Tadbirkorlik qobiliyatini “kpi” vositasi orqalida


-jadval Toshkent viloyatidagi 40 ta tadbirkorlik sub’ektlarini tadbirkorlik qobiliyati



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6   7
TEZIS (1)

2-jadval Toshkent viloyatidagi 40 ta tadbirkorlik sub’ektlarini tadbirkorlik qobiliyati


(TQ)ni rivojlanganlik darajasini baholash natijalari5

T/r

TQni real
rivojlanganlik darajasining multiplikatori (Rtq) holati

Tadbirkorlik sub’ektlarini TQni
rivojlangan- lik darajasi

Tadbirkorning sifat maqomi

TQni
rivojlangan- lik darajasiga xos tadbirkor- lik sub’ekt- lari soni

Ularning umumiy
baholangan tadbir- korlik
sub’ekt- laridagi
ulushi,%

1

0,0 dan 0,50 ga
qadar

Past

“Mahoratsiz
tadbirkor”

2

5,0

2

0,51 dan 0,79 ga
qadar

O‘rta

“Salohiyatli
tadbirkor”

30

75,0

3

0,80 dan 0,1ga qadar

Yuqori

“Mahoratli tadbirkor”

8

20,0

Jami:

40

100

Beshinchi bosqich. Diagnostik baholash natijasida tadbirkorlik mahoratni uzluksiz takomillashtirish to‘g‘risida ekspert tavsiyalarini berish. Tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasining multiplikatori koeffitsienti yuzasidan biznes sub’ektlarining tadbirkorlik mahoratini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuziladi. Biznes sub’ektlarning tadbirkorlik qobiliyatini diagnostikasi natijalariga asoslanib, “mahoratsiz” maqomidagi tadbirkorlarni “salohiyatli” tadbirkorlar maqomiga va undan “mahoratli” tadbirkorlar maqomiga ko‘tarish bilan bog‘liq amaliy tavsiyalar beriladi.
Biz 2022 yilning yanvar-fevral oylarida maxsus tuzilgan savolnoma vositasida Buxoro viloyatidagi 40 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasini ekspert usulida aniqladik (2-jadval).
Diagnostika natijasi shuni ko‘rsatdiki, ulardan atigi 8 tasi (20%) “yuqori” darajadagi tadbirkorlik qobiliyatiga ega “Mahoratli tadbirkor” sifat maqomiga mos keladi. Baholangan tadbirkorlik sub’ektlari orasida muayyan muddat biznes sohasi bilan shug‘ullanish evaziga tajriba orttirilgan “Salohiyatli tadbirkor” sifat maqomiga ega bo‘lgan “o‘rta” darajadagi tadbirkorlik qobiliyati darajadagilarning ulushi eng ko‘p - 75% tashkil qiladi. Afzuski, o‘rganilgan tadbirkorlik sub’ektlarning eng kam soni - 2 tasi (5%) tadbirkorlik qobiliyati “past” darajada rivojlangan bo‘lib, “Mahoratsiz tadbirkor” sifat maqomida qaror topgan. Bunga asosiy sabab tadbirkorlarning biznesni yuritish mahoratining pastligi, shaxsiy va shaxslararo tadbirkorlik ko‘nikmalarini sust rivojlanganligi, raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarining rivojlanmaganligidadir.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi umumiy xulosaga keldik:

  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tadbirkorlik qobiliyatini baholashda qattiq, yumshoq va raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarining uyg‘un birligida shakllanadigan “tadbirkorlik mahorati” etalon aniqlovchisining sifat tavsiflovchilarini aniqlash talab etiladi.

  2. Tadbirkorlik ko‘nikmalarining asosiy mezonlarini lotin harflari orqali va quyi mezonlarini sonlar orqali KPI tizimiga ifodalash yo‘li bilan biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini baholash imkonini beradigan “muhim mahorat indikatorlari” (KPI) ishlab chiqiladi.

  3. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyati maxsus tuzilgan savolnoma vositasida so‘rov o‘tkazish asosida “Tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasining multiplikatori” hisob-kitob qilib koeffitsienti aniqlanadi.

  4. Qattiq, yumshoq va raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari negizida ishlab chiqilgan 20 ta muhim mahorat indikatorlari (KPI) vositasida tadbirkorlik qobiliyatini baholash mexanizmini joriy etish biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasini “yuqori”, “o‘rta” va “past” sathlarini aniqlash va tadbirkorning “mahoratli”, “salohiyatli”, mahoratsiz” sifat maqomini belgilash hamda tadbirkorlik mahoratini oshirish “Yo‘l xaritasi”ni tuzish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar beriladi:

  1. Biznes sub’ektlari tomonidan tadbirkorlik mahoratini egallash vositalari (biznes asoslarini o‘qib-o‘rganish, tajribali tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish; xorijdagi ilg‘or kompaniyalarda stajirovkadan o‘tish, tadbirkorlikka oid turli ilmiy-amaliy seminar va anjumanlarda qatnashish)ni doimiy ravishda o‘zlashtirib borish tavsiya etiladi.

  2. Marketing va menejment mahoratini oshirish, yangi biznes g‘oyalarni qidirib, tadbirkorlik faoliyatida joriy etish; yangi mahsulot va xizmatlar turini yaratish; yangi biznes-jarayonlarni o‘zlashtirish, tavakkal qilish qobiliyatini rivojlantirish asosida tadbirkorlarning qattiq ko‘nikmalarini takomillashtirish.




  1. Tadbirkorning kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan nutqini va xodimlarga so‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish mahorati hamda mijoz va hamkorlar bilan madaniyatini oshirish, liderlik fazilatlarini rivojlantirish maqsadida majlislarni qisqa va maqsadli o‘tkazish, ishbilarmonlik maktublarni yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, xodimlarni boshqarishning iqtisodiy va psixologik uslullaridan foydalanish evaziga tadbirkorlarning yumshoq ko‘nikmalarini takomillashtirish.

  2. Tadbirkorlarning IT-savodxonligini oshirish, business Intelligence (BI)- vositalarini qo‘llash, qidiruv tizimlarda marketing ko‘nikmalarini takomillashtirish asosida raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə