondan ona navbatdagi homiladorlikdan saqlanadi. Ayollar salomatligini faqatgina homiladorlik davrida saqlabgina qolmay, balki o'smir qizlarni ham yoshlik davridan sog'-salomat o'sishiga ota-ona katta e'tibor qaratishi zarur. Ayollar uchun farzand ko'rishning eng qulay davri 20-30 yosh oralig'i hisoblanadi. Agar homilador 20 yoshdan kichik bo'lsa, unda 30 foizgacha homilaning yaxshi rivojlanmasligi, chaqaloq vazni kichik bo'lishi, tug'ilgan farzand o'limi holatlarining ikki baravarga oshishi, yosh onalar orasida onalarning o'limi holati uch baravarga oshishi kuzatiladi. Ko'rinib turibdiki, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari ko'p. Bunda birinchi navbatda onaning salomatligi muhim rol o'ynaydi. Sababi, sog'lom ona sog'lom farzandni dunyoga keltiradi.



Qizlarimizni erta turmushga uzatib, yigitlarimizni erta uylantirish oqibatida yoshlarni hayotning so'qmoqlarida qiynalib qolishlari, yosh yigitlarning oilani boshqara olmasliklari, qizlarimizning bolaliklariga borib, o'zga xonadon sir-asrorlarini anglashga qiynalib qolishi, bir-birlarini tushunmasliklari natijasida oilalarning barbod bo'lishiga, nuqsonli farzandlar tug'ilishiga sabab bo'lmoqda.


Mamlakatimizda Oila kodeksining 15- moddasiga asosan nikoh yoshi erkaklar uchun o'n sakkiz yosh, ayollar uchun o'n yetti yosh etib belgilangan. Bu yoshda yigit va qiz jismoniy jihatdan ham oila qurishga tayyor bo'ladilar. Bu bir qarashda me'yoriy holat. Biroq, bu yoshdagi yigit va qiz oilaviy hayotga tayyor emasligi, hayotiy, oilaviy ma'suliyat jiddiy masala ekanligini hisobga olgan holda qizlarga 20-21 yoshdan, yigitlarga 23-24 yoshdan turmush qurish maqbul hisoblanadi. Yangi qurilayotgan har bir oilaning mustahkamligi, undan sog'lom avlodning dunyoga kelishi –qizlarimizning necha yoshdan turmushga chiqishi bilan bevosita bog'liq.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə