Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Transformasion treninglaming rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

2.9. Transformasion treninglaming rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi 
Transformasion treninglai birinchi bor 1989 yil Rossiyada “Layfspring” xayriya jamg'armasi 
fondi va Rossiya ilmiy akademiyasi homiyligida o'tkazilgan. ‘Layfspring” jamg‘armasining 
asoschilari Amerikalik Djon Xenli va uning rafiqasi Kendis Xenli edi. Rossiyada birinchi trening 
o'tkazilishidan bir yil oldin amerikalik bir guruh turistlar Rossiyaga sayohat uyushtirishadi. Turistlar 
orasida Kendis Xenli ham bor edi. Sayohat jarayonida ularda yaxshi bir fikr tug'iladi, ya’ni ular 
“Layfspring treningi”ni Rossiyada ham o'tkazishni rejalashtirishadi. 1989 yiIda. “Layfspring 
treningi” Rossiyada ham o'tkaziladi. Trening juda samarali o'tadi va natijada ular Moskvada 
“Layfspring” - Hayot bahori xayriya jamg'armasini ham tashkil etishadi. Bundan ilhomlangan 
Kendis Xenli Moskva, Sankt-Peterburg, Odessa va Rigada ham o‘z vakolatxonalarini ochadi. 


15
Natijada Rosiyada tranformasion treninglar yuzaga kela boshiaydi. Bu orada AQShdan trenerlar 
kelib Rossiyada mutaxassis trenerlarni tayyorlov kursini ochishadi. Trenerlar ichida birinchi 
bitiruvchilar Roman Tixonov, Ivan Maurax, Valodya Shubinlar bo‘lgan.
1995 yilga kelib Amerikalik va Rossiyalik “Layfspring” jamg‘armasining boshqaruvchilari 
o'rtasida siyosiy va iqtisodiy borada o‘zaro kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Natijada jamg‘arma 
tugatiladi. Rossiyadagi vakolatxonani Amerikalik trener Lisa Kreo boshqardi. Uning Mehr-
muruvvat va ta’lim-tarbiya dasturidan tashkil topgan shirkatida Roman Tixonov trener sifatida 
faoliyat boshiaydi. 
Rossiyadagi birinchi “Layfspring”da kelishmovchiliklar davom etib u ikkiga ajratiladi.
1- Layfsprng - (Hayot bahori)
2- Ilxomlanish nuqtasi
Ilxomlanish nuqtasini “Layfspring”da faoliyat yuritayotgan Amerikalik eks-trener Lisa Kreo 
boshqaradi. U bilan birga bir nechta malakali trenerlar va Vladimir Gerasichev ham shirkatga ishga 
o‘tib ketadi. Natijada 1997 yilda Rosiyadagi “Layfspring” ikkinchi marta inqirozga yuz tutadi. Endi 
“Layfspring”dan faqatgina ofis va nom qolgan edi. 
Oradan bir qancha vaqt o‘tib “Layfspring”da Denis Persi tomonidan biznes treninglar o'tkazila 
boshlandi. Vaqt o‘tib “Layfspring”ning nomi “Kelajakka qadam” norm bilan o‘zgartirildi. Ko‘p 
o'tmasdan “Ilxomlanish nuqta”si ham inqirozga yuz tutadi. Uning asosiy trenerlaridan biri 
V.Gerasichev shirkatdan ketadi va o'zining “Forum” shirkatiga asos soladi va uni ham o‘zi 
boshqara boshiaydi 
1997 yil oxiriga kelib, Moskvada “Layfspring” treninglarini turlicha interpritasiya uiluvchi 5ta 
shirkat faoliyat yurita boshiaydi. Bular: l . “Layfspring”

l - tashkilotchi Kendis Xenli, direktor 
Roman Tixonov, trenerlar boshlig'i bosh trener Ivan Maurax.
2. “Layfspring”

2 tashkilotchi va bosh trener biznes trening o‘tkazuvchi Svetlana Chumakova.
3. “Kelajaka qadam” tashkilotchi va bosh trener Vladimir Shubin. 
4. “Ilhomlanish nuqtasi” tashkilotchi va bosh trener Lisa Kreo - ular shaxsiy rivojlanish dasturi 
bo‘yicha treninglar o‘tkazadi.
5. “Forum” tashkilotchi Volodya Gerasichev bosh trener Vladislav Novogorodsev boshchiligida 
“shaxsiy rivojlanish” dasturi bo'yicha treninglar o'tkazadi.
1998 yilning oxiriga kelib “Layfspring” korporasiyasi yana bitta trener tayyorladi, bu Stiven 
Karon edi. Korporasiya Sankt-Peterburg, Qozon va Novgorodda o‘z filiallami ochdi. 1999 yilga 
kelib Layfspring o‘z filiallarini mustaqil ravishda ocha boshladi. Bu davrga kelib Lisa Kreo o‘z 
“Ilxomlanish nuqtasi” shirkati faoliyatini tugatib, AQShga qaytib ketdi.
2000 yilda trener Ivan Maurax “Forum” shirkatiga ishga o‘tdi. “Kelajakka qadam” shirkati esa 
Kiev, Riga, Odessada o‘z faoliyatini mustaqil tarzda olib bordi. 2000 yilning yozida Roman 
Tixonov “Avatar” bitiruvchilari bilan qo‘shma guruh ochdi va ular yoshlami ta’limga moslashuvini 
ta’minlash maqsadida Vip treninglar hamda diniy rivojlantiruvchi seminar treninglar o‘tkazish 
uchun dasturlar ishlab chiqishdi. 2002 yilda “Forum” direktori va tashkilotchisi o‘rtasida o‘zaro 
kelishmovchiliklar yuza kelganligi sababli mazkur shirkat o‘z faoliyatini tugatdi. 
Shu yili Vladislav Novogorodsev va Igor Aleksandrovlar birgalikda “Dunyo atirguli” nomli 
trening markazini ochdi. Bu markaz o‘z oldiga shaxsning har tomonlama rivojlanishini maqsad 
qilib qo'yadi. Rossiyada bugungi kunda eng samarali treninglar o‘tkazib kelyotgan bir qancha 
shirkatlar mavjud: “Layfspring” va “Avatar” - Roman Tixonov; “Kelajakka qadam” - Tatyana 
Pogasova; “Forum” - Ivan Maurax va Valodya Gerasichev; “L”- Klass - Yekaterina Mutovkina; 
“Dunyo atirguli” - Vladislav Novogorodsev, Igor Aleksandrov. 
Hozirda Rosssiyada psixologik va korporativ treninglaming rivojlanishi yuqori bosqichda 
bo‘lib, bu borada ular juda katta tajribalarga erishmoqdalar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə