Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Psixologiya ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalariga 7-semestr uchun «Sotsial psixologiya» fanidan yakuniy nazorat uchun test



Yüklə 94,97 Kb.
tarix23.05.2022
ölçüsü94,97 Kb.
#87775
Sotsial psixologiya-4-kurs


Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Psixologiya ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalariga 7-semestr uchun «Sotsial psixologiya» fanidan yakuniy nazorat uchun test



  1. Sotsial psixologiya qachon rasman fan sifatida yaratilgan?

+ 1908-yil
- 1909-yil
- 1910-yil
- 1907-yil



  1. 1908-yilda chop etilgan "Sotsial psixologiyaga kirish" darsligi muallifi kim?

+ U.Mak-Dugall
- E.Ross
- Z.Freyd
- G.Gibsh



  1. 1908-yilda chop etilgan "Sotsial psixologiya" darsligi muallifi kim?

+ E.Ross
- U.Mak-Dugall
- Z.Freyd
- G.Gibsh



  1. "Odamlar uyushmasi, korporatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning obyekti esa sotsial ta`sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlarsotsial psixologiya o`rganishi kerak bo`lgan sohalardir". Ushbu fikr muallif(lar)i kim?

+ G.Gibsh va M.Forverg
- G.P.Predvechniy va Yu.A.Sherkovin
- E.Ross va G.Gibsh
- U.Mak-Dugall va E.Ross



  1. Qaysi kitobda sotsial psixologiyaning predmeti " ...... obyektiv borliqning va unda ro`y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o`ziga xos tarzda in`ikos etilishidir" deyiladi?

+ "Sotsial psixologiya" (G.P. Predvechniy, Yu.A.Sherkovin)
- "Sotsial psixologiyaga kirish" (U.Mak-Dugall)
- "Sotsial psixologiya" (E.Ross)
- "Jamoaning sotsial psixologiyasi" (A.V.Petrovskiy, V.V.Shpalinskiy)



  1. “Sotsial psixologiyaning predmeti bu – guruhiy, jamoaviy va ommaviy psixologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni odamlarning umumiy faoliyatida namoyon bo‘luvchi ularning xulqi, kechinmalari va bir-birlari bilan psixologik muloqot qilish yo‘llaridir” – mazkur ta’rif kimga tegishli?

+ B.F.Parigin
- M.Gravitts
- R.Pento
- G.P.Predvechniy



  1. “Sotsial psixologiya bu – odamlarning bir-birlari haqida nimalarni o‘ylashlari, bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlari hamda bir-birlariga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganuvchi fandir” – mazkur ta’rif kimga tegishli?

+ D.Mayers
- M.Gravitts
- R.Pento
- G.P.Predvechniy



  1. Galina Andreeva fikricha, sotsial psixologiyaning uch xil yondashuvidan biri bo`lgan sotsialogik yondashuv tarafdorlariga kirmaydiganlarni aniqlang.

+ B.F.Parigin
- M.Gravitts
- R.Pento
- G.P.Predvechniy



  1. "Shaxs va nevrozlar" kitobi muallifini toping.

+ V.Myasishev
- A.V.Petrovskiy
- A.G.Asmolov
- R.Pento



  1. "Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo`lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o`rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo`ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o`rganmoqda". Yuqoridagi fikrlar kimga tegishli?

+ R.Pento va M.Gravitts
- A.G.Asmolov
- G.M.Andreeva
- V.Myasishev



  1. "Yer-u ko`kdagi buyuk o`zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o`rnak olish uchun odamzot o`zining yon-atrofiga uyg`oq nigoh, qalb ko`zi bilan qarashi lozim". Ushbu jumlalar kimga tegishli?

+ I.Karimov
- Sh.Mirziyoyev
- G.P.Predvechniy
- V.V.Shpalinskiy



  1. Qachon Islom Karimov Oliy ta`limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o`rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi?

+ Oliy Majlisning IX sessiyasida
- Oliy Majlisning X sessiyasida
- Oliy Majlisning XI sessiyasida
- Oliy Majlisning XII sessiyasida



  1. “Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz, bizning hayotimiz boshqalarning hayoti bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir”. Mazkur fikr muallifini toping.

+ German Melvill
- Boris Parigin
- Galina Andreeva
- Vladimir Myasishev



  1. Amerikalik olim G.Ollport sotsial psixologik g`oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko`zga ko`ringan arboblaridan hisoblangan ...... nomi bilan bog`liq, deya ta`kidlaydi? Nuqtalar o`rnini to`ldiring.

+ Platon
- Aristotel
- Suqrot
- Demokrit



  1. Platon o`zining qaysi dialogida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to`xtalib, jamiyat individga nisbatan o`zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga bo`ysunadi, degan fikrni ilgari surgan?

+ "Davlat" va "Qonunlar"
- "Davlat" va "Jamiyat"
- "Jamiyat" va "Qonunlar"
- "Qonunlar" va "Borliq"



  1. Platonga qarshi fikrni bayon etib, individni barcha sotsial o`zgarishlaning sababchisi, deb kim aytadi?

+ Arastu
- Suqrot
- Demokrit
- Aflotun



  1. XIX asrda yashagan qaysi ingliz olimi ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to`liq o`rganib chiqqan?

+ E.Teylor
- L.Morgan
- Levi-Bryul`
- J.Lokk



  1. XIX asrda yashagan qaysi olim hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqqan?

+ L.Morgan
- E.Teylor
- Levi-Bryul`
- J.Lokk



  1. XIX asrda yashagan qaysi olim ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o‘rganib chiqqan?

+ Levi-Bryul`
- E.Teylor
- L.Morgan
- J.Lokk



  1. XIX asrda psixologiyaning qaysi sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab o`tish mumkin bo`lmay qoldi?

+ Patopsixologiya, pedagogik psixologiya
- Sotsial psixologiya
- Atomistik psixologiya
- Individ psixologiyasi



  1. Jamiyatdagi sotsial hodisalarni o`rganish uchun, albatta, o`ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganish lozim, degan fikrni isbotlagan shaxslarni toping.

+ Ogyust Kont, Gerbert Spenser
- L.Morgan, Gabriel Tard
- L.Morgan, Levi-Bryul`
- E.Teylor, Gabriel Tard



  1. Har bir individda "Sotsial fakt" bor degan fikrni kim ilgari surgan?

+ Gabriel Tard
- Gerbert Spenser
- L.Morgan
- Ogyust Kont



  1. Kimlarning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi" yoki sotsiologiyaning bahs mavzusi hisoblanadi?

+ L.Uord, F.Giddings
- Gabriel Tard, Lebon
- Gerbert Spenser, Ogyust Kont
- Gobbs, Russo



  1. Xalqlar psixologiyasi sotsiologik nazariya sifatida qayerda shakllangan?

+ Germaniyada
- Fransiyada
- Angliyada
- AQShda



  1. Psixologiyaning qaysi nazariyasida ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo`lib, bu ruh o`zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo`ysunadi, degan fikr asosiy hisoblanadi?

+ Xalqlar psixologiyasi
- Omma psixologiyasi
- Sotsial xulq-atvorning instinktlari
- Shaxs psixologiyasi



  1. Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo`lib nima xizmat qilgan?

+ Gegel falsafasi
- Platon falsafasi
- Aristotel falsafasi
- Suqrot falsafasi



  1. Qaysi olimda "individdan yuqori turuvchi ruh" g`oyasi asosiy bo`lgan?

+ Gegel
- X.Shteyntal
- M.Latsarus
- Velgelm Vundt



  1. Xalqlar psixologiyasi iborasi ilk marotaba kim(lar)ning asarlarida ishlatilgan?

+ M.Latsarus, X.Shteyntal
- Velgelm Vundt, Gegel
- M.Latsarus, Velgelm Vundt
- Gegel, X.Shteyntal



  1. Quyidagi fikrlar qaysi kitobda bayon etilgan: "Odam o`z mohiyati jihatidan sotsial mavjudot bo`lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog`liq, chunki u o`ziga o`xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taqlid qilib harakat qiladi va ular ta`qibidan qochadi"

+ "Xalqlar psixologiyasi to`g`risida kirish so`zi"
- "Xalqlar psixologiyasi"
- "Yaxlitlik ruhi"
- "Sotsial psixologiya"



  1. "Inson va hayvon ruhi haqida leksiyalar" asari qachon chop etilgan?

+ 1863-yil
- 1900-yil
- 1864-yil
- 1920-yil



  1. "Inson va hayvon ruhi haqida leksiyalar" asari kimning qalamiga mansub?

+ V.Vundt
- E. Ross
- Dj.Bolduin
- G.Lebon



  1. “Psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi”. Ushbu fikr kimga mansub?

+ V.Vundt
- E. Ross
- Dj.Bolduin
- G.Lebon



  1. Qaysi nazariyaning paydo bo‘lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo‘lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo‘ldi?

+ Omma psixologiyasi
- Xalqlar psixologiyasi
- Sotsial xulq-atvorning instinktlari
- Sotsiogenetik



  1. "Taqlid qilish qonunlari" kimning qalamiga mansub?

+ Gabriel Tard
- Vilgelm Vundt
- G. Lebon
- S.Sigeli



  1. “Omma psixologiyasi” kitobi kim tomonidan yozilgan?

+ S.Sigeli
- Vilgelm Vundt
- G. Lebon
- Gabriel Tard



  1. Qaysi olim asosan o‘z diqqatini ommani elitaga, jamiyatdan yuqori turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo‘yishga qaratadi?

+ G. Lebon
- E.Grassi
- S.Sigeli
- Gabriel Tard



  1. Shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi qaysi nazariyada ayrim shaxslar, dohiylar foydasiga hal qilindi?

+ Omma psixologiyasi
- Xalqlar psixologiyasi
- Sotsial xulq-atvorning instinktlari
- Sotsiogenetik



  1. XX asrning boshida Angliyada qaysi nazariya yuzaga keldi?

+ Sotsial xulq-atvorning instinktlari
- Xalqlar psixologiyasi
- Omma psixologiyasi
- Sotsiogenetik



  1. Sotsial xulq-atvorning instinktlari nazariyasi asoschisi kim?

+ U.Mak-Dugall
- Dj.Bolduin
- E. Ross
- V.Vundt



  1. Inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan olim kim?

+ U.Mak-Dugall
- Dj.Bolduin
- E. Ross
- V.Vundt



  1. Kim ikki turli irsiyat haqida tabiiy va sotsial irsiyat haqida yozib, sotsial irsiyat odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog`liq, deb yozadi?

+ Dj.Bolduin
- E. Ross
- V.Vundt
- G.Lebon



  1. Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada sotsial psixologiya qachondan boshlab rivojlana boshlagan?

+ XX asrning 20-yillaridan
- XX asrning 15-yillaridan
- XX asrning 30-yillaridan
- XX asrning 25-yillaridan



  1. Nechanchi yillarda bolalar va o‘smirlar sotsial psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan ikki yo‘nalish paydo bo‘ldi?

+ 20-30 yillarda
- 25-35 yillarda
- 30-35 yillarda
- 30-40 yillarda



  1. Qaysi nazariyaning tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi deb hisoblaydi?

+ Biologik
- Sotsiologik
- Psixogenetik
- Analitik



  1. Qaysi nazariyaning tarafdorlari shaxsning shakllanishida sotsial muhit yetakchi rol o`ynaydi deb hisoblaydi?

+ Sotsiologik
- Biologik
- Psixogenetik
- Analitik



  1. Rossiyada sotsial psixologiya taraqqiyotidagi nisbatan sokinlik davri nechanchi yillarga to’g’ri keladi?

+ 40-60 yillarda
- 30-40 yillarda
- 35-55 yillarda
- 50-70 yillarda



  1. Sotsial psixologik tadqiqotlarning o‘tmishdagi va hozirgi kundagi holati kimning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan?

+ M.Otajonov
- G.Shoumarov
- I.Yoqubov
- N.Sog`inov



  1. O`zbekistonda birinchi sotsial psixologik tadqiqot kim tomonidan o`tkazilgan?

+ I.Yoqubov
- G.Shoumarov
- M.Otajonov
- N.Sog`inov



  1. O‘zbekistonda mustaqillikni qo‘lga kiritgach, olib borilgan sotsial psixologik tadqiqotlar asosan qanday konsepsiya doirasida olib borilgan?

+ sotsial tasavvurlar
- oilaviy munosabatlar
- individual tasavvurlar
- shaxs psixologiyasi



  1. Metodologik muammolarga qiziqish sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir, deb kim yozadi?

+ G.Andreyeva
- M.Latsarus
- M.Otajonov
- V. Vundt



  1. Qaysi olimlar metodologiyani tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlar deya tushunadi?

+ Amerikalik psixologlar
- Osiyolik psixologlar
- Rus psixologlari
- Yevropalik psixologlar



  1. "Rorshaxning siyoh dog`lari" testi qaysi metodga misol bo`ladi?

+ Proyektiv metod
- Hujjatlarni o`rganish metodi
- Anketa metodi
- Kuzatish metodi



  1. Hujjatlarni o`rganish metodi qaysi fandan kirib kelgan?

+ Sotsiologiya
- Pedagogika
- Falsafa
- Psixologiya



  1. Hujjatlarni o`rganish metodida necha xil hujjat o’rganiladi?

+ 2
- 3
- 4
- 5



  1. Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolari nechta?

+ 3
- 2
- 4
- 5



  1. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot necha bo`limdan iborat?

+ 7
- 5
- 9
- 5



  1. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin tarbiyasi og`ir o`smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o`rganishda kuzatishning qaysi shaklidan foydalangan?

+ Birgalikdagi kuzatuv
- Obyektiv
- Muhim vaziyatlarni qayd etish
- Standartlashtirilgan



  1. Materiallarni ma`naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli sotsial psixologiyada nima deb ataladi?

+ Kontent analiz
- Kuzatish
- Biografik
- Suhbat



  1. Kontent analiz metodining asoschilari?

+ X.Lassuell va B.Berelson
- L.Lovyontal va X.Lassuell
- B.Berelson va L.Lovyontal
- X.Lassuell va D.Mayers



  1. Rozentsveygning rasmli assotsiasiyalar usuli qaysi metodga kiradi?

+ Proyektiv metod
- Hujjatlarni o`rganish metodi
- Anketa metodi
- Kuzatish metodi



  1. Anketa metodining tuzilishi necha qismdan iborat?

+ 3
- 2
- 5
- 4



  1. Hujjat deganda qanday ma`lumotlar nazarda tutiladi?

+ Yozma va og`zaki
- Og`zaki
- Yozma
- Ma`ruza va nutq



  1. Sotsial psixologik testlar nechinchi yillarda kirib kelgan?

+ 1920-1930 yillar
- 1910-1920 yillar
- 1930-1940 yillar
- 1925-1935 yillar



  1. Sotsial psixologiya taraqqiyotining eksperimental davri qachondan boshlandi?

+ 1945
- 1946
- 1947
- 1948



  1. AQShda qachon "Ijtimoiy muammolarni psixologik tadqiq etish jamiyati" tashkil topdi?

+ 1936-yil
- 1931-yil
- 1932-yil
- 1934-yil



  1. Dyui, D.Endjell, G.Kerr qaysi qarash tarafdorlari bo`lgan?

+ Funksionalizm
- Plyuralizm
- Kognitivizm
- Psixoanaliz



  1. Qaysi nazariy maktab psixologik fikrlashning sotsiologik tomonini o`zida aks ettiradi?

+ Interaksionizm
- Psixoanaliz
- Kognitivizm
- Bixeviorizm



  1. Qaysi psixologik yo`nalish inson va hayvonlar xulq-atvori qonuniyatlari muammolarini o`rganish bilan shug`ullanadi?

+ Bixeviorizm
- Psixoanaliz
- Kognitivizm
- Interaksionizm



  1. Psixoanalizning qaysi namoyandasi hokimiyatga intilishni ajratib ko`rsatadi?

+ A.Adler
- Z.Freyd
- K.Xorni
- E.Fromm



  1. Qaysi nazariya yangi psixologik yo`nalish - gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo`ldi?

+ Psixoanaliz
- Kognitivizm
- Bixeviorizm
- Interaksionizm



  1. Qaysi psixologik yo`nalishga o`rganish obyekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan holatlar mansub?

+ Kognitivizm
- Psixoanaliz
- Bixeviorizm
- Interaksionizm



  1. Qaysi nazariya shaxs doimo ijtimoiy va jamiyatdan tashqarida shakllanishi mumkin emas degan g`oyani ilgari suradi?

+ Interaksionizm
- Psixoanaliz
- Kognitivizm
- Bixeviorizm



  1. Simvonik kommunikatsiyani o`rgangan olimlar keltirilgan javobni toping

+ G.Xaymen, R.Merton, T.Sarbin
- K.Yung, A.Adler, E.Fromm
- I.Pavlov, V.Bexterev, D.Uotson
- A.Maslou, K.Rojers



  1. Sotsiometriyaga kim asos solgan?

+ Yakob Levi Moreno
- R.Atkinson
- Ya.L.Kolominskiy
- Erik Lennard Bern



  1. Qaysi nazariya amaliyotda alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar, turli guruhlarni korrektsiyalash tizimini tashkil etadi?

+ Zamonaviy transakt tahlil
- Bixeviorizm
- Psixodinamika
- Psixoanaliz



  1. Ekzistentsial psixologiya asoschilari kimlar?

+ R.Mey, I.Yalom
- I.Pavlov, V.Bexterev
- G.Xaymen, T.Sarbin
- K.Yung, E.Fromm



  1. "Homo sapiens" tushunchasini ifoda etuvchi jonzotning paydo bo`lganiga qancha vaqt bo`ldi?

+ 40 ming yil
- 16 ming yil
- 50 ming yil
- 20 ming yil



  1. Kim Lokka e`tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o`zi bo`lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do`ngliklar yoki tug`ma asoratlar bo`ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma`lum rol o`ynaydi, deya fikr bildirgan?

+ Leybnits
- Galton
- Darvin
- Lens



  1. Shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanuvchi obraz?

+ Men
- Individ
- Jamoa
- Rol



  1. Kimning nazariyasiga ko`ra, o`z-o`zini anglash, o`zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko`pincha konkret shaxs tomonidan og`ir kechadi, ya`ni inson tabiati shundayki, u o`zidagi o`sha jamiyat normalariga to`g`ri kelmaydigan, noma`qul sifatlarni anglamaslikka, ularni "yashirishga" harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi?

+ Freyd
- Darvin
- Leybnits
- Fromm



  1. Qaysi yo‘nalishning tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar?

+ Nativizm
- Empirizm
- Bixeviorizm
- Kognitivizm



  1. Qaysi yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top-toza taxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur?

+ Empirizm
- Nativizm
- Bixeviorizm
- Kognitivizm



  1. Empirizm yo’nalishining asoschilaridan biri keltirilgan javobni toping?

+ Dj.Lokk
- G.Leybnits
- F.Galton
- Z.Freyd



  1. Kimning fikriga ko’ra, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda?

+ Darvin
- Freyd
- Leybnits
- Fromm



  1. Qaysi jarayonning mohiyati aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish hisoblanadi?

+ Refleksiya
- Men
- Identifikatsiya
- O`z-o`ziga baho



  1. Qanday holat ko`pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo`yayotgan talablarining o`ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e`tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o`qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo`lishi mumkin?

+ O`ziga o`zining past baho berishi
- Stress
- Refleksiya
- O`ziga o`zining o`ta yuqori baho berishi



  1. Qaysi jarayon ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo`ni-qo`shni va yaqinlarning o`rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli hisoblanadi?

+ Realistik baho
- O`z-o`ziga past baho berish
- O`z-o`ziga o`ta yuqori baho berish
- O`z-o`zi bilan muloqot



  1. Shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi nima deb ataladi?

+ Referent guruh
- Realistik guruh
- Ideal guruh
- Oliy guruh



  1. Sotsial normalardan kelib chiqqan holda o`zida ma`qul ustanovkalarni shakllantirish nima deb ataladi?

+ O`z-o`ziga ta`sir
- O`z-o`zini ishontirish
- O`z-o`zi bilan muloqot
- Ichki intizom



  1. O‘z-o‘zi bilan muloqot bu – … ?

+ o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish
- o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish
- tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati
- sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish



  1. O‘z-o‘zini ishontirish bu – … ?

+ o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish
- o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish
- tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati
- sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish



  1. O‘z-o‘ziga buyruq berish bu – … ?

+ tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati
- o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish
- o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish
- sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish



  1. O‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya bu – … ?

+ sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish
- o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish
- o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish
- tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati



  1. Ichki intizom bu – … ?

+ o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat
- o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish
- o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish
- tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati



  1. Ichki dialogning uch darajasini kim ko`rsatib bergan?

+ Ye. Klimov
- Leybnits
- Galton
- Lokk



  1. Ye.Klimov ichki dialogning necha daraja va bosqichini ko`rsatib bergan?

+ 3 ta daraja, 6 ta bosqich
- 6 ta daraja, 3 ta bosqich Leybnits
- 5 ta daraja, 6 ta bosqich Leybnits
- 2 ta daraja, 6 ta bosqich Leybnits



  1. Shaxs meniga xos 2 aspektni, ya`ni "Men" - anglovchi va "Men" - ob`yektni ajratib ko`rsatgan olim kim?

+ Uilyam Jeyms
- Gerbert Mid
- Karl Yung
- Charlz Kuli



  1. Kim fanda birinchilardan bo’lib «Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan?

+ Charlz Kuli
- Gerbert Mid
- Karl Yung
- Uilyam Jeyms



  1. Kimning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud va u Persona deb ataladi?

+ Karl Yung
- Gerbert Mid
- Charlz Kuli
- Uilyam Jeyms



  1. Jamoatchilik oldida shaxsning rasmiy tashkilotlar tomonidan rag`batlantirilishi - hukumat sovrinlari, davlat medallari, stipendiyalar. Bu qanday sanksiyaga kiradi?

+ Rasmiy pozitiv
- Rasmiy negativ
- Norasmiy pozitiv
- Norasmiy negativ



  1. Yuridik qonunlar, hukumat qarorlari, buyruq va farmoyishlarida ko`rsatilgan jazolashlar - qamoq jazosi, fuqarolik huquqidan mahrum etish, ishdan bo`shatish, jarima solish, mulkni musodara qilish kabi jazolar. Bu qanday sanksiyaga kiradi?

+ Rasmiy negativ
- Rasmiy pozitiv
- Norasmiy pozitiv
- Norasmiy negativ



  1. Rasmiy tashkilotdan chetda bo`lmagan jamoatchilik oldida rag'batlantirish: kompliment, olqishlash. Bu qanday sanksiyaga kiradi?

+ Norasmiy pozitiv
- Rasmiy negativ
- Rasmiy pozitiv
- Norasmiy negativ



  1. Rasmiy bosqich va yo`l-yo`riqlar bilan ko`rib chiqilmagan jazolar: tanbeh, ustidan kulish. Bu qanday sanksiyaga kiradi?

+ Norasmiy negativ
- Rasmiy negativ
- Norasmiy pozitiv
- Rasmiy pozitiv



  1. ...... - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi.

+ Rol
- Norma
- Sanksiya
- Status



  1. Sotsial rol tushunchasi qaysi olimlar tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan?

+ R.Linton va D.Mid
- T.Parsons va T.Shibutani
- Dj.Moreno va D.A.Leontev
- U.G.Guda va M.Komarovskaya



  1. Parsons T. fikricha sotsial rolning asosiy tavsiflari nechta?

+ 5
- 2
- 6
- 4



  1. Har bir individ bir emas, bir nechta sotsial rollarni bajaradi. Sotsial rol uni bajaruvchi shaxsning har bir harakati va faoliyatini mayda-chuydasigacha belgilab bermaydi, balki bu shaxs o`z rolini qanchalik qabul qilganligiga qarab o`z rolini bekam-u ko`st bajarishi yoki aksincha bo`lishi mumkin. Ushbu ta`rif mualliflari kim?

+ R.Linton va D.Mid
- T.Parsons va T.Shibutani
- Dj.Moreno va D.A.Leontev
- U.G.Guda va M.Komarovskaya



  1. Namoyon qilinishiga qarab qanday rollar mavjud?

+ Faol va yashirin
- Sotsial va faol
- Sotsial va shaxslararo
- Shaxslararo va yashirin



  1. Jamoatchilik munosabatlariga ko`ra qanday rollar mavjud?

+ Sotsial va shaxslararo
- Faol va yashirin
- Sotsial va faol
- Shaxslararo va yashirin



  1. Qaysi olimlar fikricha "Sotsial rollar shaxsning aniq bir vaziyatda optimal harakat qilishini ta`minlovchi uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan xulq-atvor usullaridir".

+ Dj.Mid va T.Shibutani
- R.Linton va T.Parsons
- Dj.Moreno va D.A.Leontev
- U.G.Guda va M.Komarovskaya



  1. Psixoterapiyada shaxs xulqini korreksiya qilishga yordam beruvchi o`zida psixodrammani qamrab olgan imagoterapiya deb nomlanuvchi usul nomini toping

+ Dj.Moreno
- R.Linton
- D.Mid
- U.G.Guda



  1. Leontev D.A.ning ta`kidlashicha, shaxs sotsial rollarni o`zlashtirish jarayonida ikki aspekt mavjud, ular qaysilar?

+ Texnik va fikriy
- Sotsial va shaxslararo
- Faol va yashirin
- Sotsial va faol



  1. Kimning fikricha shaxs sotsial rollarni o`zlashtirish jarayonida ikki aspekt mavjud?

+ D.A.Leontyev
- R.Linton
- D.Mid
- U.G.Guda



  1. Rollardagi nizolar qanday turlarga bo`linadi?

+ Rollararo va rollar ichida
- Sotsial va shaxslararo
- Faol va yashirin
- Sotsial va faol

  1. "Rollardagi nizolar nazariyasi" asarini chop ettirgan olim kim?

+ U.G.Guda
- R.Linton
- D.Mid
- D.A.Leontyev



  1. ...... shaxsga bir vaqtning o`zida bir nechta rol bajarish to`g`ri kelganda sodir bo`ladi?

+ Rollararo to`qnashuv
- Rollar ichidagi to`qnashuv
- Rollararo va rollar ichida
- Sotsial va faol



  1. ...... bir rolning egasiga nisbatan turli xil guruhlarda turlicha talablar qo`yilishi natijasida kelib chiqadi?

+ Rollar ichidagi to`qnashuv
- Rollararo to`qnashuv
- Rollararo va rollar ichida
- Sotsial va faol



  1. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi nima?

+ Suhbatdoshlarning o`zaro bir-birini tushunishlarini ta`minlash
- Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash
- Ruhlantirish
- Sotsial tajribaga asos solish



  1. Sotsial psixologiyada psixologik ta’sirning asosan nechta vositasi farqlanadi?

+ 3 ta
- 4 ta
- 5 ta
- 6 ta



  1. Mashhur amerikalik olim Albert Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga ... ?

+ gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 55% gacha ta’sir qilarkan
- gapirgan gaplari 38%, paralingvistik omillar 7%, va noverbal harakatlar 55% gacha ta’sir qilarkan
- gapirgan gaplari 55%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 7% gacha ta’sir qilarkan
- gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 55%, va noverbal harakatlar 38% gacha ta’sir qilarkan



  1. So`z va nutq orqali ko`rsatadigan ta`sir nima deb ataladi?

+ Verbal ta`sir
- Noverbal ta`sir
- Lingvistik ta`sir
- Paralingvistik ta`sir



  1. Artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar qays ta`sir tarkibiga kiradi?

+ Paralingvistik ta`sir
- Noverbal ta`sir
- Lingvistik ta`sir
- Verbal ta`sir



  1. "Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir". Ushbu fikr kimga tegishli?

+ D.Karnegi
- E.Fromm
- G.Andreyeva
- Z.Freyd



  1. "Odamlarni o`zingiz to`g`ringizda yaxshi fikrga ega bo`lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang" deya kim aytgan?

+ A.Shopengauer
- D.Karnegi
- R.Atkinson
- Gegel



  1. Muloqotning kommunikativ, interaktiv, persepsiv tomonlarini kim taklif etgan?

+ G.Andreyeva
- D.Karnegi
- L.Tolstoy
- E.Ross



  1. Muloqotning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalarini nima tashkil etadi?

+ Kommunikativ tomon
- Perseptsiv tomon
- Interaktiv tomon
- Noverbal kommunikatsiya



  1. Kim odamlarda 97 xil kulgu turi va 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan?

+ L.Tolstoy
- A.Shopengauer
- G.Andreyeva
- D.Karnegi



  1. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan necha xil turi farqlanadi?

+ 2 xil
- 3 xil
- 4 xil
- 5 xil



  1. Kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta`sir etishlari deganda nima tushuniladi?

+ Interaktiv tomon
- Perseptiv tomon
- Noverbal kommunikatsiya
- Kommunikativ tomon



  1. "Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq atvoriga qarab mo`ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma`lumotlari mohiyatini go`yo "o`qib", ya`ni "mag`zini chaqib" chiqamiz, shu yo`sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz" - degan fikrni kim yozgan?

+ S.Rubinshteyn
- G.Andreyeva
- D.Karnegi
- L.Tolstoy



  1. Bir-birini idrok qilishda muhim bo`lgan mexanizmlar sirasiga kirmaydiganini aniqlang.

+ Differensiatsiya
- Refleksiya
- Identifikatsiya
- Stereotipizatsiya



  1. Lotincha "tenglashtirish", "aynan o`xshatish", bir kishining ikkinchi kishini uning ta`rifini subyektning o`z ta`rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushunish usuli nima deb ataladi?

+ Identifikatsiya
- Refleksiya
- Kauzal atributsiya
- Stereotipizatsiya



  1. Lotincha "Aks ettirish" ma`nosini bildirib, o`z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya`ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotgaligini anglash nima deb ataladi?

+ Refleksiya
- Identifikatisya
- Kauzal atributsiya
- Stereotipizatsiya



  1. Lotincha "sabab" va "in`om etaman" so`zlari birikmasidan hosil bo`lgan atama?

+ Kauzal atributsiya
- Identifikatsiya
- Refleksiya
- Stereotipizatsiya



  1. Kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot subyektning idrok etish chog`ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo`lishi qaysi effektning mohiyati hisoblanadi?

+ Oreol effekti
- Stereotipizatsiya
- Refleksiya
- Noadekvatlik effekti

  1. Ma`lum yoki taxminan ma`lum bo`lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo`li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash deb nimaga aytiladi?

+ Stereotipizatsiya
- Kauzal atributsiya
- Identifikatsiya
- Refleksiya



  1. Kimning o`tkazgan tajribasiga ko`ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi?

+ A.Bodalev
- D.Karnegi
- G.Andreyeva
- Z.Freyd



  1. Kimning kitobida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlari haqida ma`lumotlar berilgan?

+ Andreyeva
- Karnegi
- Freyd
- Nurrey



  1. Andreyeva har qanday kishilar guruhini qanday guruhlarga ajratadi?

+ Shartli va real
- Real va tabiiy
- Katta va kichik
- Shartli va tabiiy



  1. Qaysi guruh endi shakllanayotgan diffuz va taraqqiyotning yuksak pog`onasiga ko`tarila olgan jamoa turlariga bo`linadi?

+ Kichik
- Uyushmagan
- Katta
- Uyushgan



  1. Qanday guruhlardagi odamlar soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta`minlaydi?

+ Katta
- Kichik
- Real
- Uyushgan



  1. Sotsial psixologiyada katta guruhlar ichida qaysi yo`nalish bo`yicha nisbatan ko`proq tadqiqotlar o`tkaziladi?

+ Etnik guruhlar psixologiyasi
- Omma psixologiyasi
- Sinflar psixologiyasi
- Shaxs psixologiyasi



  1. Vigotskiyning madaniy tarixiy yondashuv g`oyasini tekshirish maqsadida birinchi bo`lib kim tadqiqot o`tkazgan?

+ A.Luriya
- V.Vundt
- G.Andreyeva
- Nurrey



  1. Kimning tadqiqotidan asosiy maqsad milliy psixologik xususiyatlarni o`rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o`rniga bevosita bog`liqligini isbot qilish edi?

+ A.Luriya
- V.Vundt
- G.Andreyeva
- Nurrey



  1. Kim etnik guruhlar psixologiyasida psixik asos va dinamik qismni farq qiladi?

+ Bromley
- Luriya
- Vigotskiy
- Vundt

  1. Qaysi guruhlarni o`rgangan olimlar oldiga qo`yilgan asosiy muammo individ yakka holda yoki guruhda yaxshi ishlashi, boshqalarning uning ishiga ta`siri haqidagi savollarga javob topish edi?

+ Kichik
- Katta
- Uyushgan
- Real



  1. Ma`lum sotsial faoliyat maqsadlari asosida to`plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasi - bu?

+ Guruh
- Xalq
- Jamoa
- Omma



  1. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. Ushbu guruhga kirmaydigan turni toping.

+ Pozitiv
- Qiyoslash
- Negativ
- Normativ



  1. ...... - shunday guruhki, shaxs o`sha guruhga kirishni, uning ma`qullashiga muhtoj bo`lmaydi, lekin o`z harakatlarini yo`lga solishda unga asoslanadi va korreksiya qiladi.

+ Qiyoslash
- Normativ
- Negativ
- Pozitiv



  1. Agar odamlar ko`chada tasodifiy hodisaning tomoshabini bo`lib turishgan bo`lsa, ular psixologiya tilida nima deb ataladi?

+ Olomon
- Jamoa
- Xalq
- Guruh



  1. Qaysi olim hamkorlikning darajasi mezoniga ko`ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo`lib o`rganishni taklif etadi?

+ Ch.Kuli
- R.S.Nemov
- Ya.Shepanskiy
- G.Andreyeva



  1. Guruhning boshlang`ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan olinadigan ikki kishi nima deb ataladi?

+ Diada
- Triada
- Kvartet
- Ota-ona



  1. Guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo`lsa, tafovut qilishi deganda nima tushuniladi?

+ Psixologik moslik
- Guruhbozlik
- Komformizm
- Uyushganlik



  1. Moslikning mezoni sifatida kim faoliyat natijalari, a`zolarning sarflagan kuch-energiyalari, faoliyatdan qoniqishni keltiradi?

+ N.Obozov
- Ch.Kuli
- R.S.Nemov
- G.Andreyeva



  1. Guruhiy qarorlar qabul qilishda o`zaro ta`sirni kim o`rgangan?

+ T.Mitchell
- Ch.Kuli
- R.Nemov
- N.Obozov



  1. ...... individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish xarakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi.

+ Fatsilitatsiya
- Ingibitsiya
- Komformizm
- Uyushganlik



  1. Boshqalar ta`sirida individ reaktsiyalarida tormozlanish, faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda ...... nomini oldi.

+ Ingibitsiya
- Fatsilitatsiya
- Komformizm
- Uyushganlik



  1. Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo`lish qabul qilingan. Bunday bo`linishni kim taklif etgan?

+ E.Meyo
- Ch.Kuli
- R.Nemov
- N.Obozov



  1. Sotsial psixologiyaga referent guruh tushunchasini kim kiritgan?

+ G.Xaymen
- Ch.Kuli
- R.Nemov
- N.Obozov



  1. Sotsial psixologiyaga referent guruh tushunchasi nechanchi yilda kiritilgan?

+ 1942
- 1943
- 1944
- 1941



  1. Konformizmning nechi xil shakli mavjud?

+ 2
- 4
- 5
- 3



  1. Andreyeva G.M. kichik guruhlarning chegarasini nechi kishi bo`lishi kerak deb hisoblaydi?

+ 12-15
- 15-20
- 25-30
- 30-40



  1. Moreno kichik guruhlarning chegarasini nechi kishi bo`lishi kerak deb hisoblaydi?

+ 30-40
- 15-20
- 25-30
- 12-15



  1. Obozov N. moslikning nechta mezonini ajratadi?

+ 3
- 4
- 5
- 6



  1. Necha xil o`zaro moslik farqlanadi?

+ 2
- 3
- 4
- 5



  1. Fikrlovchi shaxsning yo`qolib ketishi va odamlarning his va fikrlari bir aniq yo`nalishga kirishi qaysi fenomenni xarakterlaydigan bosh qirra hisoblanadi?

+ Olomon
- Guruh
- Jamoa
- Xalq



  1. Odam olomon tarkibida o`ziga xosligini yo`qotadi, psixik ustanovka shaklidagi har bir odamda turlicha rivojlangan sotsial ong, sotsial qadriyatlar, normalar va axloqiy cheklashlar o`chadi, degan fikrni kim bayon qilgan?

+ G.Lebon
- G.Tard
- E.Grassi
- S.Sigelli



  1. Olomon o`z qahramonidan kuch ishlatishni talab qilgan paytda qaysi ambivalent hissiyotlar paydo bo`ladi?

+ Mazoxizm va sadizm
- Negativizm va pozitivizm
- Optimizm va pessimizm
- Mazoxizm va pessimizm



  1. Olomon psixologiyasining eng hayron qolarli belgisi uning affektivligi, qahr-g`azabining junbushga kelishi ekanligini kim ta`kidlagan?

+ Mak-Dugall
- G.Tard
- S.Sigelli
- G.Lebon



  1. Kimning fikricha olomon g`azabining ortib borishiga yuqumlilik va taqlidchanlikdan tashqari yana olomonning alohida har bir odamda cheksiz qudrat va bartaraf qilib bo`lmaydigan xavf taassurotini uyg`otishi ham sabab bo`ladi.

+ Mak-Dugall
- G.Tard
- S.Sigelli
- G.Lebon



  1. "Olomon" atamasi sotsial psixologiyaga qachon kirib keldi?

+ XIX asrning oxiri va XX asrning boshida
- XX asrning oxiri va XXI asrning boshida
- XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida
- XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshida



  1. Olomonni harakatdagi, tajovuzkor, qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik turlarga kim tasniflagan?

+ Yu.A. Sherkovin
- Mak-Dugall
- G.Lebon
- S.Sigelli



  1. Umumiy tuyg`ularni birgalashib ifodalayotgan kishilar guruhi nima deb ataladi?

+ Ekspressiv olomon
- To`satdan yuzaga kelgan olomon
- Konvensional olomon
- Harakatdagi olomon



  1. ...... ya`ni bunda ayrim shaxslar o`zlari bilmagan holda shu oqimga qo`shilib ketadilar va olomonni to`ldiradi.

+ Adashib qo`shilib qolgan shaxslar
- Ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar
- Olomon harakatini qo`llab-quvvatlaydigan shaxslar
- Boshlovchilar (ya`ni, o`t yoquvchilar)



  1. Olomon tarkibidagi eng qo`rqinchli shaxslar ...... shaxslar bo`lib, ular o`z axloqini ko`z-ko`z qiladilar.

+ Ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik)
- Olomon harakatini qo`llab-quvvatlaydigan shaxslar
- Boshlovchilar (ya`ni, o`t yoquvchilar)
- Adashib qo`shilib qolgan shaxslar



  1. ...... shaxslarning olomon tarkibida bevosita ishtiroki deyarli kamdan kam hollarda bo`ladi.

+ Olomon harakatini qo`llab-quvvatlaydigan
- Boshlovchilar (ya`ni, o`t yoquvchilar)
- Adashib qo`shilib qolgan
- Ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik)



  1. ...... olomonning axloqiy xatti-harakatini izdan chiqaradi va bir yo`nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o`zlari hech qanday ishni amalga oshirmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar.

+ Boshlovchilar (ya`ni, o`t yoquvchilar)
- Ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar
- Olomon harakatini qo`llab-quvvatlaydigan shaxslar
- Adashib qo`shilib qolgan shaxslar



  1. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma`lumotlar almashinuvi asosan necha shaklda amalga oshiriladi?

+ 3
- 4
- 5
- 7



  1. Ma`ruzachi yoki o`qituvchining tinglovchilar yoki o`quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so`zlashi, darsni bayon etishi bu?

+ Monolog
- Dialog
- Polilog
- Interfaol



  1. O`quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o`qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo`li bu?

+ Dialog
- Monolog
- Polilog
- Interfaol



  1. Guruh ichidagi munozara bu?

+ Polilog
- Dialog
- Monolog
- Interfaol



  1. ...... an`anaviy dars o`tkazish shakli bo`lib, tinglovchilar bir-birlarining yuzlarini ko`rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi o`qituvchiga, u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning mavqelari, mas'uliyati turlicha.

+ "Sinf sharoiti"
- "Men - o`yinda"
- "Men - munozarada"
- "Men - hamkorlikdaman"



  1. Tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o`rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim sotsial rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo`ladi, xatto boshlovchi ham "qatorda" o`tiradi.

+ "Men - o`yinda"
- "Sinf sharoiti"
- "Men - munozarada"
- "Men - hamkorlikdaman"



  1. ...... deb ataluvchi bu holat ayni bahs-munozaralar o`tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o`z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to`rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.

+ "Men - munozarada"
- "Men - o`yinda"
- "Sinf sharoiti"
- "Men - hamkorlikdaman"



  1. ...... degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a`zolari to`rt-besh kishidan bo`lib alohida stollar atrofida o`tirib, har bir guruh o`z qarorini chiqaradi.

+ "Men - hamkorlikdaman"
- "Men - o`yinda"
- "Men - munozarada"
- "Sinf sharoiti"



  1. Sotsiallashuv atamasini birinchi bo`lib qo`llagan olimni toping.

+ F.G.Giddings
- E.Fromm
- A.Antonov
- G.Andreyeva



  1. "Ijtimoiylashuv nazariyasi" kitobi kim tomonidan yozilgan?

+ F.G.Giddings
- E.Fromm
- A.Antonov
- G.Andreyeva



  1. Giddings "Ijtimoiylashuv nazariyasi" kitobini nechanchi yilda chop ettirgan?

+ 1897 yil
- 1867 yil
- 1877 yil
- 1888 yil



  1. Har birimizning jamiyatdagi o`rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo`lgani, jamiyatga qo`shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ...... .

+ Sotsiallashuv deb ataladi
- Refleksiya deb ataladi
- Adaptatsiya deb ataladi
- Identifikatsiya deb ataladi



  1. Individ sotsial tajribani necha bosqichda o`zlashtiradi?

+ 3
- 2
- 5
- 4



  1. "Yosh psixologiyasi uchun bu muammo "shaxs" mavzusiga taalluqli bo`lsa, sotsial psixologiya uchun "shaxsning jamiyatga ta'siri" tomondan qiziqroq hisoblanadi". Ushbu fikr kimga tegishli?

+ G.M.Andreyeva
- E.Fromm
- A.Antonov
- J.Rotter



  1. Sotsiallashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart-sharoitlari nima deb ataladi?

+ Sotsial institutlar
- Ta`lim maskanlari
- Oila va mahalla
- Mehnat jamoalari



  1. Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo`naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg`un, barqaror motivlar majmuiga ega bo`lishlik shaxsning ...... deb ataladi?

+ Yo`nalganligi
- Mas`uliyati
- Qiziqishlari
- Dunyoqarashi



  1. "Nazorat lokusi" nazriyasi tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan?

+ J.Rotter
- F.G.Giddings
- E.Fromm
- A.Antonov



  1. ...... anglangan motivlardan bo`lib, ular shaxsni atrofida ro`y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o`zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to`plash, ularni o`rganishga imkon beruvchi omildir....

+ Qiziqishlar
- Dunyoqarash
- Maqsadlar
- E`tiqod



  1. Qaysi atamaning ma`nosi inglizcha "Set" so`zidan olingan bo`lib, ko`rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo`l-yo`riq ko`rsatish ma`nosida qo`llaniladi?

+ Ustanovka
- Sotsial ustanovka
- Refleksiya
- Instruksiya



  1. Sotsial psixologiyaning birinchi bosqichi - fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritilishi hamda olimlar ijtimoiy ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborgan davr qachonga tegishli?

+ XX asr boshlari
- XX asr o`rtalari
- XIX asr oxiri
- XIX asr boshlari



  1. "Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada" asari mualliflari kim?

+ U.Tomas, F.Znanetskiy
- G.Ollport, E.Bogardus
- D.N.Uznadze, M.Smit
- G.Ollport, F.Znanetskiy



  1. Qaysi yilga kelib faqat Amerika adabiyotlarining o`zidagina ijtimoiy ustanovkalarning 20 ga yaqin ta`riflari vujudga kelgan edi?

+ 1935
- 1934
- 1984
- 1945



  1. Ijtimoiy ustanovkaning o`rganilishida ikkinchi bosqich qaysi yillarni o`z ichiga oladi?

+ 1939-1950
- 1950-1955
- 1935-1955
- 1940-1950



  1. Kim "Ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir", deb ta`kidlagan?

+ G.Ollport
- U.Tomas
- D.Uznadze
- F.Znanetskiy



  1. Inglizchadan o`zbek tiliga yaroqlilik, moslik deb tarjima qilinuvchi atamani toping.

+ Attityud
- Set
- Adaptatsiya
- Komponent



  1. "Komponentlilik" nazariyasi qaysi olimlar tomonidan taklif etilgan?

+ I.Aytsen, M.Fishbayn
- G.Ollport, E.Bogardus
- U.Tomas, F.Znanetskiy
- G.Ollport, F.Znanetskiy



  1. "Attityud - bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish an`anasidir" degan fikr kimga tegishli?

+ E.Bogardus
- I.Aytsen
- M. Fishbayn
- U.Tomas



  1. Ijtimoiy ustanovkaning o`rganilishida uchinchi bosqich qaysi yillarni o`z ichiga oladi?

+ 1960 yildan hozirgacha
- 1950 yildan hozirgacha
- 1940 yildan hozirgacha
- 1935 yildan hozirgacha



  1. Boshqaruvda asosan ma`murchilik yo`lini nazarda tutadigan jabha qaysi?

+ Ijtimoiy
- Jamoaviy
- Psixik
- Psixologik



  1. Qaysi atama shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a`zolariga ta`sir o`tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi?

+ Lider
- Boshliq
- Rahbar
- Boshlovchi



  1. Lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa ......

+ Rahbar - shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi
- Rahbarlik - kichik guruhlargagina xos bo`lgan hodisa
- Rahbarlik - stixiyali, betartib jarayon
- Rahbar - shu guruhdagi ijtimoiy munosabatlarni boshqaradi



  1. Kim agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo`ladigan hodisa ekanligini aytgan?

+ B.D.Parigin
- K.Berd
- U.Tomas
- G.Andreyeva



  1. Ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo`lgan uchinchi nazariya liderlikning qaysi nazariyasi sanaladi?

+ Sintetik
- Xarizmatik
- Vaziyatga bog`liqlik
- Liderlik sifatlari nazariyasi



  1. Qaysi olim 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik qirralari ro`yxatini tuzgan?

+ K.Berd
- B.D.Parigin
- U.Tomas
- Z.Freyd



  1. Kimning konsepsiyasiga ko`ra liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko`proq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin?

+ A.N.Leontyev
- B.D. Parigin
- K.Berd
- G.Andreyeva



  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoadan chetda", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Avtoritar
- Demokratik
- Liberal
- Partisipativlik



  1. Avtoritar lider bosh bo`lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo`lib, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lishi haqidagi fikr kimlarga tegishli?

+ G.Gibsh va M.Forverg
- K.Berd va A.N.Leontyev
- M.Forverg va K.Berd
- B.D. Parigin va M.Yu.Jukov



  1. Liberal uslubning ikkinchi nomini toping.

+ Loqayd
- Ozod
- Mehnatkash
- E`tiborli



  1. ...... - bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro`si, nufuzi orqasidan ularga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi.

+ Psixologik
- Jamoaviy
- Psixik
- Ijtimoiy



  1. Berd K. nechinchi yilda 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik qirralari ro`yxatini tuzdi?

+ 1940
- 1942
- 1945
- 1941



  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoa ichida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Demokratik
- Avtoritar
- Liberal
- Partisipativlik



  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "guruh tashqarisida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Liberal
- Avtoritar
- Demokratik
- Partisipativlik



  1. ...... unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo`lida xodimlar bilan gorizontal yo`nalishdagi munosabatlarni rivojlantirishi tushuniladi.

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega bo`lgan maxsus guruhlar tuzish qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Rahbar o`z burch va huquqlarining ma`lum qismini xodim zimmasiga o`tkazishi qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb etish qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Qaysi uslubning tarjimasi "ishtirok, sherikchilik" ma`nosini bildiradi?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Gibsh va M.Forverglarning tahlil qilishlaricha, ...... lider bosh bo`lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo`lib, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lar ekan.

+ Avtoritar
- Partisipativlik
- Demokratik
- Liberal



  1. Gibsh va Forverglarning analizlariga ko`ra, bunday boshliq rahbarlik qilgan jamoalarda ma`naviy ruhiy muhit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qoniqish hosil qilganlar, ishdan ketish hollari kam ekan-u, lekin ishlab chiqarish zo`rg`a norma holatida bo`lar ekan.

+ Demokratik
- Partisipativlik
- Avtoritar
- Liberal



  1. Bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko`rsatkichlar doimo orqada, sifat ham yo`q, u rahbar ishda anarxiyani qilib qo`yib, ko`p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.

+ Liberal
- Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik



  1. Qaysi yo`nalishda psixologning vazifasi "Nimani?" va "Kim?" xarid qilib olishga ehtiyoji borligini o`rganishga ko`maklashish sanaladi?

+ Marketing
- Menejerlik
- Personal
- Shaxsiy



  1. Qaysi sohada zarurat tug`ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o`lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o`sha buyurtmachining talabiga ko`ra izlanishlar olib boriladi?

+ Siyosiy
- Iqtisodiy
- Ta`lim-tarbiya
- Ishlab chiqarish



  1. Qachon O`zbekistonda "Oila yili" deb nomlangan?

+ 1998-yil
- 2001-yil
- 2000-yil
- 1999-yil



  1. Psixologning qaysi sohadagi faoliyati har bir shaxsning o`z tug`ma va orttirilgan qobiliyatlarini to`g`ri yo`naltira olishi va namoyon eta olishiga imkon beradi?

+ Maorif
- Huquq-tartibot
- Oila
- Siyosiy



  1. Qanday jarayonda psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o`rgangan holda da`vogar imijini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo`ladigan shaxsiy fazilatlar algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning bahslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo`l-yo`riq va usullar borasida ma`lumotlar almashinish kerak bo`ladi?

+ Saylovoldi kampaniyalarda
- Majlislarda
- Bozor munosabatlarda
- Maorif sohasida



  1. Nimaga ta`rif berilmoqda: Bu kadrlarni ishga jalb etishda bilish zarur bo`lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to`g`ri yo`naltirish, o`z joyiga qo`yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga ma`lumotlarni o`z vaqtida yetkazish bilan bog`liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir.

+ Kadrlar bilan ishlash
- Marketing
- Siyosat
- Maorif



  1. Qaysi sohada tatbiqiy ishlar birinchi navbatda konkret tashkilotda kadrlar zahirasini to`g`ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o`rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar majmuidir?

+ Sanoat va ishlab chiqarsh
- Oziq-ovqat
- Ma`orif
- Siyosat



  1. Amerikalik olim Patrik Byukenen qanday asar muallifi hisoblanadi?

+ “G’arbning o’limi”
- “G’arbning tug’ilishi”
- “Dunyo inqirozi”
- “Dunyo uyg’onishi”



  1. “G’arbning o’limi” asari muallifi kim hisoblanadi?

+ Patrik Byukenen
- Uillyam Mak-Dugall
- Gabriel Tard
- Gustav Lebon

  1. …… – bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak – nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo’lishga intilish ustuvorligidir?

+ Gedonizm
- Altruizm
- Diskriminatsiya
- Stigma



  1. Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o`rtasida kechadigan munosabatlarni o`rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo`lib, bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo`lgan ...

+ altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya kiradi
- agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya, manfaatni ko`zlash, empatiya kiradi
- altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, ijtimoiy me`yortivlar kiradi
- manfaatni ko`zlash, empatiya, ijtimoiy me`yortivlar tashkil etadi



  1. Qaysi olim o`zining kitobida yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, egoizmning jiddiy ta`sirini ko`rsatib o`tadi?

+ Patrik Byukenen
- V.G.Ananev
- Djon Makleodlar
- G.L. Bardiyer



  1. Gedonizm - bu ......

+ shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustuvorligi
- insonning o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilimlarini hamda o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligi
- shaxslararo munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turidir
- o`zgalarning xulq-atvori, e`tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o`zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg`ularini bildiradi



  1. Altruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda necha xil nuqtai nazar mavjud?

+ 2
- 3
- 4
- 5



  1. ...... egoizmning antonimidir.

+ Altruizm
- Gedonizm
- Stigma
- Diskriminatsiya



  1. Stigma atamasi qaysi so’zdan olingan?

+ Yunon
- Lotin
- Ingliz
- Fransuz



  1. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib, «belgi», «dog’» ma’nolarini ifodalaydi.

+ Stigma
- Gedonizm
- Altruizm
- Diskriminatsiya



  1. ...... umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko`rishni bildiradi.

+ Diskriminatsiya
- Altruizm
- Gedonizm
- Stigma



  1. Qaysi tushuncha falsafada bag`rikenglik, halimlik va xayrixohlik tushunchalarini ifodalaydi.

+ Tolerantlik
- Diskriminatsiya
- Altruizm
- Gedonizm



  1. Tolerantlikning murakkab anatomiyasida uning psixologik asosi va bosh o`lchovi - tolerantlikning shaxsiy o`lchami (qadriyatlar, shaxsiy ustanovkalar) hisoblanadi. Ushbu fikr qaysi yondashuvga tegishli?

+ Shaxsiy yondashuv
- Fasilitativ yondashuv
- ekzistensial-gumanistik yondashuv
- diversifikatsion yondashuv



  1. Shaxslararo munosabatlar jarayonida to`liq tolerantlik nafaqat shakllanadi, balki rivojlanadi ham; tolerantlikning shakllanishida unga rivojlanish uchun yaratilgan sharoitlar yordam beradi. Ushbu fikr qaysi yondashuvga tegishli?

+ Fasilitativ yondashuv
- Shaxsiy yondashuv
- ekzistensial-gumanistik yondashuv
- diversifikatsion yondashuv



  1. Tolerantlikning psixologik mazmuni, alohida bir xususiyatga tavsifga olib kelinishi mumkin emas, bu murakkab, ko`p aspektli va ko`p komponentli fenomen boiib, bir nechta bazaviy o`lchamlarga ega. Ushbu fikr qaysi yondashuvga tegishli?

+ diversifikatsion yondashuv
- Fasilitativ yondashuv
- Shaxsiy yondashuv
- ekzistensial-gumanistik yondashuv



  1. "Inson va hayvonlarda agressiyaning tug`ma instinkti mavjud bo`ladi" degan qarash mualliflarini aniqlang.

+ U.Makdugall, Z.Freyd
- K.Lorens, G.Marrey
- I.S. Kon va A. Kupershmidt
- L.Berkovits va K.Lorens



  1. Berkovitsning ijtimoiy bilish nazariyasiga ko`ra ......

+ maqsadga yo'naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to`siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi
- inson va hayvonlarda agressiyaning tug`ma instinkti mavjud bo'ladi
- agressivlik frustratsiyaning oqibatidir
- agressiya kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko`rinishidir



  1. Agressiya - ......

+ inson va hayvonlarda agressiyaning tug`ma instinkti mavjud bo`ladi
- maqsadga yo`naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to`siq
- maqsadga yo'naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to`siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi
- boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo`ygan fe’l-atvorning har qanday shakli



  1. Bass tomonidan taklif etilgan agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin. Bular ......

+ jismoniy-verbal, aktiv-passiv va to`g`ri-egri
- jismoniy, passiv va to`g`ri-egri
- verbal, passiv va jismoniy
- jismoniy-verbal, to`g`ri, egri



  1. Qaysi nazariya tarafdorlari "agressivlik - individuumlarning mavjud resurslardan o`z hissasini olish vositasi bo`lib, o`z o`rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan genetik darajada) omad olib keladi" degan g`oyani ilgari surganlar?

+ Sotsiobiologik nazariya tarafdorlari
- Psixogenetik nazariya tarafdorlari
- Etologik nazariya tarafdorlari
- Frustatsion nazariya tarafdorlari



  1. Lorens ta`limotiga ko`ra ......

+ agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo`lgan hayot uchun kurash tug`ma instinktidan kelib chiqqan
- maqsadga yo`naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to`siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi
- boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo`ygan fe’l-atvorning har qanday shakli
- maqsadga yo`naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to`siq



  1. Quyida fanda "agressiyani chiqarib yuborish" fenomeni deb nom olgan hoiatni aniqlang.

+ agar frustratsiya qo'rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo`lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko`pincha boshqalardan oladi
- agar shaxs o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho'zilib ketsa, bunday holat albatta agressiyani chaqiradi
- shaxsning o`z oldiga qo`ygan maqsadi yoiida uchragan to'siq yengib bo`lmas darajada bo`lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, agressiya vujudga keladi
- ketma-ket frustratsiyalar soni - agar maqsad yo`lida bir to`siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik davom etaveradi



  1. Qaysi olimning fikriga ko`ra, kichkina qotillar "tartibsizlik, bir-birining his-tuyg`ulariga befarqlik, jismoniy zo`ravonlik, bir-birini qo`llamaslik va bir-birining taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda" ulg`ayadilar?

+ Mak-Karti
- U. Makdaugoll
- Z. Freyd
- I.S.Kon



  1. Djeyms Pattersonning fikricha,

+ "aka-uka va opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga o`qituvchidirlar"
- odatda, kichkina qotillar tartibsizlik va sukunat hukm surgan, bir-birining his-tuyg`ulariga befarqlik, jismoniy zo`ravonlik, bir-birini qo`llamaslik va bir-birining taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda sodir bo`ladi
- agar frustratsiya qo`rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo`lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko`pincha boshqalardan oladi
- agressivlik - individuumlarning mavjud resurslardan o`z hissasini olish vositasi bo`lib, o`z o`rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan genetik darajada) omad olib keladi



  1. O`smirlik davrida o`g`il bolalarda ikki tipdagi agressiyaning namoyon bo`lishi necha yoshga to`g`ri keladi?

+ 12 yosh va 14-15 yosh
- 11 yosh va 13-15 yosh
- 12 yosh va 13-15 yosh
- 11-12 yosh va 15 yosh



  1. Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud bo’lib, ular nechtani tashkil etadi?

+ 5
- 4
- 6
- 7



  1. Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv asoschisi kim hisoblanadi?

+ Z.Freyd
- K.Lorens
- A.Bandura
- D.Bass



  1. Etologik yondashuv asoschisi kim hisoblanadi?

+ K.Lorens
- Z.Freyd
- A.Bandura
- D.Bass



  1. Agressiyaning ijtimoiy o’rganish nazariyasi asoschisi kim hisoblanadi?

+ A.Bandura
- Z.Freyd
- K.Lorens
- D.Bass



  1. Agressiyaning frustratsiya nazariyasi asoschisi kim hisoblanadi?

+ D.Dollard
- Z.Freyd
- K.Lorens
- D.Bass



  1. Frustratsiya – bu …?

+ maqsadga erishishga to’sqinlik qiluvchi barcha narsalardir
- maqsadga erishishga yordam beruvchi barcha narsalardir
- faoliyatga undovchi sabab
- shaxs agressiyasi



  1. Bola agressiv xatti-harakat namunalarini asosan qanday manbaga asoslanib to’playdi?

+ nosog’lom oila muhiti, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositalari
- nosog’lom oila muhiti
- ommaviy axborot vositalari
- tengdoshlar guruhi



  1. Bola agressiv xatti-harakat namunalarini asosan qanday manbaga asoslanib to’playdi?

+ nosog’lom oila muhiti, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositalari
- nosog’lom oila muhiti
- ommaviy axborot vositalari
- tengdoshlar guruhi

  1. Odamni sovuq qurol bilan jarohatlash, uni kaltaklash va o’qotar qurol bilan yaralash – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Jismoniy-aktiv-to’g‘ri
- Jismoniy-aktiv-egri
- Jismoniy-passiv-to’g‘ri
- Jismoniy-aktiv-egri

  1. Qopqon-minalarni qo’yish; yollanma qotil bilan dushmanini yo’q qilish uchun til biriktirish – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Jismoniy-aktiv-egri
- Jismoniy-aktiv-to’g‘ri
- Jismoniy-passiv-to’g‘ri
- Jismoniy-aktiv-egri



  1. Odamning maqsadga erishishiga yoki istagan faoliyati bilan shug‘ullanishiga (masalan, o’tirib o’tkaziladigan namoyish) jismonan yo’l qo’ymaslikka harakat qilish – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Jismoniy-passiv-to’g‘ri
- Jismoniy-aktiv-egri
- Jismoniy-aktiv-to’g‘ri
- Jismoniy-aktiv-egri



  1. Zarur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masalan, o’tirib o’tkaziladigan namoyish paytida hududni bo’shatib qo’yishdan bosh tortish) – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Jismoniy-aktiv-egri
- Jismoniy-aktiv-egri
- Jismoniy-aktiv-to’g‘ri
- Jismoniy-passiv-to’g‘ri



  1. So’z bilan haqoratlash yoki boshqa odamni kamsitish – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Verbal-aktiv-to’g‘ri
- Verbal-aktiv-egri
- Verbal-passiv-to’g‘ri
- Verbal-passiv-egri



  1. Boshqa odamga tuhmat qilish yoki u haqida mish-mishlar tarqatish – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Verbal-aktiv-egri
- Verbal-aktiv-to’g‘ri
- Verbal-passiv-to’g‘ri
- Verbal-passiv-egri



  1. Boshqa odam bilan gaplashishdan, uning savollariga javob berishdan bosh tortish va boshqalar – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Verbal-passiv-to’g‘ri
- Verbal-aktiv-to’g‘ri
- Verbal-aktiv-egri
- Verbal-passiv-egri



  1. Aniqlik kiritishdan va tushuntirib berishdan bosh tortish (masalan, nohaq tanqid ostiga olingan odamni himoyasi uchun biron-bir gap aytishdan bosh tortish) – bu agressivlik shkalasining qaysi kombinatsiyasiga to’g’ri keladi?

+ Verbal-passiv-egri
- Verbal-aktiv-to’g‘ri
- Verbal-aktiv-egri
- Verbal-passiv-to’g‘ri



  1. Amerikalik sotsiolog Nil Djozef Smelzer necha xil guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi?

+ 4 xil
- 5 xil
- 3 xil
- 2 xil



  1. Referent guruh tushunchasini fanga kiritgan olim kim?

+ G.Xaymen
- Ch.Kuli
- E.Meyo
- V.Myode

  1. Referent guruh tushunchasi fanga nechanchi yilda kiritilgan?

+ 1942 yilda
- 1940 yilda
- 1945 yilda
- 1944 yilda



  1. …. individ guruh fikriga to‘laligicha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi?

+ ichki komforlilik
- tashqi komforlilik
- negativizm
- neokomformizm



  1. …. individ guruh fikriga nomigagina qo‘shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi?

+ tashqi komforlilik
- ichki komforlilik
- negativizm
- neokomformizm



  1. …. bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeini namoyon qilishidir?

+ negativizm
- ichki komforlilik
- tashqi komforlilik
- neokomformizm



  1. Necha xil o‘zaro moslik farqlanadi?

+ 2 xil
- 3 xil
- 4 xil
- 5 xil



  1. Kimning ta’kidlashicha, olomon psixologiyasining eng hayron qolarli belgisi uning affektivliligi, qahr g‘azabining junbushga kelishidir?

+ Mak-Dugall
- G.Lebon
- G.Tard
- S.Sigeli



  1. Kimning ta’kidlashicha, olomon g‘azabining ortib borishiga yuqumlilik va taqlidchanlikdan tashqari yana olomonning alohida har bir odamda cheksiz qudrat va bartaraf qilib bo‘lmaydigan xavf taassurotini uyg‘otishi ham sabab bo‘ladi?

+ Mak-Dugall
- G.Lebon
- G.Tard
- S.Sigeli



  1. «Olomon» atamasi sotsial psixologiyaga qachon kirib kelgan?

+ XIX asrning oxiri va XX asrning boshida
- XVII asrning oxiri va XIX asrning boshida
- XX asrning oxiri va XXI asrning boshida
- XIX asrning boshida



  1. Olomon sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab, necha turga bo‘linadi?

+ 4 xil
- 5 xil
- 6 xil
- 3 xil



  1. Kimning fikricha, “Olomon yig‘ilganda millati, kasbi, tilidan qat’i nazar, ularda maqsad bitta bo‘ladi va ularning ongida to‘la fikrlash yo‘qoladi, hatto o‘lim ham ularga qo‘rqinchli emasdek ko‘rinadi”?

+ G.Lebon
- Mak-Dugall
- G.Tard
- S.Sigeli



  1. Kimlarning fikricha, “Ijtimoiy rollar shaxsning aniq bir vaziyatda optimal harakat qilishini ta’minlovchi uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan xulq-atvor usullaridir”?

+ Dj.Mid va T.Shibutani
- R.Linton va D.Mid
- T.Parsons va D.Mid
- D.Moreno va T.Shibutani



  1. «Nazorat lokusi» tushunchasini fanga kim kiritgan?

+ J.B.Rotter
- R.Linton
- F.G.Giddings
- D.Moreno



  1. «Sotsiallashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni sotsial hayotga tayyorlashdir» degan fikr kimga tegishli?

+ F.G.Giddings
- R.Linton
- J.B.Rotter
- D.Moreno



  1. «Ijtimoiylashuv nazariyasi» kitobi muallifi kim?

+ F.G.Giddings
- R.Linton
- J.B.Rotter
- D.Moreno



  1. Kimning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan?

+ J.B.Rotter
- R.Linton
- F.G.Giddings
- D.Moreno



  1. Kimning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan?

+ J.B.Rotter
- R.Linton
- F.G.Giddings
- D.Moreno



  1. «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asar nashr qilingan yillar?

+ 1918-1920 yillar
- 1920-1922 yillar
- 1918-1922 yillar
- 1915-1917 yillar



  1. «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asar mualliflari kimlar?

+ U.Tomas va F.Znanetskiy
- R.Linton va D.Mid
- T.Parsons va D.Mid
- D.Moreno va T.Shibutani



  1. 1942 yil kim attityudning 3 komponentli strukturasini ishlab chiqdi?

+ M.Smit
- E.Bogardus
- U.Tomas
- G.Ollport

  1. M.Smit attityudning 3 komponentli strukturasini nechanchi yilda ishlab chiqdi?

+ 1942 yilda
- 1943 yilda
- 1945 yilda
- 1947 yilda



  1. M.Smit attityudning necha komponentli strukturasini ishlab chiqdi?

+ 3
- 4
- 5
- 6



  1. 1940 yilda amerikalik K.Berd nechta sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi.?

+ 79 ta
- 121 ta
- 113 ta
- 159



  1. Boshqaruv tuzilma sifatida bo`laklarga ajratiladi. Quydagilardan qaysi bir javobda boshqaruv tuzilmalari to`g`ri berilgan?

+ boshqaruvchi va boshqariluvchi
- subyekt va obyekt
- boshliq va xodim
- direktor va xodim



  1. Boshqaruvda ikkita asosiy funksiya mavjud bo`lib ular to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

+ maqsadga yo`naltiruvchi va tashkiliy
- prognoz va rejalashtirish
- ehtiyoj va motivatsiya
- barcha javoblar to`g`ri



  1. Maqsadga yo`naltiruvchi funksiyani ado etishda quydagi vazifalardan qaysi birlari ishtirok etadi?

+ natijani prognozlash; maqsad sari faoliyatni rejalash; amalga oshirish motivasiyalari
- faoliyatni nazorat etish; kuchlarni safarbar etish; maqsad sari faoliyatni rejalash
- natijani prognozlash; maqsad sari faoliyatni rejalash; faoliyatni nazorat etish
- faoliyatni nazorat etish; kuchlarni safarbar etish; amalga oshirish motivasiyalari



  1. Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar - bu

+ "personal"
- "inson"
- "inson resursi"
- "ishchi xodim"



  1. ...... - kasbiy mahoratini oshirish yo`lidagi asosiy tadbir bo`lib, ushbu omil nafaqat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik mahoratini oshirishga ham tegishlidir?

+ personalni o`qitish
- kasbga tayyorlash
- xodimlarni motivatsiyalash
- adaptatsiya



  1. Quydagi olimlardan qaysi biri boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini 8 ta davrga ajratgan holda tadqiq etgan?

+ Spivak V.A.
- Fayol A.
- Uoyt Teylor
- Elton Meyo



  1. Quydagi olimlardan qaysi biri 1902 yilda konveyer usulini yaratdi?

+ Rensom Olds
- Uoyt Teylor
- Fayol
- Elton Meyo



  1. 1920-1950 yillarda boshqaruvda keng miqyosda tatbiq etila boshlangan "Ma`muriy boshqaruv maktabi" yondoshuvning asoschisi kim?

+ Fayol
- Uoyt Teylor
- Elton Meyo
+ Rensom Olds



  1. Quydagi nazariyalardan qay birining asosida - ishchi kuchi kapital sifatida, masalan pul tarzida idrok etiladi?

+ "inson kapitali"
- "inson resurslarini rivojlantirish"
- "tizimli yondoshuv"
- "miqdoriy yondoshuv"



  1. Boshqaruv psixologiyasining predmeti - bu ...... ?

+ boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati
- faoliyatdagi shaxs
- xodimlar jamlanmasi
- barcha javoblar to`g`ri



  1. Harakatga turtki bo`luvchi ichki kuch motiv va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi - bu?

+ motivasiya
- motiv
- ehtiyoj
- faoliyat



  1. Motivasiyaning ikki shakli farqlanadi bular qaysilar?

+ ichkiv tashqi motivatsiya
- ijobiy va salbiy motivatsiya
- xodim va rahbar motivatsiyasi
- to`g`ri javob berilmagan



  1. Ehtiyoj+maqsad+obyekt+xatti-harakati - bu ...... ?

+ inson faolligining eng sodda tarzdagi bayoni
- dolzarb ehtiyojni aniqlash va uni qondirilishi bilan bog`liq tadbirlar
- xodimlarni boshqarishning asosiy g`oyasi
- tashkilot maqsadini ifoda etuvchi manfaatlar



  1. Abraxam Maslouning motivlar iyerarxiyasi haqidagi ta`limotiga binoan, insondagi mavjud hamma ehtiyojlar va motivlar besh asosiy guruhga kiritilishi mumkin. Ularni quyidan yuqoriga tartibda to`gri berilgan qatorni toping?

+ Fiziologik ehtiyojlar; Xavfsizlikka bo`lgan ehtiyojlar; Ijtimoiy ehtiyojlar; Tan olinish ehtiyojlari; O`z-o`zini takomillashtirish
- Fiziologik ehtiyojlar; Ijtimoiy ehtiyojlar; O`z-o`zini takomillashtirish; Xavfsizlikka bo`lgan ehtiyojlar; Tan olinish ehtiyojlari
- Fiziologik ehtiyojlar; Tan olinish ehtiyojlari; Ijtimoiy ehtiyojlar; O`z-o`zini takomillashtirish; Xavfsizlikka bo`lgan ehtiyojlar
- Fiziologik ehtiyojlar; Xavfsizlikka bo`lgan ehtiyojlar; Ijtimoiy ehtiyojlar; O`z-o`zini takomillashtirish; Tan olinish ehtiyojlari



  1. Makkeland ta`limotiga ko`ra rahbar o`z faoliyatini amalga oshirishda quydagi ehtiyojlardan qaysi birlari doirasida amalga oshiradi?

+ muvaffaqiyatga erishish, hissiy bog`liqlikni ifodalovchi ehtiyojlar va hokimlik ehtiyoji
- xavsizlikka bo`lgan ehtiyoj, tan olinish ehtiyoji va o`z-o`zini takomillashtirish ehtiyoji
- fiziologik va tan olinish ehtiyoji
- barcha javoblar to`g`ri



  1. U yoki bu motivasiya strategiyasini qabul qilishga uch xil yondoshish mumkin bo`lib bular qaysilar?

+ rag`batlantirish va jazolash, mehnat orqali motivasiyalash va rahbar bilan bo`lgan aloqani kuchaytirish
- jazolash va o`rgatish orqali
- rag`batlantirish, xodimlar munosabatini iliqlashtirish va motivatsiyalash orqali
- barcha javoblar to`g`ri



  1. Boshqaruv amaliyotida xodim mehnat faoliyatini kuchaytirish uchun quyidagilardan qaysi bir motivasiya uslublari qo`llanilmaydi?

+ Ogohlantirishlar bermaslik
- Rahbarlikka jalb etish
- Tashkilot bilan yakdillik hissiyotini uyg`otish.
- Yutuqlarni tan olish va taqdirlash.



  1. Xodimlarda mavjud ehtiyoj va layoqatni bilishga oid yana bir ta`limot "X" va "Y" nazarya muallifi kim?

+ Mak-Gregor
- Maslou
- Xersberg
- Makkeland



  1. Quydagi ta`limotlardan qaysi birining mazmuni ko`proq rahbarlarga oid xulqni tushunishga imkon beradi?

+ Makkeland
- Mak-Gregor
- Maslou
- Xersberg



  1. ...... universal rag`batlantirish uslubi bo`lib, har qanday malaka va ma`lumotli xodimlar uchun ahamiyatli omil?

+ pul
- sharoit
- rag`batlantirish
- yakdillik



  1. " ...... bu - o`zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orqali tashqi olamni o`zgartira oluvchi subyekt, insondir"?

+ shaxs
- inson
- xodim
- rahbar



  1. Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo`lib o`rganiladi bular qaysilar?

+ biografik tavsif, qobiliyat va shaxs xislatlari
- bilim darajasi, xislatlari va qobiliyati
- bilimi, hissiyoti va muloqoti
- bilim darajasi, muloqoti va qobiliyati



  1. Rahbar shaxsining biografik jihatlariga quydagilardan qaysi birlari kiradi?

+ yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va ma`lumoti
- kelib chiqishi, ma`lumoti, bilim darajasi va yoshi
- yoshi, jinsi, bilim doirasi va oilaviy ahvoli
- millati, ma`lumoti va jinsi



  1. Quydagi olimlardan qaysi birining tadqiqotlari natijasiga ko`ra boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmaydi?

+ Denmark
- Xollander
- Kono
- Li Yakkokko



  1. Taniqli olima, Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki ...... ?

+ ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko`proq e`tibor beradilar
- erkaklar ko`proq mas`uliyatni o`z zimmasiga oladilar
- ayollar ko`proq qattiqqo`l bo`lishadi
- hech qanday tafovut sezilmaydi



  1. Bir qator tajriba va kuzatish natijalari yana bir boshqa ma`lumotlarni ham beradi. Rahbarlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, erkak va ayol rahbar o`z ish faoliyatida ...... ?

+ o`z uslublarida shunchalik qarama-qarshi jins xususiyatlarini namoyish etadilar
- o`zga insonga aylanib oladilar
- bunday paytda ayollar muammoga yechim topolmaydilar
- intellekt, qadriyatlar, shaxs xususiyatlari, ma`lumot darajasi, boshqaruv sohasidagi tajriba kabilarni namoyon qiladilar



  1. Biznes boshqaruvi sohasidagi olim muallifligidagi "Boshqaruv qo`llanmasida" nomli asar muallifini toping?

+ Stogdill
- Denmark
- Xollander
- Kono



  1. Muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei o`rtasidagi bog`liqlik necha % ga teng?

+ 94%
- 88%
- 98%
- 78%



  1. Muvaffaqiyatli boshqaruv va ma`lumoti o`rtasidagi bog`liqlik necha % ga teng?

+ 88%
- 89%
- 94%
- 87%



  1. O`tgan asrning 50 yillarida, har qanday sohada uddaburro rahbar bo`la olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar o`tkazildi. Natijada, boshqaruvni mukammal ijro etuvchi hamma rahbarlarga xos fazilatlar umumlashtirilganda, atigi 5% xislat ko`zga tashlangan. Bu hislatlar to`g`ri berilgan qatorni toping? 1. Aql-idrok, murakkab va mavhum muammolarni yechish qobiliyati o`rtadan baland, ammo juda yuqori bo`lmasligi shart; 2. O`ziga ishonch, o`z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash. 3. Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi 4. Tashabbus, harakatga ehtiyojni anglash va shunga taalluqli saloxiyatga egalik; 5. O`z kuchiga cheksiz ishonch;

+ 1; 2; 4
- 1; 3; 5
- 2; 3; 5
- 1; 4; 5



  1. ...... - rahbarning o`z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo`yicha qo`llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir?

+ boshqaruv uslubi
- boshqarish
- xodimlarga yondoshuv
- tizimli boshqaruv



  1. Tizimli yondoshuv tamoyiliga binoan, qo`llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo`ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalari ...... ?

+ mos kelishi kerak
- zid bo`lishi kerak
- o`rganilib chiqilishi kerak
- rejalashtirilishi kerak



  1. An`anaviy yondoshuvning asoschisi kim?

+ Kurt Levin
- Xersi va Blanded
- Bass va Barretta
- Kono



  1. Psixologik nuqtai nazardan qaysi uslubda asosan quydagi kamchiliklar kuzatiladi? 1) xatoga yo`l qo`yish ehtimoli oshadi; 2) tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so`ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi; 3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqyeidan qoniqmasliklari; 4) nosog`lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zo`riqishlar oshishi va sog`liqqa salbiy ta`siri.

+ avtoritar uslub
- demokratik uslub
- liberal uslub
- partisipativlik



  1. Quydagi uslublardan qaysi birida boshqaruv pog`onalarida qaror qabul qilish "pastdan tepaga" qarab boradi, ya`ni avval quyi bo`g`in rahbarlaridan yig`ilgan fikrlar asosida yuqori bo`g`inda qaror ishlab chiqiladi?

+ demokratik uslub
- avtoritar uslub
- liberal uslub
- partisipativlik



  1. Quydagi uslublardan qaysi birida jamoada xodimga butkul erkinlik beriladi, u o`z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi?

+ liberal uslubda
- avtoritar uslubda
- demokratik uslubda
- situativ yondoshuvda



  1. Xersi va Blanded tomonidan ilgari surilgan yondoshuv to`g`ri berilgan javobni toping?

+ situativ yondoshuv
- ikki tizimli tipologiya
- partisipativlik
- an`anaviy yondoshuvlar



  1. Boshqaruvning u yoki bu uslubini qo`llash xodimlar va jamoaning psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog`liq bo`lgan yondoshuv bu - ...... ?

+ situativ yondoshuv
- boshqaruv matritsasi
- partisipativlik
- an`anaviy yondoshuv



  1. "Ikki tizimli tipologiya" yondoshuviga asosan besh toifa rahbarlar farqlanadi. Ular to`g`ri berilgan qatorni toping?

+ liberal, tashkilotchi, manipulyator, pessimist va diktator
- liberal, manipulyator, demokratik va diktator
- liberal, demokratik, manipulyator, pessimist va dictator
- demokratik, tashkilotchi, manipulyator, pessimist va dictator



  1. Partisipativlik usulibini har qanday rahbar ham qo`llay olmaydi. Ushbu uslubni qo`llash uchun quydagilardan qaysi birlarini inobatga olish zarur? 1. rahbar shaxsini, 2. xodimlarni, 3. guruh oldida qanday vazifalar turgani, 4. qaror qabul qila olishni, 5. xodimlar saviyasini

+ 1; 2; 5
- 2; 3; 4
- 3; 4; 5
- 1; 3; 5



  1. Boshqaruv muloqoti - bu ...... ?

+ xodimlarni ma`lum tomonga yo`naltirish maqsadidagi o`zaro ma`lumot almashinuvi jarayoni
- xodimlarga ko`mak berishni ko`zlovchi jarayon
- xodimlar va tashkilot faoliyatini tashkil etish jarayoni
- nazorat va xodimlar faoliyatini rag`batlantirish jarayoni



  1. To`la-to`kis va me`yorida tashkil etilgan rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlardan qaysi birlarini o`z ichiga olmaydi? 1. Aloqa- kontakt o`rnatish. 2. Masalani muhokama qilish. 3. Yechim variantlarini izlash. 4. Buyruq va topshiriq uzatish. 5. Hisobotni qabul qilish. 6. Qaror qabul qilish.

+ 4; 5
- 1; 2; 3
- 2; 4; 6
- 3; 4



  1. Psixologiya fanida muloqot turlari ikkiga bo`linadi bular qaysilar?

+ shaxsiy va ish yuzasidan
- ichki va tashqi
- verba va noverbal
- xodim va rahbar muloqoti



  1. Quydagi axborotlardan qaysi birlariga ega bo`lgan rahbar har qanday topshiriqni xodimga ishonch bilan topshirishi va ijobiy natija kutishi mumkin? 1) yoshi; 2) mutaxassisligi, kasbi; 3) shu tashkilotda necha yildan beri ishlayotganligi; 4) oilaviy ahvoli; 5) qobiliyati; 6) sog`ligi haqidagi ma`lumot

+ 1; 2; 3; 4; 5; 6
- 2; 3; 5; 6
- 1; 3; 5; 6
- 1; 2; 3; 6



  1. O`zgani tushunishning asosiy sharti sifatida tinglash malakasi namoyon bo`ladi. Odatda, tinglashning ...... ko`rinishlari farq etiladi?

+ faol va passiv
- ichki va tashqi
- aktiv va ixtiyoriy
- shaxsiy va jamoaviy



  1. Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon bo`ladi. Bular qaysilar?

+ diqqatning suhbatdoshga yo`nalganligi, faollik va xayrixohlik
- suhbatdosh bilan yo`nalganlik, kirishimlilik va faollik
- suhbatdosh bilan bir xil tasavvur, faollik va muloqotchanlik
- diqqatning suhbatdoshga yo`nalganligi, faollik va izlanuvchanlik



  1. Ma`lumki, nizoli vaziyatda inson besh xil harakat uslubidan birini tanlashga o`z moyilligini bildiradi. Bular qaysilar?

+ raqobat, yon berish, kompromiss, masalani muhokama etishdan qochish, hamkorlik
- raqobat, yon berish, tan olish, masalani muhokama etishdan qochish, avtoritar
- yengilish, raqobat, kompromiss, masalani muhokama etish, hamkorlik
- raqobat, yon berish, kompromiss, hamkorlik, hamdardlik



  1. Mashhur psixologlardan biri tanishuv jarayonida o`zgalar haqida qay tarzda ma`lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o`tkazgan. Bu psixologning nomi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

+ Bodalev
- Maslou
- Xersberg
- Makkeland



  1. Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo`lib uning ...... ?

+ soch turmaklashiga e`tibor qaratilar ekan.
- ko`ziga e`tibor qaratilar ekan.
- mimikasiga e`tibor qaratilar ekan.
- muomilasiga e`tibor qaratilar ekan



  1. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari to`g`ri berilgan qatorni toping?

+ Kontakt o`rnatish- qarshimdagi odam kim?, masalani muhokama qilish, yechim variantlarini izlash, qaror qabul qilish
- Kontakt o`rnatish, masalani muhokama qilish, yechim variantlarini izlamaslik, qaror qabul qilish
- Kontakt o`rnatish- qarshimdagi odam kim?, masalani muhokama qilish, yechim variantlarini izlash, qaror qabul qilishga shoshmaslik
- to`gri javob berilmagan



  1. Muzokara - bu ...... ?

+ biron-bir masala yuzasidan kelishuv jarayoni
- muammolarning yechim topishi
- ikki kishi o`rtasidagi munosabati
- murosaga kelish yo`li



  1. Odatda muzokara har qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo`laklardan iborat bo`lib, shu bo`laklar to`g`ri berilgan qatorni toping?

+ muzokara mazmuni, muloqot, munosabatlar, tadbirlar
- muzokara vaqti, munosabatlar va tadbirlar
- muzokara mazmuni, tadbirlar, muomila va kelishuv joyi
- muzokara joyi, tomonlarning muloqoti va tadbirlar



  1. Muzokaraning muvaffaqiyatini ta`minlovchi vazifalar berilgan qatorni toping?

+ o`zga tomonda qiziqish uyg`otish; masalaga yuzasidan o`z nuqtai nazarini to`g`ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o`zganing qarashi haqida to`la-to`kis tasavvurga ega bo`lish; o`zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg`otish; birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o`zgada mas`uliyat uyg`otish
- o`zga tomonda qiziqish uyg`otish; masalaga yuzasidan o`z nuqtai nazarini yoqlab chiqish; o`zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg`otish; birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish
- o`zga tomonda qiziqish uyg`otish; masalaga yuzasidan o`z nuqtai nazarini to`g`ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o`zganing qarashi haqida to`la-to`kis tasavvurga ega bo`lish; o`zga tomonda ma`sullik harakatlarini uyg`otish; yakdil faoliyatni amalga oshirish va o`zgada mas`uliyat uyg`otish
- o`zga tomonda qiziqish uyg`otish; muammo yuzasidan o`z nuqtai nazarini to`g`ri tushuntirishga erishish; o`zga tomonda yakkalik harakatlarini uyg`otish; aloxida faoliyatni amalga oshirish



  1. Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ......?

+ ichki yoki tashqi turlarga bo`linishi mumkin
- ochiq va tor doirada bo`lishi mumkin
- yopiq va keng doirada bo`lishi mumkin
- shaxsiy va ommaviy bo`lishi mumkin



  1. Muzokaraning samarali o`tishi ko`p jihatdan amalga oshirilgan ...... ?

+ tayyorgarlik jarayonining puxtaligiga bog`liq
- tomonlarning manfaatlari qondirilishiga bog`liq
- vaqtni to`g`ri taqsimlay olishga bog`liq
- barcha javoblar to`g`ri



  1. Muzokara uch natijaga erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin: Bular qaysilar?

+ oqilona kelishuv; vaqtni tejash; tomonlar o`rtasidagi munosabatning yaxshilanishi
- oqilona kelishuv; vaqtni ayamaslik; tomonlar o`rtasidagi munosabatning yaxshilanishi
- oqilona kelishuv; vaqtni tejash; tomonlar o`rtasidagi aloqa samarasi
- o`zaro kelishuv; vaqtni tejash; tomonlar o`rtasidagi munosabatni to`xtatish



  1. Qaror qabul qilish jarayoniga salbiy ta`sir o`tkazuvchi psixologik omillar qatoriga quydagilardan qaysi birlari kirmaydi? 1. Yuzaga kelishi kutilayotgan noma`lum sharoitdan qo`rqish. 2. O`zga tomonning tasodifan qarshilik ko`rsatishi. 3. Kutilmagan fikr va takliflar. 4. Haqqoniy yechim bo`lmasligi. 5. Muzokara davomida yolg`on ishlatish. 6. Muzokara davomida yakkahokimlikka intilish. 7. Kutilgan hamkorlik

+ 4; 6; 7
- 1; 2; 3
- 2; 3; 5
- 2; 3; 6



  1. Muzokarani tadqiq etish sohasidagi ko`pgina olimlar fikricha, uchrashuv natijasi, maqsadga erishishning asosiy sharti muzokara olib boruvchi shaxsning - ...... ?

+ psixologik jihatlariga kelib taqaladi
- xarakter xususiyatalariga kelib taqaladi
- muloqot madaniyatiga kelib taqaladi
- kelishuvchanlik qobiliyatiga kelib taqaladi



  1. Samarali muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri - ...... ?

+ muzokara guruhidir
- tomonlarning kelishuvchanligidir
- manfaatlar birligidir
- yaxshi muloqot muhitining mavjudligidir



  1. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o`rinli bo`lib, bular kimlar va ularning vazifasi nimadan iborat?

+ rahbar, qayd qilib boruvchi, psixolog
- rahbar, taftishchi, advokat
- rahbar, psixolog, advokat
- rahbar qayd qilib boruvchi, taftishchi



  1. Rahbarning boshqaruv qarori bilan bog`liq jarayonni qanday tarkibiy qismlarga ajratish mumkin? Tarkibiy qismlar ketma-ketligini belgilang.

+ Qaror qabul qilish, Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo`llash, Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish, Nazoratni amalga oshirish.
- Qaror qabul qilish, Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish, Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo`llash, Nazoratni amalga oshirish.
- Qaror qabul qilish, Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo`llash, Nazoratni amalga oshirish, Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish,
- Qaror qabul qilish, Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish, Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo`llash, Nazoratni amalga oshirish.



  1. Tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri bu - ...... ?

+ boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ular ijrosini ta`minlashdir
- qarorlarni ijrosini tezlashtirishdir
- qarorlarni jamoa bilan birgalikda qabul qilishdir
- barcha javoblar to`g`ri



  1. Odatda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar turlicha bo`lib, ularning qanday turlari mavjud?

+ yakkahokimlik, kollegial va jamoaviy
- individual va guruhiy
- qisqa va uzoq muddatli
- ichki va tashqi



  1. ..... tarzdagi qaror qabul qilish, muammoni mutaxassislar bilan muhokama etish natijasida, taklif etilgan g`oyalar ichida eng maqbulini rahbar tomonidan qabul qilinishida ifodalandi?

+ Kollegial
- Yakkahokimlik
- Jamoaviy
- Individual



  1. ...... qaror qabul qilishda qaror umumiy muhokama va ovoz berish orqali guruh a`zolari tomonidan qabul qilinadi, uning natijasiga mas`ul bo`lib butun jamoa hisoblanadi?

+ Jamoaviy
- Yakkahokimlik
- Kollegial
- Individual



  1. Qaror qabul qilish darajalari to`g`ri berilgan qatorni toping?

+ odatiy, tanlovga asoslangan, moslashuvchan va innovatsion
- odatiy, birgalikda, mustaqil va innovatsion
- tanlovga asoslangan, odatiy va mukammal
- mukammal, yakdil va individual



  1. Qaror qabul qilish amallari bosqichlari to`g`ri berilgan qatorni toping? 1-muammoni o`rganish; 2-g`oyalar ishlab chiqish; 3. ko`pqirrali yechim; 4. ma`qul keluvchi g`oyalarni ajratib olish; 5. yangilikni joriy etishni rejalashtirish; 6. qayta aloqa va tahlil; 7. murakkab masalalrni o`rganib chiqish

+ 1; 2; 4; 5; 6
- 3; 4; 6; 7
- 1; 3; 4; 5; 6
- hamma javoblar to`g`ri



  1. Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi mavjud bo`lib bular qaysilar?

+ obyektiv borliq, informasion va konseptual model
- muammo vaqti, borliq va uyg`unlik
- informasion va konseptual model, vaqt
- muammoli vaziyat yechimi, vaqti va kelishuv



  1. Mazkur sharoitda inson tajribasi hamda bilimlari, vaziyatni hal etish manbai bo`lib hisoblanadi va tabiiyki, qaror qabul qilish holatida ishonch va tezkorlik hukm suradi. Bu qaysi holat?

+ aniqlik vaziyati
- noaniqlik vaziyati
- oydinlik holati
- holislik holati



  1. Bunday holda chiqariladigan hukm o`zida ma`lum xavf-xatarni ham mujassamlashtirganligi sababli, qaror qabul qilinganda xatoga yo`l qo`yish ehtimoli oshadi. Bu qanday holat?

+ noaniqlik vaziyati
- aniqlik vaziyati
- oydinlik holati
- holislik holati

  1. Xaridorlar ehtiyojlarini, imkoni boricha to`laroq maqsadlarda bozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish tizimi, bozor iqtisodiyotining muhim unsuri, ya`ni elementi bu - ...... ?

+ marketing
- bozor oldi-sottisi
- raqobat
- narx

  1. Marketing ishi ...... va ...... muddatli marketing dasturi orqali amalga oshiriladi.

+ qisqa va uzoq
- yaqin va uzoq
- qisqa va istiqbol
- yaqin va istiqbol

  1. Marketing bir necha muhim qoidalarga asoslanib ish yuritadi bular qaysilar?

+ tovar ishlab chiqarish talabi, korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish, xaridorlarning talab va ehtiyojlarini qondirilishi, korxonani uzoq muddat samarali ishlashiga erishish
- tovar ishlab chiqarish sifati, xaridorlar imkoniyatlarini hisobga olish, xaridorlarning talab va ehtiyojlarini qondirilishi, korxonani uzoq muddat samarali ishlashiga erishish
- tovar ishlab chiqarish talabi, korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish, xaridorlarning talab va ehtiyojlarini qondirilishi, korxonani qisqa muddatda boy qilish
- xaridorlarning talabidan kelib chiqib mahsulot ishlab chiqarish, xaridorlarning talab va ehtiyojlarini qondirilishi, korxonani uzoq muddat samarali ishlashiga erishish

  1. Marketing haqida birinchi marta rasmiy ravishda kim Amerika marketing assosiasiyasi (AM+ majlisida gapirgan?

+ Djek Makkiterik
- Filip Kotler
- Nozdrev
- Uigichko

  1. Qachon marketing haqida birinchi marta rasmiy ravishda, o`sha paytdagi "Jeneral elektrik" ning prezidenti Djek Makkiterik Amerika marketing assosiasiyasi (AM+ majlisida gapirgan?

+ 1957-yilda
- 1975-yilda
- 1897-yilda
- 1987-yilda

  1. AQShning shimoliy-g`arbiy universitetining marketing bo`yicha professori F.Kotlerning yozishicha, "Marketing - bu ...... ?

+ o`zaro muomala asosida zaruriyat va istaklarni qondirishga qaratilgan insoniyat faoliyatining turi
- marketing oldi-sotdi bilan bog`liq jarayon
- tadbirkotlik faoliyatining bir qisimi
- barcha javoblar to`g`ri

  1. "Marketing - bu bozor va iqtisodiy holat, iste`molchilarning aniq talablarini o`rganishga va ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ularga mo`ljallashga yo`naltirilgan, korxonaning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyatining bozor konsepsiyasidir" degan ta`rif kimlarning ishida uchraydi?

+ Nozdrev R.B. va Uigichko L.I. lar ishida
- marketing bo`yicha professori F.Kotler ishida
- "Jeneral elektrik" ning prezidenti Djek Makkiterik fikrlarida
- ayrim G`arb olimlari ishlarida

  1. "Marketing - o`zaro muomala asosida zaruriyat va istaklarni qondirishga qaratilgan insoniyat faoliyatining turi". Ushbu ta'rif kimga tegishli?

+ Filip Kotler
- Nozdrev
- Djek Makkiterik
- Uigichko

  1. Marketing qo`llanish sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko`ra guruhlanadi: Bular qaysilar?

+ ichki, tovarlar bo`yicha, eksport, import, investisiya kiritish marketing, xalqaro marketing, notijorat faoliyati sohasidagi marketing, ijtimoiy g`oyalar marketing
- ichki, tashqi, xalqaro, hududiy va mahalliy eksport, import, g`oyalar kurashi, milliy
- mahalliy, hududiy, xalqaro, guruhiy va tashqi- ichki, milliy, eksport va import
- mahalliy, g`oyaviy, notijorat, hududiy, xalqaro, guruhiy va tashqi- ichki, milliy, eksport va import

  1. Marketing faoliyati nechata tamoyilni o'z ichiga oladi?

+ 5
- 4
- 6
- 7



  1. Kim tomonidan 1450 yil bosma dastgohning ixtiro qilinishi reklama tarixida burilishi bo`ldi?

+ Gutenburg
- Benejamin Franklin
- Kolumb
- Magelan

  1. Birinchi bosma e`lon nechinchi yilda va qaysi tilda paydo bo`lgan?

+ 1478 yilda ingliz tilida
- 1479 yilda nemis tilida
- 1480 yilda fransuz tilida
- 1478 yilda lotin tilida

  1. Amerika reklamasining asoschisi kim hisoblanadi?

+ Benejamin Franklin
- Jorj Buj
- Jorj Vashington
- Kennedi

  1. ...... orqali berilgan reklamalarning boshqalariga nisbatan ta`sir kuchi yuqori bo`ldi va ko`proq samara keltirib, muvaffaqiyat qozondi.

+ Televideniye
- Bosma reklamalar
- Namoyish reklama
- Vitrina ko`rgazma

  1. "Diqqat ruhiy hayotimizning shunda yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi" degan fikr kimga tegishli?

+ Ushinskiy
- Petrovskiy
- Pavlov
- Vigotskiy

  1. Texnik vositalarni qo`llash va ulardan foydalanish bo`yicha reklamani qanday turlarga ajratish mumkin. 1. Televideniye orqali reklama; 2. Bosma reklamalar; 3. Namoyish reklama; 4. Ovozli reklama; 5. Vitrina ko`rgazma reklama; 6. Internet reklamasi va boshqalar

+ 1; 2; 3; 4; 5; 6
- 2; 3; 5; 6
- 1; 3; 4; 6
- 1; 2; 5; 6

  1. "Sarlavha - kishilarning reklama matnini o`qish yoki o`qimasligini hal qiluvchi asosiy elementdir. Ko`pchilik reklamaning matnidan ko`ra, uning sarlavhasini o`qishni afzal ko`radi". Ushbu fikr kimga tegishli?

+ Devid Ochilvi
- Filip Kotler
- Ushinskiy
- Djek Makkiterik

  1. Qaysi reklama turida sotuvchi mahsulotni kiyib ko`rsatishi, ta`tib ko`rsatishi, maishiy xizmat asboblarini ishlatib ko`rsatish, avtomabillarni haydab ko`rsatish mumkin.

+ Namoyish
- Bosma
- Ovozli
- Vitrina

  1. Reklamaning ajralmas qismlari bu - ...... ?

+ Axborot va hissiyot
- ma`lumot va jozibadorlik
- qisqa va mazmunlilik
- uzoq va davomiyik

  1. Iste`molchi diqqatini birdan tortadigan reklama elementi ...... deb ataladi?

+ aystopper
- reklama bezagi
- sifat
- joziba

  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoadan chetda", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Avtoritar
- Demokratik
- Liberal
- Partisipativlik

  1. Avtoritar lider bosh bo`lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo`lib, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lishi haqidagi fikr kimlarga tegishli?

+ G.Gibsh va M.Forverg
- K.Berd va A.N.Leontyev
- M.Forverg va K.Berd
- B.D. Parigin va M.Yu.Jukov

  1. ...... - bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro`si, nufuzi orqasidan ularga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi.

+ Psixologik
- Jamoaviy
- Psixik
- Ijtimoiy



  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoa ichida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Demokratik
- Avtoritar
- Liberal
- Partisipativlik



  1. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "guruh tashqarisida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

+ Liberal
- Avtoritar
- Demokratik
- Partisipativlik



  1. ...... unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo`lida xodimlar bilan gorizontal yo`nalishdagi munosabatlarni rivojlantirishi tushuniladi.

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega bo`lgan maxsus guruhlar tuzish qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Rahbar o`z burch va huquqlarining ma`lum qismini xodim zimmasiga o`tkazishi qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal



  1. Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb etish qaysi uslubga xos?

+ Partisipativlik
- Avtoritar
- Demokratik
- Liberal

Tuzuvchi katta o’qituvchi V.Yu.Ahrorov (tel: +998915435349)




Kafedra mudiri (PhD) U.A.Butayeva


Fakultet o’quv-uslubiy
kengashi raisi dotsent D.X.Baxriyeva


Fakultet dekani professor Sh.Sh.Negmatova
Yüklə 94,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə