Tadbirkorlik qobiliyatini “kpi” vositasi orqalida


rasm. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik mahoratini tavsiflovchi sifatlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6   7
TEZIS (1)

rasm. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik mahoratini tavsiflovchi sifatlari


Tadbirkorlarda, agar bunday malaka talablari mavjud bo‘lsa, ular mahoratli tadbirkor maqomiga ega bo‘ladilar. Lekin, amalda har bir tadbirkor etalon darajasidagi tadbirkorlik qobiliyatidan uzoqlashishi sari, qaysidir tadbirkorlik ko‘nikmalarining еtishmasligi evaziga etalon tadbirkorlik qobiliyati darajasidan muayyan darajada pastroq sathda qaror topadi.


Qayd qilish joizki, 21 asrning eng nufuzli, mahoratli tadbirkorlar qatoriga amerikalik tadbirkor-innovator, 2022 yilda 264,6 milliard AQSh dollar xususiy kapitalga ega Ilon Riv Maskni; Mikrosoft kompaniyasining asoschisi, 132,3 milliard AQSh dollar kapitalga ega Bill Geytsni; amerikalik tadbirkor, IT-sohasida xalqaro obro‘ qozongan Stiv Pol Jobsni, Nvidia kompaniyasining asoschisi, amerikalik tadbirkor Djensen Xuangni, kelib chiqishi O‘zbekistondan, rossiyalik tadbirkor,
«USM Holdings» kompaniyasi asoschisi 13,1 milliard AQSh dollar xususiy kapitaliga ega Alisher Usmonov va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday tadbirkorlarda etalon darajasida tadbirkorlik qobiliyati shakllangan bo‘lib, ularni mahoratli tadbirkor maqomidagi kishilar sifatida tan olib, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish lozim.
Ikkinchi bosqich. Tadbirkorlik qobiliyatini baholashning muhim mahorat indikatorlari (KPI) ni ishlab chiqish. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini baholashning muhim mahorat indikatorlari (KPI) ni ishlab chiqish algoritmi quyidagi jarayonlardan iborat bo‘lishi mumkin:

  1. Tadbirkorlik qobiliyatini baholashning qattiq, yumshoq va raqamli ko‘nikmalaridan iborat bo‘lgan asosiy mezonlarini KPI tizimiga lotin harflari orqali kiritish:

  • KPI(H) - Qattiq tadbirkorlik ko‘nikmalari asosiy mezoni;

  • KPI(S) - Yumshoq tadbirkorlik ko‘nikmalari asosiy mezoni;

  • KPI(D) - Raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari asosiy mezoni.

  1. Tadbirkorlik qobiliyatini baholashning asosiy mezonlarini tavsiflovchi quyi mezonlarini KPI tizimiga sonlar orqali ifodalash:

  • KPI(H) - Qattiq ko‘nikmalari: KPI (H1). Marketing mahorati; KPI (H2). Menejerlik san’ati; KPI(H3). Novatorlik ko‘nikmalari; KPI(H4). Tavakkal qilish qobiliyati; KPI(H5). Iqtisodiy savodxonligi.

  • KPI(S) - Yumshoq ko‘nikmalar: KPI(S1). Shaxsiy fazilatlar; KPI(S2). Shaxslararo ko‘nikmalar; KPI(S3). Liderlik sifatlari.

  • KPI(D) - Raqamli ko‘nikmalar: KPI(D1). Raqamli marketing mahorati; KPI(D2). Raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari; KPI(D3). Raqamli texnologiyalardan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish ko‘nikmalari.

  1. Tadbirkorlik qobiliyatini baholashning asosiy va quyi mezonlarini tavsiflovchi muhim mahorat indikatorlari (KPI) ni ishlab chiqish (1-jadval).


1-jadvalning 2 chi ustunida jami 50 ta tadbirkorlik mahoratining muhim indikatorlari (KPI), jumladan: “H - Qattiq ko‘nikmalar” asosiy mezonlarining 5 ta quyi mezonlarini tavsiflaydigan 20 ta; “S – Yumshoq ko‘nikmalar” asosiy mezonlarining 3 ta quyi mezonlarini tavsiflaydigan 15 ta; “D - Raqamli ko‘nikmalar” asosiy mezonlarining 3 ta quyi mezonlarini tavsiflaydigan 15 ta muhim mahorat indikatorlari (KPI) ishlab chiqildi.


Tavsiya etilgan ushbu 50 ta baholash indikatorlari asosida biznes sub’ektlarining “Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasining multiplikatori” ni hisob-kitobini amalga oshirish imkoni vujudga keladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə