Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim
 
Magistrlik negizida
Falsafa doktori (PhD) 
ilmiy darajasi negizida
Tayach doktorantura va 
mustaqil izlanuvchilik 
-ta’lim davri 3-yil
Falsafa doktori (PhD) 
ilmiy darajasi negizida
Tayach doktorantura va 
mustaqil izlanuvchilik 
-ta’lim davri 3-yil
Fan doktori ilmiy 
darajasiga ega bo‘linadi
2.1.1-chizma. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan
ehtiyojlarini o‘rganish va ularni oqilona qondirish, malaka oshirish 
va qayta tayyorlash jarayonini tabaqalashtirish, qayta tayyorlash va 
malaka oshirish natajalari asosida xodimlarni ma’naviy va moddiy 
jihatdan rag‘batlantirib borish, mazkur jarayonlarni tashkil etishning 
davlat, jamiyat va nodavlat shakllarini birga qo‘shib olib borish 
kabilar qayta tayyorlash ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, mutaxassislar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq Markazlarida 
va kasbiy qayta tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida 
amalga oshiriladi. Ushbu jarayon ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
tashkil etiladi. Uning shakli malaka oshirish ta’lim muassasasi 
tomonidan ta’lim dasturining murakkabligi e’tiborga olingan holda 
va buyurtmachining u bilan tuzilgan shartnomasiga muvofiq ravishda 
belgilanadi.
Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attes-
tatsiyasi bilan yakunlanadi. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi ta’limni 
boshqarish bo‘yicha tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
56
O‘quv rejasining barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attes-
tatsiyasidan muvvafaqiyatli o‘tgan tinglovchilar qayta tayyor garlik 
va malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgilangan namu nadagi 
diplom yoki sertifikat oladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar 
ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar 
sport maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, 
sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. 
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning 
faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə