|
“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995“PEDAGOGS”
international research journal ISSN162-168“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-20, Issue-2, November - 2022
163
Biroq shunday ham bo`ladiki, kishilar bolalikda favqulodda qobiliyatlarini nomoyon
qilganlar-u, biroq katta bo`lgach, ulardan mahrum bo`lganlar. Lekin bunday hollar
nisbatan kam uchraydi.
Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning
birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni
tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir.
Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan chambarchas bog’langan. Kishining
talantli ekanligi ma’lum darajada uning psixik jarayonlari, shuningdek, ko`pgina psixik
xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog’liq bo`ladi. Ayrim qobiliyatlarni
rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada bo`lishi hal qiluvchi rol
o`ynaydi. Masalan, musiqachi uchun eshitish, rassom uchun ko`rish idroklari katta
ahamiyatga ega. Kishi o`z qobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug’ullanar ekan, bu
rivojlanish quruq maqsaddan iborat bo`lib qolishi kerak emas. Asosiy vazifa
jamiyatning munosib, foydali a’zosi bo`lib yetishishdan iboratdir. Ijodiy
individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab
oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay
olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ
o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi, ichki birligi; shaxsning o’z
rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida
shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga
oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxshida qila olishi va shaxsiy
hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zining o’rnini anglay olishi .
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining
kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini
ochish imkonini beradi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik
termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’ldi. U
individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati,
xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi:
fikrining ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi;
o’ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya).
O’qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin:
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi;
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik
|
|
|