Tarbiya –ijtimoiy hodisa



Yüklə 25,8 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü25,8 Kb.
#156335
  1   2   3   4   5   6
Tarbiya -ijtimoiy hodisa-fayllar.org


Tarbiya -ijtimoiy hodisa

TARBIYA –IJTIMOIY HODISA
Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi.
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanish jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.
“Prinsip” so‘zi lotincha “principium” so‘zidan hosil bo‘lgan va “asos”, “boshlanish”ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanda prinsip va qoidalar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki zararli ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O’zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda.
Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizm prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga hos hususiyatiga ega.

Yüklə 25,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə