Tadbirkorlik qobiliyatini “kpi” vositasi orqalida



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#116757
  1   2   3   4   5   6   7
TEZIS (1)




TADBIRKORLIK QOBILIYATINI “KPI” VOSITASI ORQALIDA BAHOLASH MEXANIZMI
Annotatsiya
Maqolada tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasini ilg‘or horij tajribasiga asoslanib KPI (Key Performance Indicators) vositasida baholashning metodologiyasi va “muhim mahorat indikatorlari” ishlab chiqilgan. Bu baholash indikatorlari asosida Buxoro viloyatidagi 40 ta biznes sub’ektlarining real erishilgan tadbirkorlik qobiliyatini mualliflik usulida uchta: “mahoratli tadbirkor”,“salohiyatli tadbirkor” va “mahoratsiz tadbirkor”sifat darajalari aniqlangan.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik qobiliyati, tadbirkorlik mahorati, KPI, muhim mahorat indikatorlari, qattiq ko‘nkmalar, yumshoq ko‘nikmalar, raqamli ko‘nikmalar, mahoratli tadbirkor.


Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi Farmoniga asosan yangi tashkid etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat
hizmatini rivojlantirish agentligi” oldida “xodimlarni integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida boshqarish va faoliyatini baholashning zamonaviy usullarini tatbiq etish” [1] vazifasi qo‘yilgan. Ushbu muhim vazifani bajarish maqsadida mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatining samaradorligini KPI tizimida baholash amaliyoti 2020 yilning 1- choragidan tajriba sifatida joriy etildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadval rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish uchun tadbirkor shaxslarning biznes mahoratini oshirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Bu uchun biznes sohasida mahorat (ekselens) ni baholash modelini yaratish taqozo etadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining biznes mahoratini baholash asosida jamiyatda mohir tadbirkorlarning ulushini ko‘paydirish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, biznes faoliyatining sifat va samaradorligini “muhim mahorat indikatorlari” (KPI) vositasida baholash mexanizmini joriy etish orqali inson tadbirkorlik qobiliyatini miqdoriy o‘lchash va tadbirkorlarning sifat maqomini tanlash imkoni vujudga keladi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun maqolada tadbirkorlik qobiliyatini KPI tizimida baholashning mahorat mezonlari va tadbirkorlarni sifat jihatdan tasniflash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə