Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Tarbiyaning tarkibiy qismlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tarbiyaning tarkibiy qismlari:
 
Tarbiyada oliy maqsadga erishish 
uchun, ma’lum vazifalarni bajarishimiz lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni 
esa tarbiyaning tarkibiy qismlari deb atash ham mumkin.
Aqliy tarbiya
– bu barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy 
qismi bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri 
haqidagi bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, 
yuqori onglilik xislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor 
qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o‘stirish uchun maqsad qilib 
qo‘yadi.
Axloqiy tarbiya
– bu o‘quvchilarda jamiyatga, Ona-yurtiga
mehnatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga nisbatan axloqiy munosabatlarni 
shakllantirish jarayonidir. 
Axloq
– ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo‘lib, insonlarning jamiyatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabatlarini tartibga solib turuvchi axloq-odob me’yorlari, 
qonun-qoidalari majmuasidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini 
o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun 
ko‘rsatilayotgan ta’sir 
axloqiy tarbiya 
deyiladi.
Mehnat tarbiyasi
– bu tarbiyaning oldida turgan asosiy vazifa 
o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat 
qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib borish, hayotga, ijtimoiy 
foydali mehnatga tayyorlashdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham 
yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-
hunar egasi qilib tarbiyalashdir.
Estetik tarbiya –
o‘quvchilarning san’atga, tabiatga, hayotga 
nisbatan estetik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir. Estetik 
tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi 
go‘zalliklarni idrok etish, uni to‘g‘ri tushunib yetish, qadriga yetishga, 


83
hayotga qayta go‘zallik olib kira olishga o‘rgatishdan iboratdir. 
Tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik 
tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya
– bu o‘quvchilarni rivojlangan demokratik 
davlat qonun-qoidalari asosida shaxs xaq-huquqlari me’yorlari bilan 
qurollantirishga qaratilgan jarayondir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə