3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi



Yüklə 378,66 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü378,66 Kb.
#139522
  1   2   3   4   5
3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi


3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi
Asosiy savollar:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish

  3. Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o’rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri



Tayanch ibora va tushunchalar: tarbiya, milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, urf-odat, an’ana, milliy odob, miliy e’tiqod, beshik, alla, ma’naviyat, shaxs ma’naviyati, milliy tuyg’u.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning asosiy poydevoridir” kitobida hozirgi zamon ta’lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini qo’ygan.
Milliy qadriyat - bu millatimiz barpo etilgandan to hozirgi kungacha bo’lgan barcha urf-odatlarimiz, marosim va an’analarimiz davom etib kelayotgan hunarmandchiligimiz, san’at asarlarimiz, yozma manbalar-u yodgorliklarimiz, milliy inshooatlarimiz, boy merosimizdir. Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadigan bebaho ne’mat hisoblanadi.
Ma’naviy meros o’tmishning yutug’i uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning eng muhim burchi va vazifasi hisoblanadi. O’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik madaniyatsizlik sifatida qaraladi. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik - millat va uning istiqboli uchun katta ziyon. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashda o’z hissasini qo’shadi va bunga o’zida kuch va qudrat topa oladi.
An’ana - tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir.

Yüklə 378,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə