Reja. Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar. Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta`siri. Mavzu



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#162152
Taqdimot



TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
BOSHLANG
ʻ
ICH TA
ʼ
LIM KAFEDRASI BOSHLANG
ʻ
ICH 
TA
ʼ
LIM YO
ʻ
NALISHI TALABASI SHARIFOVA 
FERUZANING “BOSHLANG
ʻ
ICH TA
ʼ
LIMDA TARBIYA” 
FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI


Reja.
1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar.
2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga 
ta`siri
.
Mavzu
:Ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning 
o'rni.


«Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi -ma`naviy 
qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» va
«qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga 
oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish 
mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan, 
manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va 
tamoyillar, g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari
bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham
o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan 
durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, 
frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli 
ravishda faxrlanadilar.


Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir qatorda 
ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari 
ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab
qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol
o`ynaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos
mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga,
yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi.
Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari
ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini
bilish va
uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega.


Har bir qadriyatning mohiyati va
ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish,
ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Qadriyat turlari:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar.
2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy
qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari 
va ko`nikmalari, bilim a tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida namoyon 
bo`ladigan qadriyatlar.
4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik bo`lgan
qadriyatlar.



Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o`rganish mumkin:
1. Umuminsoniy qadriyatlar.
2. Mintaqaviy qadriyatlar.
3. Milliy qadriyatlar.
4. Diniy qadriyatlar.
Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlarning uzviy bog`liqligi.
Milliy ma`naviy
qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga
to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g`oya va ma`naviy
qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu
quyidagilarda
o`z ifodasini topadi:
1. Milliy qadriyatlar milliy g`oya uchun ma`naviy negiz, manba bo`lib xizmat qiladi.
2. Milliy g`oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko`tarish, odamlar
ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo`lib hisoblanadi.
3. Milliy g`oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma`naviy
qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor
etishning ma`naviy mezoni bo`lib maydonga chiqadi.


Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma`naviy, milliy,
mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo`yicha:
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos
keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vosita-laridir
(masalan, hayotda kerak bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat
qiladigan, o`zi yaratgan, suyanadigan va qo`llab-quvvatlaydigan qadriyatlar
dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining
kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz
yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi
qadriyatlardir. Milliy g`oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari
kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga xizmat
qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarish-ning samaradorligi kishilarimizning milliy
g`oya bilan bog`liq qadriyatlar olamini bilishga bog`liq.
Hozirgi zamonda ilg`or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham
inson qadrini nechog`li yuksaklikka ko`tarishi bilan baholanadi.


Mamlakatimizdagi tub o`zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib 
chiqadi.
Butamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligiga 
asoslangan yangicha dunyoqarash, sog`lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega.
Odamlar ongida milliy g`oyaga asoslangan mustaqillik, ma`naviy va axloqiy
qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg`otish va tiklash jamiyat
barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Prezident Islom Karimov
o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida:
xavfsizlikka tahdid
, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g`oya bilan bog`liq bo`lgan ma`naviy 
qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil ma`lumotlar bergan.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma`naviy merosi ming yillar mobaynida
SHarq xalqlari uchun qudratli ma`naviyat manbai bo`lib xizmat qilgan. Uzoq yillar 
davomida totalitar tuzumga qaramay o`zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an`analari 
saqlanib qolindi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar
davomida yaratilgan bebaho ma`naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining
muhim vazifalaridan biri bo`lib kelmoqda.


Ma`naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy o`zlikni anglashi murakkabsharoitda

eski imperiya tuzumi barbod bo`lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar
qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi.
Dastlabki paytlarda bir asrdan ziyod totalitar tuzumga qaramay milliy g`oyaga
asoslangan ma`naviyat «Inkorni - inkor» sifatida kechdi. Avvalgi tuzum qadriyatlarini inkor 
etishning o`zi siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug`dirardi.
SHuningdek, orqaga betartib qaytish jamiyatni yangilash
zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Ana shu inkor etish jarayonida ekstremistik 
ruhdagi muxolifat vujudga keladi. U ma`naviyatga qarshi muxolifat bo`lishi mumkin.
Jangari millatchilik, diniy murosasizlik va «o`zimniki» bo`lmagan hamma
narsaga nafrat bilan qaraydi. SHu boisdan bularni har tomonlama hisobga olgan
holda ma`naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik, bir - birini to`ldiradigan siyosiy, iqtisodiy 
va madaniy dasturlar ishlab chiqish, amalga oshirishni zarur qilib qo`ydi.


Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z
xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini
aniq tasavvur etishdan boshlanadi.
Milliy ma`naviy qadriyatlar ko`p asrlik tarixga ega. O`zbekistondagi tarixiy
obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning
paydo bo`lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko`rsatadi. Masalan,
«Avesto» bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu 
asar paydo bo`lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik 
davr o`tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to`planganligi, shubhasiz.
Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik 
rivojlanishi natijasida
yaratilganligi uchun ham shu paytgacha o`z qimmatini yo`qotmadi.
Davrlar o`tishi bilan milliy ma`naviy qadriyatlar ham o`zgarib, rivojlanib,
yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan 
me`yor va talablar inkor etiladi.



YAngicha tasavvur va yondashuvlar, fazilatva odatlar hayotga kirib keladi.
XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni
yangi bosqichga ko`tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo`ladigan
ta`sir beqiyos darajada zo`rayadi. Bu ta`sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning
boyishi, qadriyatlarning qayta
baholanishi va yuksalishiga
, ikkinchi tomondan esa,
millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo`lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab 
bo`ladi.
Islom Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida» asarida xalqning madaniy 
qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun
qudratli ma`naviy kuch bo`lganligiga alohida e`tibor berdi.
Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma`naviy va madaniy merosni tiklash
O`zbekiston davlati siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur
o`rganish, yoshlarni unga e`tiborini jalb etish muhim.


Jamiyatda ma`naviy qadriyatlarni tiklashga milliy g`oya jarayoni sifatida
qarashda quyidagi jihatlarga e`tibor berish lozim:
1. Xalqimiz istiqbol tufayli siyosiy mustaqillikni qo`lga kirit-ganligi.
2. O`z taqdirini o`zi belgilashning chinakam egasi bo`lganligi.
3. O`zining ma`naviy-tarixiy ildizlarini o`rganish imkoniyati yuzaga
kelganligi, ammo uning juda murakkab jarayonlarda amalga oshirilayot-ganligi.
4. Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm xavfi»
tug`ilishi mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab
qolishda, barqarorlikni ta`minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq
misollar yordamida yoritish o`zining amaliy ahamiyatiga ega.


Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samarador-ligini
oshirish
to`g`risida»gi
Farmoni
va
boshqa
manbalarda quyidagi qadriyatlar haqida gapiriladi:1. Vatan - eng oliy makon, u menikidir.
2. Eng oliy qadriyat - inson.
3. Mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyati-ning eng
oliy turi - intellektual mehnat.
4. Vaqt eng oliy boylik.
5. Umuminsoniy qadriyatlar.
6. Moddiy qadriyatlar.
7. Milliy qadriyatlar.
8. Tabiiy qadriyatlar.
9. Iqtisodiy qadriyatlar.
10. Ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar.
11. Ma`naviy qadriyatlar.
12. Axloqiy qadriyatlar.
13. Diniy qadriyatlar.
14. Oilaviy qadriyatlar.
15. Demokratik qadriyatlar va h.k.


Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini, 
madaniyati va ilm-fan bobidagi k
о

p asrlik tajribalarini 
о

rgatish ijobiy pedagogik 
samaralarni beradi. Shuning bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli 
kishi, mustaqil va erkin fikrga ega b
о

lgan shaxs va fuqarolik jamiyati 
ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish 
О

zbekiston Respublikasi 
taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham 
о

qituvchining serqirrali va 
murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, 
ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini 
kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi. 
Natijada ta’lim va tarbiya dasturlariga milliy qadriyatlar omillarini kiritish 
ishlari bosqichma bosqich va sharoitga mos holda puxta amalga oshirildi. 
Endilikdai esa, milliy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim mazmuniga singdirilishi 
va integrasion jarayonning natijalarini ilmiy 
о

rganish ilmiy doiralarning asosiy 
mavzularidan biriga aylanmoqda. Mavzuga oid adabyotlar tahlili.



Ilmiy 
qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar r
о

yobga chiqishi bilan 
bog‘liq b
о

lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat b
о

ladi. 
Demak, donishmandlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan intellektual meros 
k
о

proq ilmiy qadriyatlarga tegishli b
о

ladi. Ilmiy qadriyatlar insonlar va insoniyat 
uchun ahamiyatli b
о

lgan intellektual mulkdan iborat b
о

ladi. 
Kishilik tarixda 
о

z istiqboli kelajagiga mos yutuqlarni orzu qilib, bu orzuistaklarni nodir 
q
о

lyozmalarda (muqaddas kitoblar, ertaklar, dostonlar) 
ifodalaganlar. Jumladan, ertaklardagi «Oynai jahon» orqali televideniye, «uchar 
gilam» orqali samolyotlar, «Avesto» orqali bunyodkorlik g‘oyalari, yozma 
manbalar orqali ozodchilik qahramonlari T
о

maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, 
Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Mahmud Turobiy, Madali Eshon, 
Shirin, Layli, Majnun kabi obrazlarda ifodalangan.


Tadqiqot usullari nazariy, qiyosiy, tarixiy 
tahlil, manbalarni 
о

rganish usullari, tanqidiy yondashuv, adabiy manbalarni 
umumlashtirish, tarixiy dalillarni tizimlashtirishga asoslandi. Chunki ilmiy 
adabiyotlar, darsliklar, shuningdek, turli mamlakatlar tadqiqotchilarining fikrlari, 
jumladan, tarixiy manbalar 
о

zbek, tojik, rus, va ingliz tillaridagi ilmiy izlanishlar, 
diniy adabiyotlar, mumtoz adiblar asarlar 
о
‘rganildi. Pedagogik g‘oyalarning 
paydo b
о

lishi va shakllanishi tarixda uzoq davom etgan va xalqlar sivilizasiyasida 
hayotiy ahamiyatga ega b
о

lgan omil sifatida 
о

rin egallagan. Masalan, 
zardushtiylar eng yaxshi ta’lim, bu bolalarni 
о

rab turgan tabiiy vositalar va 
insoniy omillar yordamida ta’lim berishdir, deb hisoblaganlar. Zardusht bolalarni 
poklik, notiqlik, mehnatsevarlik, halollik, yomon odamlardan qochish, yomon 
xulqatvorlardan saqlanish va yaxshi odamlarga tayanish ruhida tarbiyalagan [1]


E
ʼ
TIBORINGIZ 
UCHUN RAXMAT

Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15
  • Slide 16
  • Slide 17
  • Slide 18
  • Slide 19
  • Slide 20

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə