Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

1.5. Pedagogikada ma’naviy qadriyatlar va ularning shaxs 
ma’naviy madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni
Millatimiz, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin 
shunday ijtimoiy hodisalarni boshidan kechirmoqdaki, bu hodisalar 
zamirini tashkil etuvchi jarayonlarni tahlil qilish va ulardan xulosalar
chiqarishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Nainki, insoniyat kecha yo bugun shakllangan emas. U uzoq 
o‘tmish va ummoniy xotira zaxirasi, davrlar, zamonlar silsilasini 
o‘zida tashuvchi ma’naviy xazina sifatida amal qiladi. Bu ma’naviy 
xazinada boshi osmon yanglig‘ ko‘tarilgan shaxslar ruhi ham, 
zafarlarni quchgan bahodirlar sha’ni ham, parokandalik va depsinishlar 
rutubatlarini ifodalovchi qismat o‘yinlari ham hamma-hammasi 
meros bo‘lib kelaveradi. Xuddi shu merosdan olinajak saboq va 
savoblar bugun bilan ertangi kunni yoritguvchi umid chiroqlaridir. 
Ma’lumki, milliy ko‘tarilish, milliy o‘zligini anglash, ma’na-
viy qadriyatlar ko‘lamini kengaytirish jarayoni ham axloqiy 
tasavvurlarimiz, an’nalarimiz va ezgu fazilatlarimizga borib taqaladi. 
Ijtimoiy ko‘tarilish hech qachon axloqni, insoniylikni buzishga olib 
kelmagan. Ijtimoiy harakat ilg‘or va olijanob milliy fazilatlarga qanot 
bag‘ishlasa, xalq ommasi ruhiyati va orzulari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa 
millat va milliy o‘ziga xosliklar gullab-yashnashi mumkin. Hech 
qachon millat yoki milliy qadriyatlar nomidan shaxsiy g‘araz yoki 
shuhratparastlikni ko‘zlab aytilgan so‘z yuraklarga yetib bormagan, 
qilingan ishlar milliy qadriyatlar ko‘rkini oshirmagan. 
Xayriyatki, mustaqillik tufayli milliy urf-odatlarimiz, axloqu-
odobimiz, ezgu fazilatlarimiz orasida asta-sekin sodir bo‘layotgan 
kasallanishning oldi olinmoqda. Xalqimizda shunday milliy odat
an’ana va fazilatlar borki, ular boshqa xalqlarda yo‘qligidan tashqari, 
44
insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda 
hayrat uyg‘otishga imonim komil, – deb yozgan edi Tilab 
Mahmudov.
1
“O‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg‘usiga moyil, – degan 
edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2
– Bizlar to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda 
ham bir-birining holidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning 
izzatini joy-joyiga qo‘yib, beva-bechoralarning, yetim-yesirlarning 
boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo‘yib 
yashagan insonlarning farzandlari bo‘lamiz” Jamoaga suyanish 
va jamoatchilik fikrini hurmat qilish xalqimizning eng olijanob 
fazilatidir. Buni mahallalardagi ijtimoiy-axloqiy rasm-rusumlar isbot 
qilib kelmoqda.
Mamlakatimizda yangi jamiyat barpo etilmoqda. Uning bag‘rida 
shakllanishi lozim bo‘lgan komillikning mohiyati, shartlari va 
nizomlari qanday bo‘ladi? Qanday yurtdoshimizni komil inson deb 
ataymiz? Eng avvalo, ota-bobolarimizning ibratli hayot yo‘li biz 
uchun namunadir. Binobarin, komillik g‘oyasi biz uchun yot narsa 
emas. Aytish mumkinki, O‘zbekiston insoniy komillikning chuqur 
an’analriga ega bo‘lgan o‘lka. Tadqiqotchilar qayd etishicha, “bu 
an’ana turli avlodlar o‘rtasida ruhiy yaqinlikni mustahkamlaydi, 
yoshlar qalbida vorislik tuyg‘usini uyg‘otadi. Demak, komillik, eng 
avvalo, insoniylik sharti va buyuk ajdodlarimizga vorislik taqozosi”.
Barkamollikning qirralari ko‘p ekanligi haqida yuqorida aytib 
o‘tildi. Har bir shaxsni ilk yoshligidan boshlab mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish hayot talabidir. Shunga ko‘ra unga har doim mantiqiy 
tafakkur yuritish tamoyillarini singdirib borish lozim. 
Mustaqillik sharoitida to‘g‘ri ma’nodagi mustaqil fikrlash har bir 
yoshning qobiliyatini, olamga faol munosabatini, malakasini tarkib 
toptirishda muhim ma’naviy omil ekanligi ta’kidlanadi. Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek: “Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil 
2
И.А.Каримов. «Ўзбекистон: миллий
истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура». 
– Т., «Ўзбекистон», 1998. 11-бет.Т.Маҳмудов. Мустақиллик
ва
маънавият. – Т., 
«
Шарқ», 2001, 107-бет.


45
fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-
qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq 
maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. 
Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh 
mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo‘lib, har lahzada serkaga 
ehtiyoj sezib emas, aksincha – o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z 
mas’uliyati bilan, ongli tarzda, ozod va hur inson bo‘lib yashaydi”.
1
Biz ma’naviy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviy madaniyatida 
tutgan o‘rni xususida ushbu mavzuning oldingi bo‘limlarida ham 
to‘xtalib o‘tgan edik. Umuman olganda, ma’naviy qadriyatlarning 
shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda tutgan o‘rnini 
quyidagilar orqali ifodalashimiz mumkin:
Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o‘z ona tilida 
yaratilganligi tufayli ushbu tilning naqadar jozibali ekanligini 
namoyon etadi. Bu esa shaxsda o‘z ona tiliga bepisand bo‘lmaslik 
tuyg‘usini rivojlantiradi.
Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o‘zligini namoyon etadi. 
Chunki, ular bevosita shu millatning ruhiyati asosida shakllangandir.
Ma’naviy qadriyatlar har bir shaxsni o‘z xalqi va vatani tarixini 
sevishga, o‘z ajdodlari bilan har lahzada faxrlanishga undaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turganidek, ma’naviy 
qadriyatlarni qadrlash, ulug‘lash va rivoj toptirish, o‘z xalqiga 
mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘ladigan ma’naviy barkamol 
insonning muqaddas burchidir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə