Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

yettinchidan,
maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy 
jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni 
ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
sakkizinchidan,
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi-
larining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom 
va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar 
yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari 
bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan 
belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish;
to‘qqizinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga 
tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya 
qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi 
“O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son Qarori qabul qilindi. 
Mazkur Qaror asosida O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
faoliyati takomillashtirildi. Shuningdek, mazkur qaror xalq ta’limi 
tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni har tomonlama 
rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini 
yanada yuksaltirishga qaratildi.
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz 
ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash,
66
ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomo-
nidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. 
Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv-yilidan boshlab majburiy 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu 
jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at 
va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya 
zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz 
va 11-yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv-yilidan boshlab kasb-
hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 
11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli 
mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2-yilgacha 
bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son 
Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida 
kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilari 
ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, 
o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda 
kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari 
bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar 
yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni 
zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 
2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 
10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan 
o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 868-son qarori qabul qilindi.
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta’lim berishning 
vazifalari
etib quyidagilar belgilab qo‘yildi:


67
III 
o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlash-
tirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni 
talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar 
olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
III 
kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari, 
mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usul-
lardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’-
lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
III 
kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali 
kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash;
III 
o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat 
jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning 
mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb 
egasi bo‘lishlarini ta’minlash;
III 
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan 
tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi 
“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2829-son qarori 
qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim 
vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:
III 
umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini 
tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va 
o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur 
tayyorlash;
III 
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va 
faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir 
o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda 
bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini 
shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
III 
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini 
hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy 
68
shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab 
borish.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan 
holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro 
standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash 
uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-
son Qarori qabul qilindi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə