Psixologiya kafedrasi


-MAVZU: KATTA VA KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə156/206
tarix26.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#131851
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206
3-kurs Matem Majmua

14-MAVZU: KATTA VA KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
REJA

  1. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi.
  2. Etnik guruhlar psixologiyasi.

  3. Kichik guruhlar psixologiyasi.

  4. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.


  5. Konformizm va nonkonformizm xodisalarining mohiyati.

5. Inson psixik taraqqiyotida oilaning ahamiyati.
6. Oila ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar ob’ekti sifatida.

  1. Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularning shaxs shakllanishiga ta’siri



Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi
Har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo’ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir.
Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin, yoshlar, ma’lum o’quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo). Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo’lgan narsa bor — bu qiziquvchanlik bo’lib o’tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikasiya qiladilar. V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o’quv qo’llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va real guruhlarga bo’linadi.
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo’ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o’z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog’onasiga ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixo­logik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o’rganishga o’tamiz.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə