Pedagogik texnologiya turlari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/78
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#81675
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

Algoritm 

-  pedagogik  texnologiya  bo`laklari  (modullar)ning          o`zaro 

joylashuvini        hamda  pedagogik  texnologiya  jarayonlarini  amalga  oshirish  ketma  -

ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya'ni qoidasidir. 




 

17 


Algoritmlash 

esa  pedagogik  texnologiya  tarkibiy  bo`laklarini  amalga  oshirish 

jarayonining  ketma-ketligini  belgilash  bo`lib,  ko`zlangan  maqsadga  erishish 

kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning 

algoritmi  ishlab  chiqiladii.  Shu    algoritmga  muvofiq  holda  modullarning  o`zaro 

joylashuvi tartibi aniqlanadi. 

  Pedagogik          texnologiyada  algoritmlar  alohida  mashg`ulot  yoki  uning  biror 

bo`lagi  algoritmi,  o`quv  fanini  o`qitishning  umumdidaktik  izchilligi  algoritmi, 

o`quvchi  faoliyatini,  o`qituvchi  faoliyati,  o`zlashtirishni  nazorat  qilish  jarayoni, 

maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga bo`linadi. 

 Pedagogik          faoliyatning  eng  kichik  bo`laklari  o`zaro  joylashuvini    va    shu 

faoliyatni  amalga  oshirish  ketma-ketligini  belgilash  algoritmlashning  birlamchi 

darajasi bo`lib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. 

Algoritmlash  orqali  pedagogik  texnologiyani  tegishlicha  tayyorgarlikka  ega 

bo`lgan  mutaxassislar  tomonidan  oldindan  belgilangan  maqsadlarning  to`liq  amalga 

oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 

Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga 

kirgan  holdagina  turli  darajalardagi  pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  va  amalda 

qo`llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi. 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə